81 ) ajratish va konsentrlash usullarining analizda ishlatilishi
AJRATISH USULLARINING UMUMIY TAVSIFI.
Analiz jarayonida bir moddani aniqlashga ko’pincha ikkinchi modda halaqit beradi. Shuning uchun xalaqit beradigan tarkibiy qismni aniqlanadigan moddadan ajratishga to’g’ri keladi.
TARKIBIY QISMNI
ANIQLANADIGAN
MODDADAN
AJRATISH
Agar tekshiriladigan obyekt tarkibidagi moddalar bir-birini toppish va aniqlashga halaqit bersa, ularni bir-biridan kimyoviy, fizik yoki fizik kimyoviy usullar yordamida ajratish mumkin.
Kimyoviy ajratish. Yordamchi reagent tekshiriladigan eritmaga qo’shiladi.Bunda cho’ktirish,komplekslash,oksidlanish-qaytarilish reaksiyalardan biri yoki bir nechtasi natijasida moddaning bir qismi ikkinchi fazaga (cho’kma, gaz,niqoblanish holati) o’tadi. Ajratishuchun yuqoridagilardan tashqari filtlash,senterafugalash,haydash, kiristallash va boshqalar ishlatilishi mumkin.Fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarda tekshiriladigan modda biror ta’sir tufayli ikki fazaga ajralishi mumkin.
Masalan;qattiq modda-eritma, qattiq modda-gaz; eritma-gaz; eritma-eritma;
Ajratish jarayonida muvozanat o’rnatilishi uchun har ikkala faza astoydil aralashtiriladi.Buning natijasida birinchi fazadagi bir yoki bir necha modda ikkinchi fazaga o’tadi.Bunda bir fazadan ikkinchisiga o’tkizishning imkon boricha to’liq bo’lishiga e’tibor beriladi va aniqlanadigantarkibiy qism bir fazada,xalaqit beruvchi tarkibiy qism ikkinchi fazada bo’lishi zarur.
Analizning aniqlik darajasi ajratishning samaradorligiga bog’liq.Ajratishning samaradorligini aniqlash uchun ajratish darajasi va ajratish omili qo’llaniladi. Ajratish darajasi (Rc) ajratilgan tarkibiy qism miqtorining (QA) uning namunadagi dastlabki miqtoriga (QA0) nisbatiga teng:
Rc=
Bu qiymat birga qancha yaqinlashsa,ajratish shuncha to’la bo’ladi. Uni foizlarda ham ifodalaydilar. Ajratish yoki konsentrlash omili (Rb/a)aniqlanadigan tarkibiy qismning xalaqit beruvchi tarkibiy qismdan qanchalik to’liq ajratilganligini ko’rsatadi.
Rb/a=
Qbo va Qao – A va B tarkibiy qismlarning tekshiriladigan namunadagi dastlabki miqdorlari; QB va QA-shu tarkibiy qismlarning ajratishdan keying miqdorlari. U qiymat qancha kichik bo’lsa,ajratish shuncha samarali bo’ladi.
KONSENTRLASH USULLARINING TAVSIFI.
Zomonaviy analiz usullarining mikroaralashmalarini aniqlashdagi sezuvchanligi har xil bo’lib, sezuvchaligi yuqori usullar maxsus asboblar cheklaydi. Annarxi arzon va qulay usullarning esa sezuvchanlii yetarli emas, bundan tashqari, aniqlanadigan modda miq-dori qancha kam bo’lsa, aniqlash xatosi shuncha katta bo’ladi. Moddalarning juda kam miqdorini (asarini ) aniqlash uchun zaruriy miqdor sifatida 10-7 10-8 mol /litir olingan, ayni xollarda bu miqdor ancha kam bo’lishi (10-14 mol/l) ham mumkin. Bunday oz miqdordagi moddani aniqlash uchun ko’pincha atom-absorsion , neytiron –ayitrAatsion roentgenofluoressent singgari fizik usullar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |