Hanbaliy mazhabiga asos solgan ulamo 778-yilda tug‘ilgan Ahmad
ibn Hanbaldir. U o‘z davrining buyuk muhaddisi va bilimdoni bo‘lgan.
Hadislarni o‘rganishga bel bog‘lagan imom Ahmad fiqh ilmi va hadislarni
Abu Hanifaning mashhur shogirdi imom Yusuf hamda imom
Shofi’iyning o‘zidan o‘rgandi. U zamonasining Mu’tazaliylar falsafasini
qabul qilgan xalifalari tomonidan ko‘p marotaba ta’qib qilingan. Qur’on
yaratilgan degan falsafiy oqimga qarshi chiqqani uchun xalifa Ma’mun
(813–832)ning amriga ko‘ra ikki yil zindonda saqlangan. Zindondan ozod
etilgach, uni yana ta’qib qilishni boshlagan Vosiq (842–846-yillarda
hukmronlik qilgan) xalifa bo‘lgunicha Bag‘dodda mudarrislik qilishni
davom ettirdi. Shundan so‘ng imom Ahmad dars berishni to‘xtatib, besh
yil davomida, hokimiyat tepasiga xalifa al-Mutavakkil (847–861)
kelguncha panoh izlab yurdi. Ushbu xalifa Mu’taziliylarni quvg‘in qilish
59
va ularning falsafasini rasman inkor etish orqali bu masala bo‘yicha
tortishuvga to‘la-to‘kis yakun yasadi. Imom Ahmad vafotiga qadar (855)
Bag‘dodda mudarrislik qildi.
Hanbaliy mazhabining tashkil topishi. Imom Ahmad hadislarni
to‘plash, hikoya qilish va sharhlashga katta ahamiyat bergan. Uning
o‘qitish usuli 30000 dan ortiq hadislar kiritilgan va «al-Musnad» nomi
bilan mashhur bo‘lgan yirik to‘plamida hadislar hamda ularning sharhi
borasidagi sahobalarning fikrlarini yozdirishdan iborat edi. So‘ngra u
ushbu hadislar va fatvolarni o‘z davrining turli muammolariga nisbatan
qo‘llagan. U yoki bu masalani hal etish uchun mos keladigan hadis yoki
fikr topilmagan taqdirda, shaxsiy fikrini taklif etardi. Biroq, shogirdlariga
o‘zining shaxsiy mulohazalaridan hech birini yozib olishga ruxsat
bermagan. Buning natijasida uning mazhabi shogirdlari tomonidan emas,
shogirdlarining shogirdlari tomonidan yozib olingan.
Hanbaliy mazhabi qo‘llagan huquq manbalari.
1) Qur’on. Qur’onni qo‘llash borasida Ahmad ibn Hanbal va ungacha
bo‘lgan imomlar o‘rtasida hech qanday farq bo‘lmagan. Boshqacha qilib
aytganda, Qur’on boshqa manbalardan barcha sharoitlarda ustun qo‘yil-
gan (ya’ni u huquqning boshqa manbalaridan butkul va shartsiz afzal
ko‘rilgan);
2) sunna. Avvalgi imomlar kabi bu maktab asoschisi ham fatvolar
chiqarishda qo‘llagan asosiy manbalar ichida Muhammad (s.a.v.)ning
sunnasi ikkinchi o‘rinda turgan. Uning yagona o‘ziga xosligi marfu’
tamoyili, ya’ni bevosita Muhammad (s.a.v.)ning o‘zidan olingan
ma’lumotlar bo‘lgan;
3) sahobalarning ijmolari. Imom Ahmad sahobalarning yakdil
fikrlarini tan olardi va ularni huquqning asosiy manbalari orasida uchinchi
o‘ringa qo‘yardi. Ammo u sahobalar davriga oid bo‘lmagan ijmolarni,
islom davlati bo‘ylab tarqalib ketgan ulamolarning soni juda ko‘p
bo‘lganligi uchun, aniq emas deb hisoblab, ularga ishonmagan. Uning
fikricha, sahobalar davri o‘tgandan keyin ijmolar qabul qilinishi mumkin
emas;
4) sahobalarning shaxsiy fikrlari. Sahobalar turlicha nuqtai nazar
bildirgan masalalarga oid muammo paydo bo‘lgan taqdirda, Ahmad imom
Molik kabi barcha fikrlarni e’tibordan chetda qoldirmagan. Aynan
shuning uchun ushbu mazhab ichida muayyan masala bo‘yicha turli
fikrlarni uchratish mumkin;
5) zaif hadislar. Yuqorida keltirilgan manbalarning hech birida hal
etilmagan masalalar bo‘yicha fatvolar chiqarishda imom qiyosga
60
asoslanib mulohaza yuritishdan ko‘ra, zaif hadislardan foydalanishni afzal
ko‘rgan. Biroq, zaif hadisning roviylaridan birortasi fosiq yoki kazzob
(yolg‘onchi) bo‘lgan bo‘lsa, bunga yo‘l qo‘yilmagan;
6) qiyos. Bu usul so‘nggi chora sifatida, ya’ni boshqa asosiy
manbalarni bevosita qo‘llash mumkin bo‘lmaganida qo‘llangan. Ahmad
qiyos tamoyilini qo‘llashni uncha xush ko‘rmagan, odatda u o‘z
fatvolarini yuqoridagi manbalarning birortasiga asoslangan holda
chiqargan.
Hanbaliy mazhabining asosiy namoyandalari imom Ahmadning ikki
o‘g‘li – Solih (873-yilda vafot etgan) va Abdulla (903-yilda vafot etgan)
edilar. Yirik hadislar to‘plamlarini tuzgan imom Buxoriy va imom
Muslimlar ham imom Ahmadning shogirdlari hisoblanadi. Hanbaliy
mazhabi vakillarining ko‘pchiligi hozirgi kunda Falastin va Saudiya
Arabistonida yashaydilar.
Shialik oqimi va uning mazhablari. Shialik oqimida quyidagi aqida
ilgari suriladi: imomat, ya’ni payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)
o‘rinbosarligi yoki islom davlati rahbarligi payg‘ambar vasiyatiga binoan
faqatgina payg‘ambarning qizi Fotimadan tug‘ilgan Alining erkak
avlodlariga xos bo‘lib qoladi.
Ibn Xaldunning ta’kidlashicha, shialar aqidasiga binoan imomat
masalasi islom qoidasi va dinning asosi bo‘lgani uchun uni belgilash
hamda tayinlash islom jamoasi (ummat)ga topshirilgan emas. Payg‘ambar
tomonidan ushbu vakolat ummatga berilmagan. Islom jamoasi uchun
imomni tayinlash payg‘ambarga vojibdir. Ularning fikricha, sahoba-
larning afzali va payg‘ambar tomonidan birinchi xalifa qilib tanlangan Ali
ibn Abu Tolib edi.
Shialar aqidasiga binoan, «imomlar» oddiy insonlar jumlasidan
bo‘lmay, quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladilar: birinchidan, faqat
payg‘ambarning qizi Fotimadan tug‘ilgan zotlar va ularning bolalari
payg‘ambar oilasi hisoblanib, imomlik vakolatining haqiqiy va qonuniy
egalaridir. Ikkinchidan, imom payg‘ambar emas. Ammo payg‘ambar
bilan oddiy insonlar o‘rtasida turadi. Uchinchidan, imom har qanday
gunohdan pok bo‘lib, hech qachon gunoh va xato qilishi mumkin emas.
To‘rtinchidan, imom barcha bo‘lib o‘tgan va qiyomat kunigacha yuz
beradigan ishlardan ilhom orqali voqifdir. Beshinchidan, Qur’onni tafsir
qilish faqat imomga xosdir.
Shuning uchun shialar imom sunniylar imomi (xalifasi)dan farqli
o‘laroq birinchi muallif, g‘aybni biluvchi payg‘ambar bilimlarining
merosxo‘ri bo‘lgan zot hisoblanadi. Doktor Z. Safoning ta’kidlashicha,
61
Ali zohiriy va botiniy (ichki) bilimlarini payg‘ambardan o‘rgandi. Ushbu
qobiliyat undan keyin uning avlodlariga o‘tdi. Imomlarning har biri o‘z
zamonida aholini o‘z ilmlaridan xabardor qilib kelganlar. Shuning uchun
shialar, imomlardan rivoyat qilinmagan hadislarni qabul qilmaydilar.
Shialarga, ayniqsa, Ja’fariylik mazhabiga xos xususiyatlar
quyidagilar:
a) imomat, ya’ni davlat boshqaruvini egallashga faqat imomlar loyiq
deb ishonish;
b) Qur’on va o‘z imomlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarni
asosiy manbalar deb qabul qilish, ijmo va qiyosni rad etish;
d) ayrim namozlarni bir vaqtning o‘zida qo‘shib o‘qish;
f) tahoratda oyoqlarni yuvmasdan, ularga faqat mas’h tortish;
g) vaqtinchalik nikohni qonuniy deb hisoblash (Eron Islom
Respublikasi Fuqarolik qonunining 6-bo‘limi 1075–1077-moddalarida
vaqtincha nikoh «Nikohi munqati’» nomi bilan qonuniy hisoblangan);
h) taqiya, ya’ni inson hayoti uchun xavfli hisoblangan joylar va
vaziyatlarda o‘z e’tiqodi va mazhabini yashirish;
i) azon aytayotganda «ashhadu anna Aliyan vali-alloh» (guvohlik
beraman, Ali Allohning valiysi, ya’ni do‘stidir) iborasini qo‘shib aytish;
j) nasroniy yoki yahudiy ayollar (ahli kitob ayollari)ga uylanishni
harom, deb bilish. Shuningdek, bir o‘tirishda uch taloq berilsa, bitta taloq
deb hisoblash; taloqning esa ikki odil kishining guvohligida qonuniy
kuchga kirishini tan olish;
k) go‘dak bir ayolni bir kecha-kunduz mobaynida yoki ketma-ket
15 marotaba emganda emizish hukmi joriy bo‘ladi.
Shialik oqimi asosan ikki guruhga bo‘linadi: g‘oliylar (ko‘p
mubolag‘a qiluvchilar) va mo‘tadillar (g‘ulotlar).
G‘oliy shialar yettinchi asrdan boshlab Alini payg‘ambarlik yoki
Xudolik darajasiga ko‘targanliklari uchun g‘oliylar (g‘ulot), ya’ni
mubolag‘a qiluvchilar, deb atalganlar. Ulardan bir guruhining aqidasiga
binoan, go‘yoki Ali payg‘ambar edi, lekin Jabroil xato qilib vahiyni unga
emas, balki hazrat Muhammadga olib borgan. Xuddi g‘uroblar (qarg‘alar)
bir-biriga o‘xshaganidek, Ali ham Muhammadga o‘xshar ekan. Shu
sababli bular guruhni «g‘urobiya» deb ataganlar.
Ulardan yana bir guruh Alini Xudolik maqomiga ko‘targan. Ularning
talqinicha, Xudo Alining vujudiga kirib, uning tanasi bilan birlashgan
emish. Yana ulardagi ayrim firqalarning aqidasiga ko‘ra, go‘yo har bir
imomning ruhiga uluhiyat (xudolik) kirgan va bu ruh undan boshqasiga
ham o‘tadi.
62
Nizoriy Ismoiliylar imomni payg‘ambardan ham ustun qo‘yadilar.
Sababi, ularning aqidasicha, imomat bir o‘lmas va doimiy asl (asos)dan
iboratdir. Agarda imom bir lahzaga bu dunyodan ketsa, hamma narsalar
nobud bo‘lar emish. Ammo nubuvvat (payg‘ambarlik) vaqtincha bir
mazhabiy ishidan iborat bo‘lib, Xudo o‘z payg‘ambarini imomning
notig‘i sifatida yuboradi.
Mo‘tadil shialar uchta mazhabga bo‘linadilar. Ular imomlarining soni
nechta bo‘lishiga qarab farqlanadi. Ular Ja’fariy, Ismoiliy va Zaydiy
mazhablaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |