Savol va topshiriqlar
1. Musulmon huquqining yuridik fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligini
tushuntiring.
2. Ichki ishlar idoralari xodimlarining musulmon huquqi sohasidagi
bilimlarining amaliy ahamiyati qanday?
3. Markaziy Osiyolik alloma ajdodlarimizning musulmon huquqiy
tizimini shakllantirishdagi hissalari haqida nimalarni bilasiz?
4. Musulmon huquqi O‘zbekiston Respublikasi huquqiy merosining
ajralmas bo‘lagi ekanligini tushuntiring.
17
2-BOB. ISLOMNING KELIB CHIQISHI VA MARKAZIY
OSIYODA MUSULMON HUQUQI
2.1. Islom va musulmon jamoasining vujudga kelishi
Musulmon huquqi islom dinining ajralmas qismidir. Ushbu din
tamoyillariga asoslangan musulmon huquqi Arab xalifaligida VII–XIII
asrlarda vujudga keldi.
Islom diniga e’tiqod qiluvchilar uning yo‘l-yo‘riqlariga amal qila-
dilar, musulmon huquqiga bo‘ysunadilar. Islom tarixida islom huquqiga
ko‘ra, faqat musulmonlar to‘laqonli fuqarolik huquqi maqomidan
foydalanganlar. Nasroniylik yoki o‘zga dinlarga e’tiqod qiluvchilar uchun
musulmon huquqining normalari ular jinoyat sodir etgan yoki
musulmonlar bilan oldi-sotdi bitimlari tuzilgan holatlardagina qo‘llangan.
Islom ta’limotiga ko‘ra, Alloh taolo Muhammad ibn Abdullohni
o‘zining elchisi, ya’ni payg‘ambari deb tanlagan va Jabroil farishta orqali
Qur’onni nozil qilgan. Qur’on va unga asoslangan musulmon
qonunchiligi dunyodagi turli xalqlarni jo‘g‘rofiy va etnografik jihatdan
ikki guruhga: musulmonlar va nomusulmonlarga ajratadi. Musulmon
huquqi normalari musulmon jamoasining ham diniy, ham huquqiy jihat-
dan mazmunan farqli, lekin o‘zaro mushtarak bo‘lgan ijtimoiy, hujjatli
oilaviy va shaxsiy tomonlarini mutanosiblashtirgan.
V–VII asrlarda Arabiston aholisining asosiy tarixiy harakatdagilari
g‘arbiy, markaziy va sharqiy viloyatlarda yashovchi arablar edi. Janubiy
Arabiston aholisi dehqonchilik va hunarmandchilikda yuksak rivojla-
nishga erishib, o‘ziga xos madaniyatini bunyod etgan bo‘lsa-da, mazkur
davrda inqiroz va tanazzulga yuz tutgan edi.
Arablar jo‘g‘rofiy mavqei va turmush tarzlariga ko‘ra ko‘chmanchi
(badaviy)lar va o‘troq aholidan iborat. Ular o‘rtasidagi siyosiy muno-
sabatlar rivojlangan, hokimiyat uchun o‘zaro kurash vaqti-vaqti bilan
qonli to‘qnashuvlargacha borib yetar edi. Bu jo‘g‘rofiy va etnografik
mansublik, bog‘liqlikni istisno etar, bu kurashlar tufayli nafaqat katta
qabilalar, balki ayrim yirik guruhlar ham har xil mintaqalarga bo‘linib
ketgan edi. O‘sha davrlarda qabilaviy qonunlar bilan birga, ibtidoiy
qabilaviy dinlar ham katta mavqega ega edi. Badaviylar asosan ko‘p
xudolik edilar. Ularning uncha ko‘p bo‘lmagan qismi nasroniy yoki
yahudiy dinida bo‘lganlar. Har qabilaning tepasida rahbari sifatida saylab
qo‘yilgan dohiy – sayid turar, u aksariyat boy urug‘ning vakili bo‘lardi.
Arablarda yozuv uncha keng tarqalmaganligi tufayli huquqiy
normalarni kelgusi avlodga yetkazishning birdan-bir shakli sifatida
18
rivoyatdan foydalanilar edi. Shimoliy va Markaziy Arabistonda yashovchi
arablarning urf-odatlari asosan ko‘chmanchi qabilalar, ularning ittifoqlari
va ayrim qabilalarda saqlanib kelayotgan an’analar hisoblangan. Bu
davrda arablarda chorvachilik va dehqonchilik yaxshi rivojlangani tufayli
qabila tuzumi yemirildi. Ko‘chmanchi arablardagi urfga ko‘ra, mol
boqiladigan o‘tloqlar va suv chashmalari jamoaning mulki sanalardi.
O‘troq arablarda VII asrda haydaladigan yerlar va suv manbalariga
nisbatan xususiy mulk paydo bo‘ldi. Ko‘chmanchi va o‘troq yashaydigan
arablarning xususiy mulkiga qullar ham kirardi. Urf-odatga ko‘ra, ular
harbiy o‘ljani egallash, xiroj olish, merosga ega bo‘lish, shartnomalar
tuzish orqali mulkiy huquqqa ega bo‘lar edilar. Arablarning urf-odatlarini
majburiyatli munosabatlar muvofiqlashtirar edi. Shartnoma turlaridan
homiylik to‘g‘risidagi shartnoma ahamiyatga ega bo‘lib, u ayrim shaxslar,
qabilalar va ittifoqlar o‘rtasida tuzilar edi. Makka va Madinaning
dehqonchilik va savdo bilan shug‘ullanuvchi aholisi o‘rtasida ayirbosh-
lash, oldi-sotdi, qarz berish, chorakorlik kabi shartnomalar keng qo‘lla-
nilgan. Shartnomalar og‘zaki, tantanali qasam shakllarida tuzilar, bu esa
bitimning buzilmasligiga kafolat bo‘lar, uni buzgan odam esa jazoga
mahkum etilardi. Arablarda nikoh islomgacha bo‘lgan davrlarda
monogamiya tamoyiliga asoslangan
1
. Johiliyat davrida nikohning bir
nechta turlari mavjud bo‘lib, ular aslida inson tabiatiga zidligi tufayli
keyinchalik islom ularning barchasini bekor etib, faqat doimiy nikohni
joriy qildi.
Arab oilasi patriarxal asosda qurilar, bu oilada otaning ustunligini
belgilar edi. Ajralishlar cheksiz bo‘lib, erkakning tashabbusi bilan amalga
oshirilgan. Ajralgan qalliq sepi va xotinlik huquqlaridan mahrum etilgan.
Qadimiy arab odatiga ko‘ra, merosxo‘r nayza ishlatishga, o‘z mulkini
qo‘lga kiritish va himoya qilishga qodir bo‘lishi shart edi. Islomgacha
arablarning huquqiy amaliyotida shartnoma va qasamga ko‘ra,
merosxo‘rlik qilish ham urf edi. VI asr oxirlariga kelib, merosxo‘rlar
safiga qizlar va ayollar ham qo‘shildi.
Islomgacha yashagan arablarda eng yomon huquqbuzarlik – jamoa
an’analarini buzish hisoblangan, buni sodir etgan aybdor urug‘ va
qabiladan haydalgan. Shaxsga qarshi jinoyatlar ham juda ko‘p sodir
etilgan. Jinoyat uchun jazo talion tamoyiliga asoslanib, ya’ni «tanga jon,
qonga qon» shaklida amalga oshirilgan. Eng og‘ir jinoyat odam o‘ldirish
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ɀʆɡɠɨɧɢɣ Ⱥ.ɒ. ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɲɭɧɨɫɥɢɝɢ. – Ɍ.,2002. – Ȼ. 16.;
Ȼɚɪɬɨɥɶɞ ȼ.ȼ. ɋɨɱ. Ɍ. VI. – Ɇ., 1996. – ɋ. 234.
19
hisoblangan. Arablarning urflariga ko‘ra, o‘ldirilgan odam uchun uning
qarindoshlari besh avlod davomida qotilning qarindoshlaridan o‘ch
olishlari mumkin bo‘lgan. Bunda qotilni o‘ldirish diya
1
bilan ham
almashtirilishi mumkin edi.
Arabistonda islomgacha bo‘lgan davrda spirtli ichimliklar iste’moli
huquqbuzarlik sanalmagan. Arablar odatda qabila sudidan foydalan-
ganlar, ular sudda o‘zlarining shaxsiy sifatlariga ko‘ra saylanar edilar.
Sudlov og‘zaki va jamoa oldida oshkora amalga oshirilgan.
VI asrda Arabiston mustaqil davlatlar majmuidan iborat edi. Deh-
qonchilik rivojlangan vohalarda feodalizm tuzumi hukm surar edi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi munosabatlari chorvachilikka asoslangan hudud-
larda hukmronlik qilardi. Islomning kelib chiqishi Makka shahrida
dunyoga kelgan Muhammad ibn Abdulloh (570–632-yillar)ning muborak
nomi va faoliyati bilan bog‘liq. Islom dinining bashoratchisi –
payg‘ambari, asoschisi Muhammad (s.a.v.) o‘z davrida qabila boshlig‘i –
sayid, shuningdek harbiy yurishlar boshlig‘i, bosh qozi va da’vatchi edi.
U barcha arab qabilalarini faqat bir dinga birlashtirib qolmay, balki ayni
zamonda davlatga ham asos soldi.
Arabistonda islomgacha bo‘lgan urug‘-qabila ittifoqidan farqli
o‘laroq, Muhammad (s.a.v.) barpo etgan musulmon jamoasi diniy
umumiylik asosiga qurilgan edi. Biroq bu jamoada urug‘ tuzumi
davridagi normalar birdaniga tugatilgan edi. Muhammad (s.a.v.) umrining
so‘nggi yilida Arabistonning katta qismini o‘z hokimiyati bo‘ysundirdi.
Uning ilk izdoshlari – Abu Bakr (632–634-yillar), Umar (634–644-yillar),
Usmon (644–656-yillar) va Ali (656–662-yillar)ni musulmon olami
to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar deb tan oldilar. Ular mamlakatni boshqargan
yillar payg‘ambar davri, shuningdek islomning ilk davri ilohiy hokimiyat
(teokratiya) – xalifalikda komil boshqaruv organi sifatida qabul qilingan.
Ilohiy va dunyoviy hokimiyat, huquq va din yagona tushunchalar
hisoblanib, diniy jamoa boshlig‘i ayni paytda davlatning ham boshlig‘i
hisoblangan. Xalifalar «islomni yoyish» shiori ostida juda katta davlat
barpo etdilar. G‘olibona yurishlar tufayli Vizantiyaning anchagina qismi,
Sosoniylar davlati, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Shimoliy Afrika va Bruney
yarim orolidagi qator davlatlar musulmonlarning tasarrufiga o‘tdi. VII
asrning o‘rtalariga kelib Eron, Iroq, Suriya, Falastin, Misr, Liviya,
Mag‘rib mamlakatlari (Jazoir, Tunis, Marokash), Ispaniya, Kavka-
zortining bir qismi, O‘rta Osiyodagi viloyatlar (jumladan Samarqand,
1
Ⱦɢɹ – ʆɥɞɢɪɢɥɝɚɧ ɨɞɚɦ ԕɨɧɢɧɢɧɝ ɛɚԟɨɫɢ, ɦɨɞɞɢɣ ɠɚɪɢɦɚ ɭɧɞɢɪɢɥɢɲɢ.
20
Xorazm, Farg‘ona), Afg‘onistonning katta qismi, Shimoli-g‘arbiy
Hindistonning ayrim tumanlari, Sitsiliya va Malta hududlari ham xalifalik
tarkibiga kiritildi. Ushbu istilolar arab jamiyatida iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyot jarayonini tezlashtirdi. Arab jamiyatida Yevropa mamla-
katlarida qaror topgan tabaqali tuzum shaklidagi boshqaruvi urf bo‘lmadi.
Hukmron doiralarning vakillari – feodallar foydalanadigan huquq va
imtiyozlar musulmon huquqida mavjud emas edi. Eng nufuzli urug‘larda
oqsoqollar mazkur urug‘ a’zolarini kuzatar, o‘z urug‘ining obro‘si
to‘g‘risida qayg‘urar, ular ro‘yxatini tuzib berardi. Bir so‘z bilan aytgan-
da, musulmon huquqi o‘rta asrning boshqa davlatlaridagi dvoryanlik yoki
ruhoniylik kabi tabaqalanishdan boxabar bo‘lib, arab jamiyatining boshqa
bir xususiyati – musulmon va nomusulmonlarning huquqlaridagi
tafovutdir.
Yahudiy hamda nasroniy diniga sig‘inuvchilar zimmiylar deb atalardi.
Ular muxtoriyatdan foydalanib, o‘z fuqarolik huquqiy urf-odatlari va
oqsoqollari tomonidan boshqarilar edi. Lekin sodir etgan jinoyatlari
uchun, shuningdek musulmonlar bilan tuziladigan bitimlarda musulmon
huquqi bo‘yicha javobgar bo‘lar edilar. Zimmiylarga musulmonlar bilan
nikohda bo‘lish va musulmon qullarga egalik qilish taqiqlangan edi. Ular
musulmonlardan farqlanish uchun maxsus kiyim-kechak kiyar edilar.
Ularga otda yurish man etilgan bo‘lib, faqat xachir yoki eshakda
yurishlari mumkin edi. Bulardan boshqa cheklashlar ham mavjud edi.
Arab davlatida saqlanib qolgan qulchilik tuzumi feodal munosabatlarning
rivojini ancha keyinga surdi. Qullar qonunga ko‘ra huquq subyektlari
emas edilar, lekin amalda bundan chekinish holatlari ham uchrardi,
masalan, o‘z hukmdorlarining ruxsatiga ko‘ra savdo va hunarmandlik
bilan shug‘ullanuvchi qullar erkin fuqarolar bilan bitimlar tuzilishlari
mumkin edi. Qullikdan ozod qilish, xususan qul musulmonlarni qullikdan
ozod etish uchun musulmon huquqining asosiy manbalarida dunyo va
oxirat savoblari va’da qilingan. Xalifalik ilohiy davlatdan iborat bo‘lib,
uni xalifa, ya’ni payg‘ambarning izdoshi, Allohning yerdagi vakili, noibi
boshqarardi. Xalifa qo‘l ostida ruhoniy va dunyoviy hokimiyatni saqlab
turar edi. Xalifalik hokimiyatining manbalari, asoslari: 1) xalifaning
xalq tomonidan saylanishi; 2) amaldagi xalifaning vasiyati orqali
saylanish (keyinchalik ummaviy sulolalar tajribasida ko‘rilgan) edi.
Vaqtlar o‘tishi bilan ikkinchi asos odat tusini oldi. Xalifa o‘zining
vorisi sifatida mazkur lavozim uchun zaruriy talablarga ko‘ra: oila
a’zolarining birini, hech bo‘lmaganda Muhammad (s.a.v.) mansub
bo‘lgan urug‘, ya’ni qurayshlardan bo‘lgan, balog‘at yoshiga yetib,
21
jismoniy kamchiligi bo‘lmagan, ilmli va erkin mulkka ega shaxsni
tanlashi lozim edi. Bundan tashqari, bo‘lg‘usi xalifa ma’lum axloqiy
fazilatlar ega va jasur shaxs bo‘lishi zarur edi. Xalifa hayotlik chog‘ida
o‘zidan keyingi xalifani tayinlash to‘g‘risidagi vasiyatining qonuniy
bo‘lishi uchun uni guvohlar oldida tuzishi shart edi. Xalifaning vazifalari:
davlatni musulmon huquqi bo‘yicha boshqarish; islom ta’limotining
sofligini himoya qilish; odil sudlovni amalga oshirish; harbiy ishlarga
rahbarlik qilish; ichki xavfsizlikni ta’minlash; mansabdor shaxslarni
tayinlash; soliqlarni yig‘ishdan iborat edi. Musulmon huquqshunos-
larining ta’limotiga ko‘ra, xalifaning hokimiyati uning vafoti yoki
hokimiyatdan voz kechishi, majburiyatlarini bajarishga jismoniy yoxud
axloqiy jihatdan qodirsiz bo‘lib qolishi bilan to‘xtatilar edi.
Musulmon huquqi VII asrda shakllandi. U islom tamoyillariga
tayanib, asta-sekin Qur’on va sunnaning mohiyatini aks ettirgan,
mustahkamlangan diniy huquqiy tizimga aylana bordi. Muhammad
(s.a.v.)ning vafotidan so‘ng, solih xalifalar ayni vaqtda diniy va dunyoviy
(qonun chiqaruvchi, sudlov va ijro qiluvchi) hokimiyatga egalik qildilar.
Arab xalifaligi tarixida ilk xalifalar davri oliy hokimiyat – sof ilohiy
xususiyatga ega edi. Xalifalar bu davrlarda faqat ruhiy-ma’naviy
yo‘lboshchilargina bo‘lib qolmay, ayni paytda harbiy sarkardalar (amir al-
mo‘’minin) ham edilar. O‘zga hududlarni zabt etish, uncha katta
bo‘lmagan musulmon jamoasining qudratli saltanatga aylanishi tufayli
Arab xalifaligi paydo bo‘ldi. Zabt etilgan hududlarda ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish, shuningdek xalifalik hududida bir xil
normalarni o‘rnatish uchun musulmon huquqining asosiy manbasi
bo‘lgan Qur’onga murojaat qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |