Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Eng qadimgi davrda Rim huquqi. Miloddan avvalgi III asrning 
o‘rtalariga qadar kvirit – tub aholi uchun fuqarolik huquqi tanho hukmron 
huquqiy tizim bo‘lib kelgan. Shu davrlardayoq mansipatsiya – ashyolarga 
bo‘lgan huquq ashyolar turlariga ko‘ra ajralib turgan. Servitut – odatlar 
yoki qonunda mustahkamlangan va qattiq cheklab qo‘yilgan begona 
ashyolardan foydalanish huquqi shakllangan. Shartnomalardan kelib 
chiqadigan majburiyatlar amal qilgan. Shuningdek, delikt (xususiy va 
ommaviy – davlat foydasiga) – huquqbuzarlik natijasida kelib chiqadigan 
majburiyatlar ham mavjud bo‘lgan.  
XII jadval qonunlariga asosan qadimgi rim huquqi patriarxal oilani 
mustahkamlaydi. Oilada erning xotin va bolalari ustidan to‘la va kuchli 
hokimiyati o‘rnatilgan. Nikoh yoshi ayollar uchun 12 yosh bo‘lgan, 
erkaklar uchun ko‘rik-tekshiruv yo‘li bilan o‘rnatilgan. Turli toifadagi 
shaxslarning nikohga kirishi taqiqlangan. Nikoh turli shakllarda tuzilishi 
mumkin bo‘lgan. Jumladan, bir yil birga yashash bilan yoki diniy 
marosimlar yo‘li bilan soxta sotib olish ko‘rinishida tuzilgan.  
Yosh bolalar va erga chiqmagan ayollar ustidan homiylik, aqldan 
ozganlar va isrofgarlar ustidan vasiylik o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan. 
Meros huquqida umumiy qoidaga ko‘ra meros o‘lgan kishining 
bolalari yoki nabiralari yoxud yaqin tug‘ishgan agnatlarga o‘tgan. Vasiyat 
bo‘yicha meros qoldirish ham juda erta shakllangan. 
Legasaksion (harakat, imo-ishora va so‘zlar) jarayon. Ko‘p sud 
ishlari xususiy (fuqarolik) tartibida ko‘rilgan. Eng qadimgi davrdan 
boshlab sud tizimi va jarayonini tashkil etishning ikkita bosqichi amalda 
bo‘lgan. Birinchi bosqichda ish magistratlar tomonidan ko‘rilgan. Unda 
tomonlar kelishsa ish tugagan. Ikkinchi bosqich esa tomonlar o‘rnatilgan 
tartibga rioya qilsa, pretor tomonidan tayinlangan sudya yoki sudyalar 
hay’ati tomonidan olib borilgan. Sudlarning qarori qat’iy bo‘lgan va 
shikoyatga yo‘l qo‘yilmagan. 
Jinoyat ishlarida ish yurituvchi magistrat vahshiyona tartibdan 
foydalangan. Butun protsess davomida u ayblovni qo‘llab, so‘roq qilgan. 
Agar konsul o‘lim jazosi haqida hukm chiqarsa, buni xalq majlisi 
ma’qullagandan so‘nggina ijro etish mumkin edi.  
Klassik va postklassik davrlarda rim huquqi. Klassik davrda xalqlar 
huquqi va xususiy huquqqa bo‘linish ishlab chiqilgan. Xalqlar huquqi 


 83
hokimiyat, bo‘ysunish xarakterida, xususiy huquq rasman tenglik 
xarakterida bo‘lgan.  
Mulkiy munosabatlarni tartibga solish rim xususiy huquqida 
markaziy o‘rin egallaydi. Ashyolar xarakteriga ko‘ra turlarga ajratilgan. 
Bu davrda mulk huquqiga ega bo‘lish usullariga katta e’tibor berilgan. 
Xalqlar huquqi va xususiy huquqda ham uning turlari batafsil ishlab 
chiqilgan. 
Xususiy mulkni himoya qilinishi uchun mulkdan foydalanishga 
to‘sqinlik uchun progibator, begona mulkka asossiz qilingan da’voga 
qarshi negator da’volardan ham foydalanilgan. Xususiy mulk egasi 
vindikatsion da’vo natijasida o‘z mulkini isbotlasa, u egasiga qaytarilgan. 
Mulkdan foydalanish, unga egalik qilish va uni oddiy ushlab turish bir-
biridan farqlangan. 
Klassik davrda garov huquqi ham keng rivojlangan. Qarz summasidan 
qat’i nazar u qaytarilmasa, garovdagi ashyo umrbod kreditorda qolgan. 
Imperatorlik davrida yunon huquqining ta’siri ostida impoteka degan garov 
shakli ham rivojlangan. Bunda garov qo‘yilgan ashyo (odatda yer) 
qarzdorning o‘zida qolgan, kreditor esa ashyo huquqiga – qarzdor tomonidan 
garovga qo‘yilgan yerning sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik va majburiyatlar 
bajarilmagan holda talab qilib olish huquqiga ega bo‘lgan.  
Majburiyat huquqi instituti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi 
bilan klassik davrda ancha taraqqiy etgan. Ayniqsa, shartnoma (kontrakt) 
va bitim (pakt)lar ancha batafsil va aniq ishlab chiqilgan. Shartnomalar 
verbal (og‘zaki), literal (yozma), real (ashyo zarur) va konsensual (bitim) 
kabi guruhlarga ajratilgan. 
Klassik davrda er hokimiyatisiz nikohning yangi shakli keng tarqala 
boshlangan. Ayol ko‘pgina huquqlarga (qarindoshlari bilan aloqa qilish 
va h.k.), mulkiy mustaqillikka va bolalariga nisbatan ba’zi huquqlarga ega 
bo‘lgan. Oilaviy munosabatlar kuchsizlangan. Postklassik davrda 
ayollarning muomala layoqati amalda erkaklarning muomala layoqati 
bilan tenglashtirilgan. 
Oilada kuchli ota hokimiyatining yumshatilishi meros huquqida ham 
ba’zi o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Merosxo‘rlar doirasi kengayib, ular 
qatoriga xotinining qarindoshlari ham kirgan. 
Fuqarolik jarayoni shakllaridagi o‘zgarishlar natijasida fuqarolik 
ishlari endi boshidan oxirigacha bitta magistrat tomonidan ko‘riladigan 
bo‘lgan. Fuqarolik ishlarini ko‘rish uchun boj olish tartibi joriy etilgan. 
Tomonlarning bayonotlari sud qaydnomalariga yozib borilgan, bu yozma 
sud ishlarini yuritishga asos solgan. Magistrat chiqargan sud qarori 
ustidan apellatsiya bosqichi joriy etilgan. Biroq oliy apellatsiyaga bergan 
shaxslar ishda ikkinchi marta ham yutqazsa, juda katta jarima to‘lagan. 


 84
Bu davrda rim jinoyat huquqi butun imperiya hududi va aholiga 
taalluqli bo‘lgan. Xususiy delikt (huquqbuzarlik) ham jinoiy jazolana-
digan bo‘lgan. Bu davrda juda ko‘p yangi jinoyatlar paydo bo‘lgan. 
Jumladan, davlat asoslariga xavfli tajovuz sifatida ko‘riladigan jinoyatlar. 
Doimiy armiya o‘sishi bilan harbiy jinoyatlar ham o‘sgan. Imperiya 
davrida tan jarohati yetkazish jinoyatlari uchun javobgarning ijtimoiy 
mavqeiga qarab javobgarlik belgilangan. Oila va axloq sohasiga taalluqli 
jinoyatlar doirasi ham kengaygan. 
Shuningdek, jazolarning turlari ham birdaniga o‘sgan, jazoni 
qo‘llashning yangi usullari amal qilgan. Agar jazo dastlabki vaqtlarda 
yetkazilgan zararni undirish tamoyili asosiga qurilgan bo‘lsa, dominat 
davrida esa u borgan sari ko‘proq qo‘rqitish maqsadini ko‘zlagan. Bu 
davrda sudyalar sud tizimi va jarayonining qayta tuzilishi munosabati 
bilan katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan. 
Sudda jinoyat ishlari yopiq holda ko‘rib chiqilgan. Jinoyat jarayoni 
shafqatsiz xarakter kasb etgan. Sudya ham ayblov ham sudlov funk-
siyasini amalga oshirgan. ayblanuvchi huquq yordam huquqidan mahrum 
etilgan.  Respublika davridagi mavjud kafolatlar ham yo‘qotilgan. Uchta 
instansiyaga yo‘l qo‘yilmagan.  
Klassik davrning Rim jinoyat huquqida yuridik texnika sohasida 
ba’zi ilg‘or natijalar ko‘zga tashlanadi. Masalan, ayb, ishtirokchilik, 
suiqasd va boshqa tushunchalar ishlab chiqilgan. Ular keyinchalik 
G‘arbiy Yevropaning o‘rta asrlardagi jinoyat huquqi rivojlanishiga 
ma’lum ta’sir o‘tkazgan. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, antik dunyo davlatlarining monarxik 
xususiyatlari, ularda yirik davlat-ehrom xo‘jaligining hamda jamoa 
yerlarining mavjudligi ularning tipik Sharq monarxiya davlatlariga 
o‘xshashligidan  dalolat beradi. Yunonistonning tabiiy sharoitlari bu yerda 
davlat hokimiyatining tashkil etilishiga boshqa jihatdan ham ta’sir etgan.  
Polis tuzumi faqat Yunonistongagina emas, balki butun antik 
dunyoga xos bo‘lgan davlatchilikning muhim va o‘ziga xos belgisi 
hisoblanadi. O‘z navbatida huquq ham alohida polislar doirasida taraqqiy 
etgan va alohida shahar-davlatlar demokratik institutlar taraqqiyot 
darajasi huquqda ham o‘z aksini topgan. Darhaqiqat, rim huquqi antik 
dunyoda klassik quldorlik tuzumi eng avjiga chiqqan bir sharoitda 
vujudga kelgan.  
Barcha qadimgi sharq mamlakatlarida jinoiy jazo aybdorning ijtimoiy 
mavqeiga qarab turlicha qo‘llanilgan. Dastlabki davrlarda hatto Rimda 
ham jinoyat huquqi hukmron tabaqalar manfaatiga xizmat qilgan. 


 85
IV BOB.  ARAB XALIFALIGINING DAVLATI VA HUQUQI

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish