Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Chjou podsholigi davriga kelib oliy hokimiyat meros tariqasida nasl-
naslga o‘tgan. Rivoyatlarga qaraganda, miloddan avvalgi 115–1079 
yillarda podsho Chen davlat idoralari tizimida islohotlar o‘tkazadi. Saroy 
boshqaruv tizimi mavjud bo‘lgan. Saroyda mirza, podsholik arxivi 
boshlig‘i, mamlakatda marosimlar o‘tkazilishini kuzatib boruvchi va 
boshqa amaldor (dufu)lar faoliyat ko‘rsatgan. Davlat apparatiga oliy 
amaldor (syan) boshchilik qila boshlagan. Podshoning asosiy maslahatchi 
(gun)lari 3 ta bo‘lib, ular «buyuk murabbiy», «buyuk ustoz», «buyuk 
homiy» bo‘lgan. Syan aynan shular orasidan saylangan. Oliy kohin va 
buyuk folbin mansablari mavjud bo‘lgan. 
Sin podsholigi davrida podsho Sao-gun (mil. avv. 361–338-y.) 
vaqtida davlatning nufuzli amaldori Shan Yan tomonidan bir qancha 
siyosiy-ma’muriy, yer, agrar, moliya va harbiy islohotlar o‘tkazilgan. 
Davlat boshlig‘i imperator (xuandi) bo‘lgan. Qonun chiqarish, ijro 
etish va sud hokimiyati uning qo‘lida to‘plangan. Davlat apparatida o‘n 
minglab amaldorlar xizmat qilgan. Boshqaruv tepasida o‘ng va so‘l vazir 
(chensyan)lar turgan. Ularning o‘rinbosarlari kotiblar hisoblangan. Oliy 
mansabdor shaxslardan saroy qo‘riqlash xizmatining boshlig‘i, imperator 
avlodlarining marosimlarini o‘tkazishni yurituvchi va tashqi munosa-
batlarni yurituvchi chinovniklar faoliyat ko‘rsatgan. Davlat apparati 
faoliyatida imperator maslahatchilari katta rol o‘ynagan. 


 57
Xan podsholigi davrida mamlakatni boshqarish 5 ta mahkama 
o‘rtasida taqsimlangan. Imperator huzurida oliy maslahatchi organ – 
imperatorlik kengashi tuzilgan. 
Butun yerlar davlat mulki sifatida ko‘rilgan va podshoning ixtiyorida 
bo‘lgan. Markazlashgan davlat tashkil etilmagan. Van faqat poytaxt 
viloyatini bevosita boshqargan. Mamlakatning boshqa hududlarini 
vorislik huquqiga ega knazlar – chjuxoular idora etgan. 
Chjou davlati davrida asosiy ma’muriy birliklar nisbatan mustaqil 
knazliklar hisoblanadi. Knazlik hududida quyidagicha bo‘lingan. Syan 
tepasida Sin turgan. Syan 5 ta chjouga, chjou 5 ta danga, dan 5 ta szu 
(urug‘ jamoasi)ga, szu 4 ta li (qishloq)ga, li 5 ta lin (jamoa)ga, lin 5 ta 
oilaga bo‘lingan. 
Sin podsholigi vaqtiga kelib imperiya hududi 36 ta viloyatga 
bo‘lingan. Viloyatlar o‘z navbatida uyezdlarga, uyezdlar – volostlarga, 
volostlar esa – tin (eng quyi ma’muriy birlik)larga bo‘lingan. Har viloyat 
tepasida 2 tadan boshqaruvchi: harbiy va fuqarolik hokimiyati vakillari 
turgan. 
Xan podsholigi davrida mamlakat hududi 13 ta yirik okrugga 
bo‘lingan. Okruglarga mahalliy ma’muriyat ustidan nazoratni amalga 
oshiruvchi okrug taftishchisi – podshoning noiblari boshchilik qilgan. 
Viloyatlar va uyezdlar markazdan tayinlangan 3 ta amaldor – hukmdor va 
uning fuqarolik va harbiy ishlar bo‘yicha yordamchilari tomonidan 
boshqarilgan. Umuman mahalliy ma’muriyat faoliyati markazdagi 
nazoratchilar tomonidan nazorat qilingan. Keyingi davrlarda mahalliy 
boshqaruv tizimida jiddiy o‘zgarish kuzatilmagan. 
Qo‘shin asosan urush vaqtlarida yig‘iladigan xalq lashkarlaridan va 
uncha katta bo‘lmagan doimiy xizmatdagi otradlardan iborat bo‘lgan. 
Qo‘shinning asosini jangovar arava, otliq qo‘shin va piyodalar tashkil 
etgan. Jangovar aravada kamonboz va nayzabardorlarni haydovchi olib 
yurgan. Keyingi davrlarda qullar ham armiyaga jalb etilgan. 
Qadimgi Xitoyda huquqning asosiy belgilari. Qadimgi Xitoyda 
yozma qonunlarning paydo bo‘lishi odat huquqlarining tugatilishiga olib 
kelmagan. Davlat rivojlanishining barcha bosqichlarida odat huquqi 
muhim o‘rin tutib ijtimoiy munosabatlarning ko‘p qismini, jumladan yer 
munosabatlarini tartibga solgan. 
Qadimgi Xitoy huquqiy tizimi konfutsiylik va legizm falsafiy 
ta’limotlari ta’sirida shakllanadi. Unda konfutsiylikning axloqiy-siyosiy, 
diniy aqidalari va legizmning siyosiy-huquqiy konsepsiyasi hal qiluvchi 
omil bo‘lgan. 


 58
Qadimgi  Xitoy huquqi dastlabki davrda odob-axloq me’yorlar (li) va 
diniy qoidalardan ajratilmagan. Miloddan avvalgi IV asrda Konfutsiylik 
ta’limoti yuksak odob-axloqni yoqlab, qonunchilik shakliga adolat tartibi 
kabi mezonlarni ilgari surgan. 
Miloddan avvalgi V asr III asr boshlarida legistlar ta’limoti asosida 
muntazam jazo kompleksiga ega bo‘lgan davlatning yozma qonunchiligi 
shakllanadi. 
Miloddan avvalgi III asr va milodning III asrida ortodoksal 
konfutsiylik ta’limoti maydonga chiqadi. U konfutsiylik va legizmning 
qo‘shilishi natijasida tug‘iladi. Bu davrda axloq va huquq 
uyg‘unlashtiriladi. Boshqacha aytganda, axloqni huquq qattiq qonun (fa) 
yo‘li bilan mustahkamlaydi. Natijada odob-axloq me’yorlari majburiy va 
rasmiy xarakterga ega bo‘ladi. Yozma huquq konfutsiylikning muqaddas 
asarlaridan ko‘chirilgan. 
Qadimgi Xitoyning huquq manbalari sifatida ilk yozma qonunlar 
miloddan avvalgi. II ming yillikdayoq paydo bo‘lgan. Podsholar 
chiqargan qonun va farmoyishlarning ko‘payib borishi va ularda 
ziddiyatlarning kelib chiqishi huquqni kodifikatsiya qilish zaruratini 
keltirib chiqargan. 
Miloddan avvalgi X asrda Chjou davlatida van – Mu tomonidan 3000 
ta moddaga ega Jinoyat kodeksi – jazolar haqidagi qonunnoma ishlab 
chiqilgan. Unda avvalo, odat huquqi mustahkamlangan. Og‘irlashtiruvchi 
va yengillashtiruvchi holatlar va jinoyatlar turlari ko‘rsatilgan. 
Yozma qonunlarning ancha keng tarqalishi miloddan avvalgi VI–V 
asrlarga to‘g‘ri keladi. Qonunchilik faoliyati, ayniqsa miloddan avvalgi 
V–III asrlarda juda tez rivojlangan. Asosiy maqsad siyosiy barqarorlikka 
erishish hisoblangan. 
Ilk muhim yozma qonunlar qatoriga miloddan avvalgi 536-yilgi 
«Qonunlar sharhi» nomli hamda miloddan avvalgi V–IV asrlardagi «Vey 
podsholigi qonunlari kitobi» nomli qonunlar to‘plamini kiritish mumkin. 
Ularning har ikkalasi jinoyatlar tarkibini izohlagan va ularga jazo 
belgilashga mo‘ljallangan. 
Miloddan avvalgi III–II asrlarda qadimgi qonunlarni bayon qilish, 
yozish, sharhlash va qayta tiklash bo‘yicha juda katta ishlar amalga 
oshirilgan. Bu vaqtga kelib «Vey podsholigi qonunlari kitobi» harbiy, 
moliyaviy va davlat ot-ulovi to‘g‘risidagi me’yorlarga bag‘ishlangan 
boblar bilan to‘ldirilgan. 
Xitoy an’anaviy huquqida xususiy huquq mustaqil ravishda 
rivojlanmagan. Miloddan avvalgi IV–III asrlarga kelib yer huquqi 


 59
shakllana boshlagan. Mulk huquqining predmeti asosan yer va qullar 
bo‘lgan. 
Majburiyatlarning shartnomalardan kelib chiqadigan turlari keng 
tarqalgan. Shartnomalarning ayirboshlash, oldi-sotdi, hadya, qarz, ijara, 
shaxsiy ijara shartnomalari amal qilgan. Ularning shartlari asosan odat 
huquqi bilan tartibga solingan. 
Nikoh-oila munosabatlarida katta oilalar mustahkamligi bilan ajralib 
turgan. Oila tepasida oiladagi yoshi eng ulug‘ erkak turgan. Unga oilaning 
barcha a’zolari bo‘ysungan. Nikoh-oila munosabatlari konfutsiylik 
ta’limoti asosiga qurilgan. Nikoh tuzish uchun qator shartlar belgilangan 
bo‘lib, xususiy bitim sifatida rasmiylashtirilgan. Uning buzilishi moddiy 
va jinoiy javobgarliklarni keltirib chiqargan. Nikoh yoshi erkaklar uchun 
16–30, ayollar uchun 14–20 yosh qilib belgilangan. Xotin tug‘masa 
ikkinchi darajali xotin olish mumkin bo‘lgan. Jinoyat sodir etgan shaxslar 
bilan nikohga kirish taqiqlangan. Yuqori tabaqa vakili past tabaqadagi 
kishi bilan, erkin kishi qul bilan nikoh qursa jinoiy javobgarlikka 
tortilgan. Arzimagan sabablar (er-xotinlik burchini buzish) ham nikoh 
buzilishiga olib kelgan. To XIX asrgacha ota-ona, buva-buvi tomonidan 
o‘g‘il, nabira kelin urib o‘ldirilsa, javobgarlik kelib chiqmagan. Motom 
tutmaslik oilaviy jinoyat hisoblangan. 
Meros huquqida avvalo farzandlar, nabiralar, ular bo‘lmasa boshqa 
qarindoshlar qonuniy merosxo‘rlar sifatida chiqqanlar. Oilada katta o‘g‘il 
meros olishda katta imtiyozga ega bo‘lgan. Ota o‘lganidan so‘ng oila 
mulki unga o‘tgan va u oila boshlig‘iga aylanib, boshqa oila a’zolari 
ustidan hukmronlik qila boshlagan. 
Jinoyat huquqining rivojlanishi Qadimgi Xitoyda huquqning 
rivojlanishini belgilab kelgan. Huquqbuzar shaxsga «pastkash inson» 
sifatida qaralib, dunyoni buzib yuboradi deb, hisoblangan. Ibtidoiy jamoa 
tuzumiga xos talion tamoyili (bao) uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan. 
Jazo choralarini belgilashda jinoiy harakatning og‘irligiga emas, 
balki jinoiy irodaga, ya’ni jinoyatchining ma’naviy holati hisobga 
olingan. Ko‘pincha suiqasdga tugallangan jinoyat deb qaralgan. Yangi era 
boshlarida jazoning individualligi prinsipi ilgari surilgan. Jinoyatni 
yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar inobatga olingan. 
Ma’lumotlarga qaraganda miloddan avvalgi I ming yillikda Mu 
kodeksida 3000 ta jinoyat turi mavjud bo‘lgan. Bular orasida davlatga, 
dinga, shaxsga, mulkka va harbiy tuzumga qarshi jinoyatlarni alohida 
og‘ir jinoyat tarzida ko‘rsatish mumkin. Jinoyat haqida xabar bermaslik 
ham jinoyat hisoblangan. Ichkilikbozlik uchun o‘lim jazosi qo‘llanilgan. 


 60
Jinoyat qonunlari jazolarning juda qattiqligi bilan xarakterlanadi. 
Undan asosiy maqsad qo‘rqitish bo‘lgan. Jazolar turlarining xilma-xil 
ko‘rinishlari bo‘lgan. Ular bir-biridan juda kam farq qilgan. Jazo turini 
almashtirish va qo‘shimcha jazo tayinlash amal qilgan. Jazo yoshdan qat’i 
nazar bir xil qo‘llanilgan hollar uchragan. 
Jazolarning aynan tayoq bilan urish, quloq yoki burnini (isin) kesish, 
olovda kuydirish, mayda bo‘laklarga bo‘lish, belidan ikkiga bo‘lish, oyoq 
(feysin) yoki qo‘llarni uzish, boshini kesish (danisin), tiriklayin ko‘mish, 
ko‘zini o‘yish, yuzga tamg‘a bosish (mosin), chujin – (kastratsiya) va 
ayollarni qulga aylantirish, badarg‘a qilish, mansabdan bo‘shatish va 
jarima kabi turlari amal qilgan. Davlatga qarshi va siyosiy jinoyatlar 
uchun aybdor bilan uning kelgusi uch avlod qarindosh urug‘lari ham 
javobgar hisoblangan (qulga aylantirilgan va qatl etilgan). 
Sud va sud jarayoni xususida aytish mumkinki, sud hokimiyati 
ma’muriy hokimiyatdan ajratilmagan. Oliy sud hokimiyati imperatorga 
tegishli bo‘lgan. Sud funksiyalari adliya boshlig‘i, harbiy boshliqlar, 
viloyat boshqaruvchilari – prefektlar tomonidan amalga oshirilgan. 
Adliya boshlig‘i sud va uning qarorlarining adolatliligini nazorat 
etgan. Prefektlar o‘z hududida shubha tug‘diradigan hollardan tashqari 
barcha ishlar yuzasidan mustaqil jazo tayinlagan. Huquq-tartibotni 
saqlash joylarda maxsus kuchga ega politsiyachilar tomonidan amalga 
oshirilgan. Davlat sudi bilan bir qatorda, oilada oila boshlig‘ining sud 
hokimiyati ham mavjud bo‘lgan. Qadimgi vaqtlardanoq tergov ishlari 
linshilar tomonidan olib borilgan. Dastlabki qamoq ehtiyot chorasi 
qo‘llanilgan. Tergov natijalari haqida xulosa, ayblov dalolatnomasi 
tuzilgan. Hukm 3 oy ichida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan. Aybsizlik 
prezumpsiyasi tamoyili harakatda bo‘lgan. Sudda ish yuzasidan analogiya 
(qiyoslash) bo‘yicha qarorlar chiqarish keng qo‘llanilgan. 
Muayyan davr davlati va huquqini o‘rganishda, avvalo, uning 
ijtimoiy tuzumiga e’tibor qaratiladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, ijtimoiy 
tuzumning har bir toifasi alohida huquqiy himoyadan foydalangan va 
jamiyatda alohida o‘rin egallagan. 
Davlat markazlashgan sari kuchayishda davom etgan. Shu bilan 
birga, amaldorlarga yerlarning mukofot tarzida berilishi, soliq va 
majburiyatlardan ozod qilinishi kabi imtiyozlar davlat inqirozini keltirib 
chiqargan. 


 61

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish