Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Qadimgi Xitoyning davlat tuzumi. Xitoy Markaziy va Sharqiy 
Osiyodagi eng qadimgi davlatlardan biridir. Arxeologik qazilmalarning 
tasdiqlashicha, Xitoyning ko‘p joylarida neolit davriga mansub 
manzilgohlar bo‘lganligi aniqlangan. Eng qadimgi Xitoyda ko‘p sonli 
qabilalar yashagan. Qabila oqsoqolining hokimiyati otadan o‘g‘ilga emas, 
otadan ukaga o‘tgan. 
Eng qadimgi Xitoy qabilalaridan miloddan avvalgi II ming yillik 
boshlarida Xeanxe (Sariq daryo) qirg‘oqlariga shimoldan ko‘chib kelgan 
Shan qabilasi ayniqsa kuchayib ketgan. Bu qabila boshqa qabilalarni 
bo‘ysundirib, Xuanxe daryosi havzasining ko‘p qismini egallab olgan. 
Shunday qilib, Xitoyga janubi-sharqdan, ayniqsa shimoldan xilma-xil 
urug‘lar va qabilalar kirib joylashgan. 


 54
Aholi daryo bo‘yidagi kichik-kichik qishloqlarda yashagan. Dehqon-
chilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi 
aholi orasida mulkiy tengsizlik va tabaqalanishga olib kelgan. Bu hol 
Sharqiy Xitoyda dastlabki davlatlarning vujudga kelishi uchun imkoniyat 
yaratgan. 
Qadimgi Xitoy davlati tarixi quyidagi to‘rt davrga bo‘lib o‘rganiladi: 
– Qadimgi Xitoy davlatining tashkil topishi – Shan (In) davlati (mil. 
avv. XVIII–XII asrlar); 
– Chjou davlati (mil. avv. XI–III asrlar); 
– Sin podsholigi (mil. avv. 221–207-y.); 
– Xan podsholigi (mil. avv. 206-yildan milodning 220-yiligacha). 
So‘nggi davr Qadimgi Xitoyning quldorlik davlatining feodal 
davlatga o‘sib o‘tishi bilan xarakterlanadi. 
Qadimgi Xitoyda shahar tipidagi svilizatsiyaning dastlabki o‘choqlari 
miloddan avvalgi II ming yillikda Xuanxe daryosi havzasida tashkil topa 
boshlagan. Bu vaqtga kelib In qabilalarida urug‘ aristokratiyasining 
boshqaruvchi tabaqasi ajralib chiqqan. 
Xitoy manbalarida aytilishicha, Qadimgi Xitoyda davlat miloddan 
avvalgi XVIII asrda Sya qabilasining Shan qabilasi tomonidan bosib 
olinishi natijasida tashkil topgan. O‘sha vaqtda shan qabilasi boshlig‘i 
Chen Tan ismli shaxs davlatga asos soladi. Shu bois u hukmdor 
qabilaning nomi bilan Shan davlati deb atalgan. Shan sulolasi 
qulaganidan so‘ng In degan nom yuritilgan. Chen Tan Xitoyning birinchi 
podshosi (podsho – van) bo‘lgan. 
Dastlabki davlatning tashkil topishi avvalo ishlab chiqarish, yer va 
suvni boshqarish va ulardan foydalanish, hududlarni himoya qilish 
zaruratidan kelib chiqqan. Qolaversa, ibtidoiy tuzum organlari katta 
hududni boshqarish uchun yaramay qolgan. Shu maqsadda maxsus davlat 
apparati tashkil etilgan. Bu butun ilohiylashtirilgan van, butun jamoaga 
qarama-qarshi turuvchi boshqa kishilardan iborat ma’muriy apparatning 
tashkil etilishida namoyon bo‘lgan. 
Shunday qilib, davlat ichki taraqqiyot mahsuli sifatida xo‘jalik va 
ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi oqibatida mulkiy tengsizlik va 
tabaqalanishning paydo bo‘lishi va urug‘doshlik tuzumining yemirilishi 
natijasida tashkil topgan. 
Xitoyda davlatning tashkil topish xususiyati shundaki, ibtidoiy jamoa 
tuzumidan sinfiy jamiyatga o‘tish jarayoni bir xalqning boshqasi 
tomonidan bo‘ysundirilishi ta’sirida tezlashgan. 


 55
Shan (In) davlati miloddan avvalgi XII asrda ichki ziddiyatlar sababli 
inqirozga uchraydi. Uning tarkibidagi Chjou qabilasi boshchiligida Shan 
davlati o‘rnida Chjou davlati tashkil topgan. 
Chjou podsholigi Xitoy tarixida quyidagi 3 davrga bo‘linadi: 
– G‘arbiy Chjou (mil. avv. 1122–742-y.); 
– Sharqiy Chjou (mil. avv. 770–403-y.); 
– urushqoq podsholiklar davri (mil. avv. 403–221-y.). 
Miloddan avvalgi IX asrda ichki va tashqi omillar sababli g‘arbiy 
Chjou davlati yemiriladi. Mamlakat bir qancha mustaqil davlatlarga 
bo‘linib ketadi. Miloddan avvalgi 770-yilda podsholik poytaxti Xoadan 
Loyanga ko‘chiriladi. Shundan keyin Sharqiy Chjou podsholigi davri 
boshlangan. 
Sharqiy Chjou podsholigi davri iqtisodiy va siyosiy hayotdagi yirik 
o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Miloddan avvalgi VII–IV asrlardagi 
urushqoq podsholiklar yoki besh hokim davrida Si, Szin, U, Chu va Yuz 
kabi mayda podsholiklar o‘rtasida o‘zaro urushlar davom etgan. So‘ngra 
konfutsiylik dini targ‘ibotchilari va xalqning birlashish zarurati tufayli 7 
ta yirik Xitoy podshohliklari atrofida turli mintaqa va xalqlarning 
yaqinlashuvi yuz beradi. 
Miloddan avvalgi IV asrda kuchayib ketgan Sin podsholigi miloddan 
avvalgi 221-yilda mamlakatni birlashtirib, yagona Sin podsholigiga asos 
soladi. Bu davrda mukammal qonunchilik tizimi joriy etiladi. Davlatni 
markazlashtirishga qaratilgan islohotlar o‘tkaziladi. Podsho In Chjen 
davrida (mil. avv. 241–210-y.) sharqiy, shimoliy va janubiy hududlar 
hisobiga yirik imperiyaga asos solinadi. 
Miloddan avvalgi 209-yilda ijtimoiy ahvolning yomonlashishi 
sababli butun mamlakatda xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tadi. Unga Lyu 
Ban ismli qishloq oqsoqoli boshchilik qiladi. Sin davlati halokatga 
uchraydi. Miloddan avvalgi 202-yilga kelib Lyu Ban tarafdorlari g‘olib 
chiqib, u o‘zini yangi Xan sulolasining podshosi deb e’lon qiladi. Shu 
tariqa Sin podsholigi tugatilib, o‘rnida Xan podsholigi paydo bo‘lgan. 
Xan podsholigi davrida podsholar Chun va Man tomonidan 
mehnatkashlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan ma’muriy, yer, soliq va 
pul islohotlari amalga oshiriladi. 
Milodiy II asrning ikkinchi yarmiga kelib Xitoyda siyosiy va ijtimoiy 
hayotda og‘ir vaziyat vujudga keladi. 220-yilda Xan podsholigi Vey, Shu 
va U kabi davlatlarga bo‘linib ketadi. Bu Xitoy tarixida Uch podsholik 
davri deb ataladi. Shu bilan qadimgi Xitoy tarixi o‘z nihoyasiga yetgan. 


 56
Shan (In) podsholigining ijtimoiy tuzumi dunyoviy aristokratlar, 
kohinlar, bo‘ysundirilgan qabilalarning aristokratlari, erkin jamoachi 
dehqon (nunfu)lar va qullardan iborat bo‘lgan. Barcha yerlar jamoa va 
xususiy yerlarga bo‘lingan. Jamoa davlatda juda katta rol o‘ynagan. 
Qullarning manbai urush, qarz, o‘lpon va jinoiy javobgarlik hisoblanadi. 
Ulardan xo‘jalikning turli sohalarida foydalanilgan. Keyingi davrlarda 
savdogarlar, harbiylar, quldor hamda xizmatchi zodagonlarning mavqei 
osha boshlaydi. So‘nggi davrda ijtimoiy tuzumda jiddiy o‘zgarish 
kuzatilmaydi. 
Davlat tuzumida dastlabki davrlarda urug‘-qabila harbiy 
demokratiyasi saqlangan. Lekin, vaqt o‘tgan sari butun hokimiyat podsho 
qo‘lida to‘plangan. Ularning hokimiyati ilohiylashtirilgan. Podsho 
birinchi va eng yirik quldor, oliy harbiy boshliq, eng oliy sudya va eng 
katta ruhoniy hisoblangan. Davlat apparatiga u boshchilik qilgan. Barcha 
mansabdor shaxslar oliy dunyoviy, harbiy va diniy amaldorlarga 
bo‘lingan. Yuqori davlat lavozimlariga uning yaqinlari va qarindosh-
laridan tayinlangan. Quyi mansablar esa kasb bo‘yicha amaldorlarga 
berilgan. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish