Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Angliya davlati (V asr – XVII asrning o‘rtasi). Britaniya hududida V 
asr boshlariga qadar Rim legionerlari tomonidan idora etilgan. V asr 
boshlaridan o‘rtalariga qadar Britaniya bir qancha mustaqil mayda 
qirolliklarga bo‘lingan holda yashaydi. V asr o‘rtalariga kelib bu orolga 
shimoliy-g‘arbiy german qabilalaridan inglizlar, sakslar, yutlar bostirib 
kira boshlaydi. Bu istilo qariyb bir asrga cho‘ziladi. Natijada ilgarigi 
Britaniya hududida o‘ndan ortiq mayda varvar qirolliklari vujudga keladi. 
VII asrga kelib ular xristianlikni qabul qilib, 7 ta yirik (sakslar 3, angllar 
3, yutlar 1) qirollikni (geptarxiya) barpo etadilar. 827-ilda Uyesseks qiroli 
Ekbert (802–839-y.) bu qirollikni o‘z hukmronligi ostida birlashtiradi. U 
asos solgan yagona ingliz-sakslar qirolligi X asrdan boshlab Angliya deb 
ataladi. 
XI asr boshlarida inglizlar davlati daniyaliklar tomonidan bosib 
olinadi. Ularning hukmronligi ingliz-saklar sulolasi Eduard Ispovednik 
(1042–1066-y.) tomonidan qayta tiklangunga qadar davom etadi. 1066-
ilda Angliya Normandiya gersogi Vilgelm tomonidan bosib olinadi. Shu 
tariqa u fotix (istilochi) nomi bilan Angliya qiroli bo‘lib oladi. U 


 126
Angliyani egallashda Rim papasining xayrixohligi va Fransuz qirolining 
yordamiga tayanadi. Normandlar boshqaruvi davrida markazlashgan 
davlatga asos solinadi. 
O‘rta asrlarda Angliya feodal davlatining rivojlanish bosqichlarini 
quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin: 
– ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi davri (IX–XI asrlar); 
– markazlashgan sen’orlik monarxiyasi va qirol hokimiyatini 
cheklash uchun fuqarolar urushi (XII asr) davri;  
– tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII asrning ikkinchi yarmi – 
XV asr); 
– absolut monarxiya davri (XV asrning oxiri – XVII asrning o‘rtasi).  
Ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi davri (IX–XI asrlar).
Dastlabki davrlarda ijtimoiy tuzum ruhoniylar, urug‘-qabila zodagonlari 
(erllar), erkin kishilar (kryollar, keyinroq genitlar), yarim erkin kishilar 
(letlar yoki uillar, keyinroq esa va geburlar deb yuritiladi) va qullardan 
iborat bo‘lgan. 
Ilk davrlarda ko‘p sonli qirolliklarda qirollar saylab qo‘yilgan. 
Yagona davlat ingliz-sakslar davlati tashkil topishi bilan sekin-asta qirol 
hokimiyati barobarida uning mavqei ham yuksala boradi. Qirol oliy sud, 
harbiy hokimiyat va oliy yer egasi hisoblangan.  
Oliy davlat organi – vitanagemot (vitanlar – donishmandlar, donish-
mandlar kengashi) bo‘lgan. Barcha muhim davlat ishlari uning maslahati 
va roziligi bilan hal etilgan. Uning asosiy funksiyalari qirollarni saylash 
va oliy sudni amalga oshirish edi. 
Mamlakat boshqaruvi qirol saroyi tomonidan amalga oshirilgan. 
Qirol saroyining asosiy boshqaruvchilari ichida quyidagilar katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan. Kamerariy qirollik mol-mulki va moliyasi 
ahvoliga javob bergan. Marshal qirollik otliq askarlarining qo‘mondoni 
hisoblangan. Qirollik kapelanlari davlatning devonxona ishlarini 
yuritganlar. 
Ingliz-sakslarda asosiy ma’muriy-hududiy birlik graflik bo‘lgan. Ular 
yuzliklarga, yuzliklar qishloq jamoalari (tunlar)ga, jamoa esa o‘nta 
tomorqa (oila)ga bo‘lingan. 
Bir qancha grafliklar tepasida eldormenlar turgan. Ular qirol to-
monidan kelishib, vitanlar tomonidan mahalliy feodallar orasidan tayin-
langan. Grafliklarga qirolning shaxsiy vakillari – sheriflar tayinlangan. 
Yuzliklar yuzlik yig‘inida saylanuvchi yuzboshilar tomonidan 
boshqarilgan. Qishloqning yuqori organi – jamoa yig‘ini (galimot) bo‘lib, 
jamoa tepasida oqsoqol turgan.  


 127
Angliyada markazlashgan sen’orlik monarxiyasi (XI–XII asrlar).
Normandlar istilosidan so‘ng kuchli qirol hokimiyatiga asoslangan 
markazlashgan davlat tashkil topadi. Bu vaqtda qirol oliy yer egasi, qonun 
chiqaruvchi hamda oliy sud va oliy harbiy hokimiyat egasi hisoblanadi.  
Qirolga tegishli qonun chiqarish hokimiyati ko‘pincha qirollik 
kuriyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan. Kuriya oliy sud organi 
sifatida ham ish olib borgan. XII asrga kelib kuriya katta kengash va 
doimiy hukumat organi (kichik kuriya)ga ajralgan. Kichik kuriya oliy sud, 
ma’muriy va moliyaviy hokimiyatni amalga oshirardi.  
Bu davrda davlatning quyidagi oliy mansabdor shaxslarini va 
boshqalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bosh yustitsiar qirol Angliyada 
yo‘qligida amalda davlatni idora etib turuvchi ruhoniy shaxs hisoblangan. 
Kansler uning yordamchisi bo‘lgan. Kansler dastlab qirolning shaxsiy 
kotibi, keyinchalik qirol devonxonasi boshlig‘i va davlat kotibi vazifasini 
bajargan. Marshal qo‘shinlar qo‘mondoni, kamerariy xazinabon, qirollik 
mol-mulki, xazinasi va yer egaliklarining boshqaruvchisi hamda hisob 
palatasi boshlig‘i edi. 
Mahalliy boshqaruv tizimi normandlar istilosidan keyin o‘zgarmadi. 
Yuzliklarda grafliklardagi sheriflarning yordamchilari beyliflar qirollik 
ma’muriyati vakillari bo‘lib qolganlar. Sherif graflik hududida ijro, 
harbiy, moliyaviy va politsiyachilik hokimiyatiga egalik qilgan. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish