Qadimgi Mesopatamiyada huquqning asosiy belgilari. Ikkidaryo
oralig‘i davlatlarida huquqning eng qadimgi manbai Misrda bo‘lgani kabi
odat huquqi bo‘lgan. Davlatchilik natijasida odob-ahloq qoidalari
majburiy mazmun kasb eta boshlagan. Yozma qonunchilikda ibtidoiy
jamoa tuzumining belgilari saqlangan.
Huquq manbai – qonun juda erta paydo bo‘lgan. Podsholar
qonunlarining paydo bo‘lishi davlatlarning tashkil topishi va rivojla-
nishining uzluksiz shart-sharoitlari, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumni
yaxshilash jarayonlari bilan bog‘liqdir.
Tarixiy-huquqiy hujjatlardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– miloddan avvalgi XXIV asrga taalluqli Lagash podshosi
Uruinimgin islohoti hujjatlari;
– miloddan avvalgi XXII asrga oid Ur sulolasi asoschisi podsho Ur-
Nammu qonunlari;
– miloddan avvalgi III ming yillikdagi Isina podshosi Lipid-Ishtar
qonunlari;
– miloddan avvalgi II ming yillik boshidagi Eshkunna podsholigi
Bilalam qonunlari;
– miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalaridagi O‘rta asr osur
qonunlari.
Bularning ichida ayniqsa Mesopatamiyaning eng muhim hujjati,
podsho Xammurapi qonunlari qadimgi davr huquqiy qarashlari va huquq
tizimining juda katta yodgorligidir.
Xammurapini qonunlari 1901–1092-yillarda fransuz arxeologik
ekspeditsiyasi tomonidan qadimgi Elam poytaxti Suz shahrini qazish
chog‘ida topilgan. Bu qonunlar mixxat yozuvida qora bazalt tosh ustuni
sathiga o‘yib yozilgan
1
.
Ushbu qonunlar 282 ta moddadan iborat bo‘lib, Shumer va Akkad
huquqining tajribasi va ko‘pgina namunalarini mujassamlashtirgan.
Qonunlar to‘plami 3 qismga bo‘linadi: 1) kirish; 2) asosiy qism; 3)
xulosa.
Kirish qismida qonunlarni o‘rnatishdan asosiy maqsad mamlakatda
adolat o‘rnatishdir, deb ko‘rsatilgan.
Qonunda podsho o‘zining xalq oldidagi xizmatlarini keltiradi. Bu
qonunlarni kelgusida bajaradigan podsholarni hurmatlash, ularni
1
Izoh: Xammurapi qonunlarining asl nus xasi Parij (Luvr)da saqla-
nadi.
44
bajarmagan yoki bekor qilmoqchi bo‘lgan podsholarni la’natlash
lozimligi to‘g‘risida gapiriladi.
Qonunnomaning asosiy qismida sud va sud jarayoni (1–5-moddalar),
mulk huquqining buzilishi va unga qo‘llaniladigan jazolar (6–120-
moddalar), nikoh, oila va meros huquqi (127–195-moddalar), jinoyat
huquqi (shaxs hayoti va sog‘ligiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik,
196–214-moddalar), mehnat va mehnat qurollari (215–282-moddalar)
hamda boshqa munosabatlar to‘g‘risidagi me’yorlar belgilangan.
Kodeksni tuzishda qadimgi odat huquqi, shumer qonunlari va yangi
qonunlar asos qilib olingan. Xammurapi qonunlari boshqa sharq
qonunnomalaridan farq qilib, o‘zida diniy va nasihatgo‘ylik elementlarini
saqlamaydi. Shunday bo‘lsa-da, unda talion tamoyili va ordaliya kabi
urug‘doshlik tuzumi belgilari saqlangan.
Hozirgi davr huquqshunosligida Mesopotamiya huquqini o‘rganish
uchun asosiy manba tariqasida Xammurapi qonunlariga murojaat etiladi.
Xammurapi qonunlarida huquq sohalari va institutlari. Xammurapi
qonunlarida yerga egalikning podsho, ibodatxona, jamoa va xususiy yer
egaligi kabi shakllari bo‘lgan. Amaldorlar va harbiylarga berilgan mulk –
ilku mulk deb atalgan. Keyingi davrlarda ham jamoa mulkchiligi saqlanib
qolgan.
Qonunlarda shartnomalardan va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan
majburiyatlar bir-biridan ajratib qo‘yilgan. Bu davrda shartnoma huquqi
keng rivojlangan. Shartnomalarning oldi-sotdi, ijara, ayriboshlash, qarz,
yuk tashish, topshiriq, shirkat (ko‘pchilik), hadya va boshqa turlari
ko‘pgina me’yorlar bilan tartibga solingan.
Nikoh yozma tuziladigan shartnomalar asosida rasmiylashtirilgan.
Agar kishi xotin olsa va yozma shartnoma tuzmasa, bu ayol unga xotin
emas (128-modda). Shartnoma er va xotinning oilasi o‘rtasida ham
tuzilgan. Qullar va erkin kishilar oila qurishi mumkin bo‘lib, tug‘ilgan
bolalar erkin hisoblangan. Nikoh shartnomasi tuzilishidan avval kuyov
bo‘lajak qaynonasiga qalin puli – «tirxatum», kelinning oila a’zolariga
to‘y sovg‘alari – «biblum», kelinning otasi qiziga sep-sidirg‘a –
«sheriktum» berishi lozim bo‘lgan. Bir nikohlik amal qilgan bo‘lib, er
asosli tarzda ikkinchi nikohga kirishi mumkin edi. Farzand ota-onasini
so‘ksa tili, ursa barmoqlari kesilgan.
Merosga dastlabki vaqtlarda eng avval o‘g‘illar, o‘g‘illar bo‘lmasa
qizlar, keyinchalik qizlar ham o‘g‘illar bilan teng meros huquqiga ega
bo‘lganlar. Agar o‘g‘il vafot etgan bo‘lsa, nevaralar merosxo‘r bo‘lgan.
Farzandlar va nevaralar bo‘lmasa aka-ukalar, ular ham bo‘lmasa amakilar
45
merosxo‘r sifatida maydonga chiqqanlar. Meros bolalar o‘rtasida teng
taqsimlangan. Asrab olingan farzand ham teng ulush olgan. Er xotiniga
sovg‘a – nudunnum bergan va u saqlanib qolgan.
Xammurapi qonunlarida ibtidoiy jamoa tuzumiga xos bo‘lgan qonli
qasos olish odati haqida hech narsa eslanmaydi. U o‘z o‘rnini davlat
hokimiyati organlari tomonidan beriladigan jazolarga va jinoyatchining
jablanuvchiga yoki uning qarindoshlariga to‘laydigan haqlariga bo‘shatib
bergan. Biroq ibtidoiy jamoa tuzumiga xos bo‘lgan boshqa qoldiqlar
saqlangan. Jumladan, avilumlarga nisbatan talion tamoyili; aybdor
noma’lum bo‘lsa, butun jamoaning javobgarligi, ota-ona uchun
farzandlarning javobgarligi, aybdorning o‘z hududidan haydab yuborilishi
va h.k. Jazo tizimi ayblanuvi va jabrlanuvchining ijtimoiy mavqeiga qarab
turlicha qo‘llanilgan. Jazolar birinchi navbatda Bobildagi quldorlik
tuzumini ushlab turishga qaratilgan. Jinoiy jazolar turlariga qo‘shimcha
sifatida sharmanda qilish, muayyan faoliyat yuritish huquqidan mahrum
qilish va mansabidan bo‘shatish jazolarini ham aytish mumkin.
Xammurapi qonunlarining umumiy mazmuniga qarab to‘rtta turdagi:
shaxsga qarshi, mulkka qarshi, oilaga qarshi va sudga qarshi jinoyatlarni
ajratib ko‘rsatish mumkin.
Qasddan odam o‘ldirish uchun o‘lim jazosi nazarda tutilgan (erini
o‘ldirgan xotin qoziqqa o‘tqizilgan, 153-modda). Ehtiyotsizlik oqibatida
odam o‘limiga sabab bo‘lish uchun o‘lim jazosi belgilangan. Masalan, uy
imorat buzilib uy egasining o‘g‘li o‘lsa, quruvchining o‘g‘li ham
o‘ldirilgan (230-modda).
Shaxs sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlarga ijtimoiy ahvoli jabrlanuvchi
bilan bir xil bo‘lgan ayblanuvchilar talion tamoyili bo‘yicha jazolangan.
Agar ayblanuvchi yuqori mavqega ega bo‘lsa, jarima to‘lagan.
Shaxsga qarshi jinoyatlar qatorida yosh bolalarni o‘g‘rilash jinoyati
ham ko‘rsatilib o‘tilgan. Albatta, bunda maqsad qul qilib sotish bo‘lgan.
Agar avilumning yosh o‘g‘li o‘g‘irlansa, o‘limga mahkum etilgan (14-
modda).
Mulkka qarshi jinoyatlarga juda og‘ir jazolar nazarda tutilgan. Saroy
va ibodatxona mulkini o‘g‘irlaganlik uchun ayrim hollarda o‘lim jazosi,
boshqa hollarda 30 baravar miqdorida jarima nazarda tutilgan. Agar
aybdor uni to‘lay olmasa, o‘limga mahkum etilgan. Yong‘in paytida
o‘g‘rilik qilgan jinoyatchi o‘tga tashlangan. Qulga nisbatan mulk huquqi
qattiq himoya qilingan. Sharq davlatlarining barchasi qullarga tegishli
tamg‘a bosgan. Uni kesish, kuydirish o‘lim jazosi bilan taqiqlangan.
46
Oilaga qarshi jinoyatlarga xotinning erga xiyonat qilishi, yaqin
qarindoshlar bilan jinsiy aloqada bo‘lish va beva xotinning sud ruxsatisiz
ikkinchi nikohga kirishi kabilar kirgan. Bunday jinoyatlarga suvga
tashlash (sinov sifatida ham), yoqib yuborish, haydab yuborish jazolari
tayinlangan. Oilada ota-onalar va farzandlarni bir-biridan himoyalashni
nazarda tutgan.
Xammurappi qonunlariga muvofiq, sudya ilgarigi qarorini
o‘zgartirsa, lavozimidan chetlashtirilgan va da’voning 12 baravari
miqdorida jarima to‘lagan. Tayyorlanilayotgan jinoyat haqida xabar
bermaslik, yolg‘on guvohlik berish va tuhmat qilish uchun jinoiy jazolar
belgilangan.
Sud ishlarini yuritishda tomonlarining ko‘rsatmalarini suv bilan
sinash usuli amalda bo‘lgan. Sud qaydnomalari loytaxtachalarga yozilgan.
Ularda tomonlarning ko‘rsatmalari, qasamlari, guvohlarning ismlari va
sud hukmining mazmuni yozib qo‘yilgan. Qoida bo‘yicha tomonlar bir
ishni ikkinchi marta qo‘zg‘atishlari mumkin bo‘lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |