Ajratilgan vaqt : 2 soat Mavzu bo’yicha asosiy masala(savol)lar



Download 0,82 Mb.
bet86/104
Sana18.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952229
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI

Muhokama uchun savollar

      1. Ajratilgan bo’lak deb nimaga aytiladi ?

3.2.1. Ajratilgan bo’laklar qanday xususiyatlari bilan xarakterlanadi ?
3.3.1. Gap bo’laklarining ajratilish sabablarini ko’rsating.
3.4.1. Qaysi gap bo’laklari ajratiladi ?
4-MASALA : Undalmalarning semantik-sintaktik xususiyatlari .
Darsning maqsadi: Talabalarda undalma to’g’risida keng va aniq tushuncha hosil qilish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
4.1.Undalmaning ta’rifini aytib beradi .
4.2.Undalmaning ma’no-vazifasini tushuntirib beradi .
4.3.Undalmaning ifodalanishini ko’rsatib beradi .
4.4.Undalmalarni topib beradi .
4.5.Undalmaning egaga o’xshash va farqli tomonlarini isbotlaydi.
4 – masala bayoni
Nutq qaratilgan shaxs, predmetni bildirgan sintaktik shakl undalma deyiladi.
Undalma, garchi gapning tarkibiy qismi bo’lsa ham, gap bo’laklari bilan bevosita grammatik aloqaga kirishmaydi, gap bo’laklariga ajratishning bosh mezoni bo’lgan tobelanish talabiga javob bermaydi. Biroq bu undalmaning gap bo’laklariga hech qanday aloqasi yo’q, degani emas.
Shuni alohida qayd etish lozimki, gap tarkibida tobe aloqa bilan birgalikda, tobe bo’lmagan, grammatik aloqa hisoblanmaydigan aloqa ham mavjud bo’ladi. Bunday aloqa tilshunoslikda introduktiv aloqa deb nomlanadi. Demak,gap tarkibidagi sintaktik aloqani uchga bo’lish mumkin.

  1. Subordinativ aloqa (tobelanish).

  2. Koordinativ aloqa (tenglanish).

  3. Introduktiv aloqa (mazmuniy bog’lanish).

Ko’rinadiki, undalma gap bo’laklari bilan mazmuniy bog’lanishga egadir. Undalma bosh kelishik shaklida keladi. Bu jihatdan u egaga o’xshaydi. Lekin undalma undash intonatsiyasi, pauza bilan ajratilishiga ko’ra hamda kesim bilan bog’lanmasligi bilan egadan farq qiladi.
Undalma leksik-semantik jihatdan quyidagilarni ifoda qiladi.

  1. Konkret ism-familiyani: Men ham o’shanda sizni ovora qilgan edim-ku, Roziya!

  2. Kasb-hunar, mashg’ulotni: Er-suv endi, dehqon, seniki, quyosh ungan zamon seniki.

  3. Mansab-amalni ifoda qiladi: To’qay masalasini jiddiy o’ylashimiz kerak, rais!

  4. Unvonni: O’rtoq mayor, dushman tanklari !

  5. Qarindoshlik, yaqinlikni: Behuda yonma, uka, bir aql top.

  6. Holat-xususiyatni: Bilamiz. qahramon,sizni hamma hurmat qiladi.

  7. Sub’ektiv bahoni: Bilasanmi, jonginam, endi bir umrga birga bo’lamiz.

Ba’zan undalma aniqlovchilari uyushgan bo’lishi ham mumkin: Ey, vujudi qayg’u-alamdan iborat bo’lgan, peshonasiga azaldan sevgi yozib qo’yilgan yigit, sen bizga ravshanlik keltirding. Uyushish undalmaning o’ziga ham taalluqli bo’lishi mumkin: Hasan, Aziz, Ibrohim, yuklarni darhol tushiringlar.
Undalma gap boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkin: Bunda tinish belgilari quyidagicha qo’yiladi:
1. Undalma gap boshida kelganda, undalmadan so’ng vergul qo’yiladi: Yigit va qizlar, fan asoslarini chuqurroq egallangizlar.
2. Undalma gap orasida kelganda, ularning ikki tomonidan vergul qo’yiladi. Bunda tinglovchiga tegishli fikr aytilib, keyin unga murojaat qilinadi, keyin fikr yana davom ettiriladi: Siz baxtlisiz, Olimjon aka, ko’nglingizga nima kelsa, ayta olasiz.
3. Undalma gap oxirida kelganda undan oldin vergul keladi: Qachon ovqatingiz pishadi, ona.
Gap boshida kelgan undalmada undash, chaqirish intonatsiyasi kuchli, qolganlarida kuchsiz bo’ladi.
Ayrim hollarda undalma kuchli his-hayajonni ifodalab, kuchli intonatsiya bilan aytiladi va shunga ko’ra undalmadan sung undov belgisi qo’yiladi: G’ofurjon! Unutma meni, bolangni o’ldirgan, xotiningni hazon qilgan boyning, butun boylarning jazosini ber !

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish