Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


 Qur’on va sunnaning huquqiy ko‘rsatmalari musulmon



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72
Bog'liq
islom huquqi

3.2. Qur’on va sunnaning huquqiy ko‘rsatmalari musulmon 
huquqi manbalari sifatida 
G‘arb huquqi dunyoviy tizim bo‘lgani bois uning manbalari qonunlar 
va urf-odatlardan iborat
1
. Ammo musulmon huquqi dunyoviy huquq 
bo‘lsa-da, diniy mohiyatga ega va ilohiy manbaga asoslanadi, bu uning 
G‘arb huquqidan asosiy farqini ko‘rsatadi. Musulmon huquqining asosiy 
manbalari buyuk faqihlar tomonidan yakdillik bilan to‘rtta deb tan 
olingan. Usul ul-fiqhda manbalar «adilla» (dalillar) yoki «adillai tafsiliya» 
(tafsiliy dalillar) deb ataladi. Mazkur to‘rtta asosiy manbalarni ko‘rib 
chiqamiz. 
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ɀʆɡɠɨɧɢɣ Ⱥ.ɒ. ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɲɭɧɨɫɥɢɝɢ: Ԟɚɧɚɮɢɣ ɦɚɡԟɚɛɢ ɜɚ
ȸɪɬɚ Ɉɫɢɺ ɮɚԕɢԟɥɚɪɢ. – Ɍ., 2002. – Ȼ. 63–73.


39
Qur’oni karim 23 yil risolat davri (610–632-yillar)da payg‘ambarimiz 
Muhammad (s.a.v.)ga Alloh tomonidan nozil qilingan ilohiy kitob bo‘lib, 
114 sura, 6666 oyat, 77434 so‘zdan tarkib topgan. Qur’on suralarining 95 
tasi 13 yil davomida Makka shahrida nozil bo‘lib, Makkiy suralar deb 
ataladi. Suralarning uchdan bir qismi, ya’ni 19 tasi 622-yilda yuz bergan 
hijratdan keyingi 10 yil davomida Madinada nozil bo‘lib, Madaniy 
suralar  deb qabul qilingan. Suralarning farqlari shundan iboratki, 
Makkada nozil bo‘lgan oyatlarning ko‘pi e’tiqod masalalari, ibodat, oliy 
axloqiy fazilatlar, erkin fikrlilik, ilmni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan. 
Ularda «Ey iymon keltirganlar, Ey mo‘minlar!», deb xitob etiladi. 
Madinada nozil qilingan oyatlar fiqhiy, ya’ni ahkom-muomalat, 
jinoyat va jazo, oilaviy munosabatlar, tinchlik bitimlari, musulmonlar 
o‘rtasidagi turli aloqalar to‘g‘risida bo‘lib, ularda «YO ayyuhannos» (Ey 
odamlar, ey insonlar!), deb xitob qilinadi. 
Qur’oni karim uch marta to‘plangan: 1. Payg‘ambar hayotlik 
chog‘ida vahiyning kotiblari yordamida yozilgan oyatlari va suralarini 
payg‘ambar (s.a.v.)ning uyida saqlash va ular tomonidan to‘plangan 
suralarni joy-joyiga qo‘yilish davri. 2. Abu Bakr xalifaligi davrida Hazrat 
Umarning taklifiga binoan, Zayd ibn Sobit rahbarligida tayinlangan 
hay’at tomonidan Qur’onning barcha oyatlarini birlashtirish, to‘plash 
davri. 3. Hazrat Usmon davrida butun islom dunyosida qiroatni 
birxillashtirish maqsadida mus’haf holiga keltirilgan Qur’ondan nusxalar 
ko‘chirib, tarqatish davri. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
qoshidagi Diniy ishlar qo‘mitasining qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan 
Usmon mus’hafi mazkur nusxalardan biridir. 
Qur’onda fiqhiy-huquqiy masalalarga umumiy yondashilgan va ayrim 
masalalar, masalan, huququllo mufassal shaklda yoritib berilgan. 
Mashhur fiqhshunos Muhammad Yusuf Musoning ta’kidlashicha, 
Qur’onda fiqhiy-huquqiy masalalarda quyidagicha: 

 haqqulloh (amaliy ibodatlar)ga doir – 140 oyat; 

shaxsiy huquq (oila, taloq, vasiyat va boshqalar)ga doir – 70 oyat; 

 muomalot yoki fuqarolik huquqi (oldi-sotdi, ijara, garov, qarz, 
shirkat va boshqalar)ga oid – 70 oyat; 

 jinoyat va jazoga doir – 30 oyat; 

 sud, sud jarayoni, guvohlik va shular bilan bog‘liq masalalarga doir 
– 20 oyat mavjud. 
Bizning fikrimizcha, davlat huquqi sohasida 3 ta oyat mavjud bo‘lib, 
Qur’onda jami 333 ta huquqiy oyat bor. 


40
Qur’onning boshqa ilohiy kitoblardan asosiy farqi shundan iboratki, u 
faqat aqidaviy-g‘oyaviy manba emas, balki qonun va axloq hamdir. 
Mashhur faylasuf Ibn Rushd (595-h.y.)ning fikricha, bu Qur’onning 
buyuk mo‘jizasi hisoblanadi. 
«Sunna»  fiqhiy atamasining ma’nosi yo‘l-yo‘riq bo‘lib, payg‘am-
barning so‘zlari, fe’llari (amallari) va tahrirlari, ya’ni tasdiqlari, 
shuningdek sahobalarning so‘zlari va amallari majmuidir. Musulmon 
huquqining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbasi sunnati Nabaviyya 
(Payg‘ambarning sunnalari) hisoblanadi. Ul zot: «Sizlar uchun ikki narsa 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish