307
Biroq huquqiy davlatchilik g‘oyasini, ma’nosi va tushunchasini
ifodalovchi nazariy falsafiy konsepsiyalar ancha qadim zamonlardanoq
shakllana boshlagan. Ilg‘or burjua siyosiy va huquqiy fikri maydonga
kelayotgan chog‘da yangi falsafiy dunyoqarash antifeodal, dunyoviy,
antiteologik va antiklerikal qarashlarga qarshi, feodal istibdodi va
qonunsizlikka, absolutizm va mustabid rejimlarga qarshi huquqiy davlat
haqida g‘oyalar jadal targ‘ib qilina boshlandi. Bunda insonparvarlik,
barcha kishilarning erkinligi
va tengligi, inson huquqlarining ajralmasligi,
ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni uzurpatsiya qilinishiga qarshi hokimiyatlar
taqsimlanishi, konstitutsionalizm va boshqa prinsiplar ilgari surildi.
Ilg‘or mutafakkirlar G.
Grotsiy, B.
Spinoza, D.
Lokk,
SH.L. Monteskye, T. Jefferson va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan
huquqiy davlatchilik g‘oyasi va konsepsiyalari o‘zining yangiligi bilan
har qancha ta’riflanmasin, ular baribir o‘tmish tarixiy, ijtimoiy, siyosiy,
falsafiy va huquqiy ta’limotlarga va amaliy tajribaga,
sinalgan umumin-
soniy qadriyatlar va gumanistik an’analarga tayangandir. Huquqiy
davlatchilik haqidagi nazariy tasavvurlar va amaliy tajribaning
shakllanishiga ko‘p jihatdan qadimgi Xitoy, Sharq, Yunoniston va Rim
falsafiy, siyosiy-huquqiy qarashlari, g‘oyalari, ta’limotlari, shuningdek
antik demokratiya, respublikachilik va huquqiy tartibot institutlari katta
ta’sir ko‘rsatgan.
Qadim zamonlardanoq huquq bilan hokimiyatning o‘zaro bog‘liqligi,
o‘zaro munosabati va mutanosibligi, ularning harakat yunalishlarini bir-
biriga muvofiqligini ta’minlashning
shakllari, usullari va prinsiplari izlana
boshlangan. Davlat va huquq to‘g‘risidagi tasavvurlar chuqurlashib
borishi jarayonida o‘sha davrlardayoq ijtimoiy turmushning, oqilona va
adolatli siyosiy shakllari haqidagi g‘oyalar shakllangan. Bunda huquq
ijtimoiy hokimiyatga tayangan holda umummajburiy qonunga aylanishi,
o‘z navbatida, huquqni tan oluvchi ijtimoiy hokimiyat esa unga muvofiq
o‘zini chegaralab adolatli davlat hokimiyati sifatida maydonga chiqishi
nazarda tutilgan.
I. Huquqiy davlat to‘g‘risidagi tasavvurlarni rivojlantirishda antik
davr allomalari ham salmoqli hissa qo‘shganlar. Ular ichida, masalan,
Solon, Arastu va boshqalar «kuch bilan huquqning qo‘shilishidan qonun
hukmronligi to‘g‘risidagi qoidalar»ni; Suqrot, Aflotun, Arastu, Polibiy,
Sitseron «boshqaruvning to‘g‘ri va noto‘g‘ri shakllarini farqlash
to‘g‘risidagi mulohazalar»ni; Demokrit, safizm vakillari «tabiiy va
irodaviy o‘rnatilgan huquqning nisbati haqidagi fikrlar»ni; ayrim sofistlar,
stoiklar, rim yuristlari «tabiiy huquqqa muvofiq insonlarning tengligi
308
to‘g‘risidagi qarashlar»ni; Arastu «huquqning
adolat va siyosiy
munosabatlarni tartibga soluvchi me’yor ekanligi to‘g‘risidagi
g‘oyalar»ni; Sitseron «davlat – xalq ishi» ekanligi, «davlat – huquqiy
muloqot va umumiy huquqiy tartibot ekanligi haqidagi qarashlar»ni va
boshqalarni ilgari surdilar
1
.
II. Feodal absolutizmiga qarshi adolatparvarlik va huquqiy
voqeliklarni burjuaziya manfaati nuqtai nazaridan talqin etgan XVII asrda
yashagan klassik ingliz olimi J. Lokkdir. Uning talqinida huquqning
hukmronligi g‘oyasi shunday davlatni anglatadiki, unda tabiiy huquqqa
mos keluvchi va insonlarning ajralmas tabiiy huquqini
hamda shaxs
erkinligini ifodalovchi va hokimiyatlar taqsimlanishiga asoslanuvchi
qonunning ustuvorligi amal qiladi. Lokk huquq hukmronlik qiluvchi
davlatni despotizmga qarama-qarshi qo‘yadi.
Xalq suvereniteti va ijtimoiy shartnoma davlatchilikning huquqiy
asosi va manbaini tashkil etadi, degan g‘oyaga tayanib Lokk «hoki-
miyatning har qanday g‘ayriqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan
qarshilikning qonuniyligi ta’limoti»ni isbotlab chiqdi
2
. Huquqiy davlat
sharoitida shaxsning huquq va erkinligi haqidagi klassik liberal
ta’limotning ko‘pgina qoidalari ham Lokka tegishlidir. «Odamlarning
erkinligi shu jamiyatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘rnatgan doimiy
qoida bilan belgilanadi; bu – qonun bilan taqiqlanmagan hamma hollarda
o‘z shaxsiy istagiga rioya etishdir
3
. Bu prinsip keyinchalik mustahkam-
langan «qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi», degan
qoidadan faqat so‘z ifodasi jihatidan farq qiladi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi to‘g‘risidagi yangi tasavvurlarni XVIII
asrda yashab ijod etgan SH.L. Monteskye izchil tizimga keltirgan. U har
qanday davlatda uchta hokimiyatni – qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va
sud hokimiyatini farqlaydi. Hokimiyat tomonidan qilinishi mumkin
bo‘lgan zo‘ravonliklar va suiiste’molliklarni bartaraf etish uchun shunday
tartib o‘rnatilishi kerakki, bunda turli hokimiyatlar bir-birini o‘zaro tiyib
turishi lozim. Hokimiyatlarning taqsimlanishi va o‘zaro bir-birini tiyib
turishi, Monteskyening fikricha, davlat tuzilishiga nisbatan siyosiy
erkinlikni ta’minlashning asosiy sharti hisoblanadi. Erkinlik – qonun bilan
ijozat etilgan har qanday ishni qilish huquqidir
4
.
1
Qarang:
ɇɟɪɫɟɫɹɧɰ ȼ.ɋ. ɉɪɚɜɨ ɢ ɡɚɤɨɧ. – Ɇ . , 1983. – ɋ. 7–48.
2
Do'stlaringiz bilan baham: