Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
islom huquqi

Hanbaliy mazhabiga asos solgan ulamo 778-yilda tug‘ilgan Ahmad 
ibn Hanbaldir. U o‘z davrining buyuk muhaddisi va bilimdoni bo‘lgan. 
Hadislarni o‘rganishga bel bog‘lagan imom Ahmad fiqh ilmi va hadislarni 
Abu Hanifaning mashhur shogirdi imom Yusuf hamda imom 
Shofi’iyning o‘zidan o‘rgandi. U zamonasining Mu’tazaliylar falsafasini 
qabul qilgan xalifalari tomonidan ko‘p marotaba ta’qib qilingan. Qur’on 
yaratilgan degan falsafiy oqimga qarshi chiqqani uchun xalifa Ma’mun 
(813–832)ning amriga ko‘ra ikki yil zindonda saqlangan. Zindondan ozod 
etilgach, uni yana ta’qib qilishni boshlagan Vosiq (842–846-yillarda 
hukmronlik qilgan) xalifa bo‘lgunicha Bag‘dodda mudarrislik qilishni 
davom ettirdi. Shundan so‘ng imom Ahmad dars berishni to‘xtatib, besh 
yil davomida, hokimiyat tepasiga xalifa al-Mutavakkil (847–861) 
kelguncha panoh izlab yurdi. Ushbu xalifa Mu’taziliylarni quvg‘in qilish 


59
va ularning falsafasini rasman inkor etish orqali bu masala bo‘yicha 
tortishuvga to‘la-to‘kis yakun yasadi. Imom Ahmad vafotiga qadar (855) 
Bag‘dodda mudarrislik qildi.
Hanbaliy mazhabining tashkil topishi. Imom Ahmad hadislarni 
to‘plash, hikoya qilish va sharhlashga katta ahamiyat bergan. Uning 
o‘qitish usuli 30000 dan ortiq hadislar kiritilgan va «al-Musnad» nomi 
bilan mashhur bo‘lgan yirik to‘plamida hadislar hamda ularning sharhi 
borasidagi sahobalarning fikrlarini yozdirishdan iborat edi. So‘ngra u 
ushbu hadislar va fatvolarni o‘z davrining turli muammolariga nisbatan 
qo‘llagan. U yoki bu masalani hal etish uchun mos keladigan hadis yoki 
fikr topilmagan taqdirda, shaxsiy fikrini taklif etardi. Biroq, shogirdlariga 
o‘zining shaxsiy mulohazalaridan hech birini yozib olishga ruxsat 
bermagan. Buning natijasida uning mazhabi shogirdlari tomonidan emas, 
shogirdlarining shogirdlari tomonidan yozib olingan.
Hanbaliy mazhabi qo‘llagan huquq manbalari. 
1) Qur’on. Qur’onni qo‘llash borasida Ahmad ibn Hanbal va ungacha 
bo‘lgan imomlar o‘rtasida hech qanday farq bo‘lmagan. Boshqacha qilib 
aytganda, Qur’on boshqa manbalardan barcha sharoitlarda ustun qo‘yil-
gan (ya’ni u huquqning boshqa manbalaridan butkul va shartsiz afzal 
ko‘rilgan);
2) sunna. Avvalgi imomlar kabi bu maktab asoschisi ham fatvolar 
chiqarishda qo‘llagan asosiy manbalar ichida Muhammad (s.a.v.)ning 
sunnasi ikkinchi o‘rinda turgan. Uning yagona o‘ziga xosligi marfu’ 
tamoyili, ya’ni bevosita Muhammad (s.a.v.)ning o‘zidan olingan 
ma’lumotlar bo‘lgan;
3) sahobalarning ijmolari. Imom Ahmad sahobalarning yakdil 
fikrlarini tan olardi va ularni huquqning asosiy manbalari orasida uchinchi 
o‘ringa qo‘yardi. Ammo u sahobalar davriga oid bo‘lmagan ijmolarni, 
islom davlati bo‘ylab tarqalib ketgan ulamolarning soni juda ko‘p 
bo‘lganligi uchun, aniq emas deb hisoblab, ularga ishonmagan. Uning 
fikricha, sahobalar davri o‘tgandan keyin ijmolar qabul qilinishi mumkin 
emas;
4) sahobalarning shaxsiy fikrlari. Sahobalar turlicha nuqtai nazar 
bildirgan masalalarga oid muammo paydo bo‘lgan taqdirda, Ahmad imom 
Molik kabi barcha fikrlarni e’tibordan chetda qoldirmagan. Aynan 
shuning uchun ushbu mazhab ichida muayyan masala bo‘yicha turli 
fikrlarni uchratish mumkin;
5) zaif hadislar. Yuqorida keltirilgan manbalarning hech birida hal 
etilmagan masalalar bo‘yicha fatvolar chiqarishda imom qiyosga 


60
asoslanib mulohaza yuritishdan ko‘ra, zaif hadislardan foydalanishni afzal 
ko‘rgan. Biroq, zaif hadisning roviylaridan birortasi fosiq yoki kazzob 
(yolg‘onchi) bo‘lgan bo‘lsa, bunga yo‘l qo‘yilmagan;
6) qiyos. Bu usul so‘nggi chora sifatida, ya’ni boshqa asosiy 
manbalarni bevosita qo‘llash mumkin bo‘lmaganida qo‘llangan. Ahmad 
qiyos tamoyilini qo‘llashni uncha xush ko‘rmagan, odatda u o‘z 
fatvolarini yuqoridagi manbalarning birortasiga asoslangan holda 
chiqargan.  
Hanbaliy mazhabining asosiy namoyandalari imom Ahmadning ikki 
o‘g‘li – Solih (873-yilda vafot etgan) va Abdulla (903-yilda vafot etgan) 
edilar. Yirik hadislar to‘plamlarini tuzgan imom Buxoriy va imom 
Muslimlar ham imom Ahmadning shogirdlari hisoblanadi. Hanbaliy 
mazhabi vakillarining ko‘pchiligi hozirgi kunda Falastin va Saudiya 
Arabistonida yashaydilar. 
Shialik oqimi va uning mazhablari. Shialik oqimida quyidagi aqida 
ilgari suriladi: imomat, ya’ni payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) 
o‘rinbosarligi yoki islom davlati rahbarligi payg‘ambar vasiyatiga binoan 
faqatgina payg‘ambarning qizi Fotimadan tug‘ilgan Alining erkak 
avlodlariga xos bo‘lib qoladi. 
Ibn Xaldunning ta’kidlashicha, shialar aqidasiga binoan imomat 
masalasi islom qoidasi va dinning asosi bo‘lgani uchun uni belgilash 
hamda tayinlash islom jamoasi (ummat)ga topshirilgan emas. Payg‘ambar 
tomonidan ushbu vakolat ummatga berilmagan. Islom jamoasi uchun 
imomni tayinlash payg‘ambarga vojibdir. Ularning fikricha, sahoba-
larning afzali va payg‘ambar tomonidan birinchi xalifa qilib tanlangan Ali 
ibn Abu Tolib edi. 
Shialar aqidasiga binoan, «imomlar» oddiy insonlar jumlasidan 
bo‘lmay, quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladilar: birinchidan, faqat 
payg‘ambarning qizi Fotimadan tug‘ilgan zotlar va ularning bolalari 
payg‘ambar oilasi hisoblanib, imomlik vakolatining haqiqiy va qonuniy 
egalaridir.  Ikkinchidan, imom payg‘ambar emas. Ammo payg‘ambar 
bilan oddiy insonlar o‘rtasida turadi. Uchinchidan, imom har qanday 
gunohdan pok bo‘lib, hech qachon gunoh va xato qilishi mumkin emas. 
To‘rtinchidan, imom barcha bo‘lib o‘tgan va qiyomat kunigacha yuz 
beradigan ishlardan ilhom orqali voqifdir. Beshinchidan, Qur’onni tafsir 
qilish faqat imomga xosdir. 
Shuning uchun shialar imom sunniylar imomi (xalifasi)dan farqli 
o‘laroq birinchi muallif, g‘aybni biluvchi payg‘ambar bilimlarining 
merosxo‘ri bo‘lgan zot hisoblanadi. Doktor Z. Safoning ta’kidlashicha, 


61
Ali zohiriy va botiniy (ichki) bilimlarini payg‘ambardan o‘rgandi. Ushbu 
qobiliyat undan keyin uning avlodlariga o‘tdi. Imomlarning har biri o‘z 
zamonida aholini o‘z ilmlaridan xabardor qilib kelganlar. Shuning uchun 
shialar, imomlardan rivoyat qilinmagan hadislarni qabul qilmaydilar. 
Shialarga, ayniqsa, Ja’fariylik mazhabiga xos xususiyatlar 
quyidagilar: 
a) imomat, ya’ni davlat boshqaruvini egallashga faqat imomlar loyiq 
deb ishonish; 
b) Qur’on va o‘z imomlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarni 
asosiy manbalar deb qabul qilish, ijmo va qiyosni rad etish; 
d) ayrim namozlarni bir vaqtning o‘zida qo‘shib o‘qish; 
f) tahoratda oyoqlarni yuvmasdan, ularga faqat mas’h tortish; 
g) vaqtinchalik nikohni qonuniy deb hisoblash (Eron Islom 
Respublikasi Fuqarolik qonunining 6-bo‘limi 1075–1077-moddalarida 
vaqtincha nikoh «Nikohi munqati’» nomi bilan qonuniy hisoblangan); 
h) taqiya, ya’ni inson hayoti uchun xavfli hisoblangan joylar va 
vaziyatlarda o‘z e’tiqodi va mazhabini yashirish; 
i) azon aytayotganda «ashhadu anna Aliyan vali-alloh» (guvohlik 
beraman, Ali Allohning valiysi, ya’ni do‘stidir) iborasini qo‘shib aytish; 
j) nasroniy yoki yahudiy ayollar (ahli kitob ayollari)ga uylanishni 
harom, deb bilish. Shuningdek, bir o‘tirishda uch taloq berilsa, bitta taloq 
deb hisoblash; taloqning esa ikki odil kishining guvohligida qonuniy 
kuchga kirishini tan olish; 
k) go‘dak bir ayolni bir kecha-kunduz mobaynida yoki ketma-ket 
15 marotaba emganda emizish hukmi joriy bo‘ladi. 
Shialik oqimi asosan ikki guruhga bo‘linadi: g‘oliylar (ko‘p 
mubolag‘a qiluvchilar) va mo‘tadillar (g‘ulotlar). 
G‘oliy shialar yettinchi asrdan boshlab Alini payg‘ambarlik yoki 
Xudolik darajasiga ko‘targanliklari uchun g‘oliylar (g‘ulot), ya’ni 
mubolag‘a qiluvchilar, deb atalganlar. Ulardan bir guruhining aqidasiga 
binoan, go‘yoki Ali payg‘ambar edi, lekin Jabroil xato qilib vahiyni unga 
emas, balki hazrat Muhammadga olib borgan. Xuddi g‘uroblar (qarg‘alar) 
bir-biriga o‘xshaganidek, Ali ham Muhammadga o‘xshar ekan. Shu 
sababli bular guruhni «g‘urobiya» deb ataganlar. 
Ulardan yana bir guruh Alini Xudolik maqomiga ko‘targan. Ularning 
talqinicha, Xudo Alining vujudiga kirib, uning tanasi bilan birlashgan 
emish. Yana ulardagi ayrim firqalarning aqidasiga ko‘ra, go‘yo har bir 
imomning ruhiga uluhiyat (xudolik) kirgan va bu ruh undan boshqasiga 
ham o‘tadi. 


62
Nizoriy Ismoiliylar imomni payg‘ambardan ham ustun qo‘yadilar. 
Sababi, ularning aqidasicha, imomat bir o‘lmas va doimiy asl (asos)dan 
iboratdir. Agarda imom bir lahzaga bu dunyodan ketsa, hamma narsalar 
nobud bo‘lar emish. Ammo nubuvvat (payg‘ambarlik) vaqtincha bir 
mazhabiy ishidan iborat bo‘lib, Xudo o‘z payg‘ambarini imomning 
notig‘i sifatida yuboradi. 
Mo‘tadil shialar uchta mazhabga bo‘linadilar. Ular imomlarining soni 
nechta bo‘lishiga qarab farqlanadi. Ular Ja’fariy, Ismoiliy va Zaydiy 
mazhablaridir. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish