Muhokama uchun savollar:
1. To’liqsiz gaplar to’liq gaplardan nimasiga ko’ra farqlanadi?
2. To’liqsiz gaplar qanday ko’rinishlarga ega?
3. To’liqsiz gaplar nutqiy hodisami yoki lisoniy hodisami?
4. To’liqsiz gaplarni to’liq gaplarga aylantirilsa, nima bo’ladi?
5. Bo’laklarga ajralish-ajralmasligiga ko’ra sodda gaplarning qanday turlari bor?
6. So’z-gap sodda gaplarning qaysi turiga kiradi?
7. Sodda gaplarning qaysi turlari bo’laklarga ajraladigan gaplar hisoblanadi?
8. Bo’laklarga ajralmaydigan gaplar doirasiga kiradigan sodda gaplardan qaysilarini bilasiz?
9. Qanday gaplar bo’laklarga ajralmaydigan gap hisoblanadi?
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar:
1- topshiriq
1. Yomg’ir yog’yapti. Gapni uch turli inkor gapga aylantiring.
2. Tasdiq gapdan inkor mazmuni, inkor gapdan tasdiq mazmuni kelib chiqishini misollar asosida isbotlang.
3. Havo musaffo gapini turli usullar yordamida undov gapga aylantiring.
4. Tasdiq va inkor mazmunining qo’shma gapga munosabati xususida fikr yuriting. Fikrlaringizni konkret misollar yordamida asoslang. Inkor mazmuniga ega ergash gapli qo’shma gaplar modallikka munosabatiga ko’ra gapning qaysi turiga kiradi?
2- topshiriq
1. Darak, so’roq, undov gaplarning intonatsion xususiyatlari to’g’risida ma’lumot bering .
2. Bilim, kitob, buloq, vatan, osmon, beg’ubor so’zlari yordamida 2 ta gap tuzing.
3-topshiriq
1. Inkor mazmunini bildiruvchi vositalardan foydalangan holda inkor mazmunining kuchayib borishini misollar yordamida ko’rsating. Kuchli inkor usullari haqida ma’lumot bering. Ma’lumotingizni gaplar orqali isbotlang.
Namuna: Bugun savdoga chiqqim yo’q.
Bugun savdoga chiqmayman.
Bugun umuman savdoga chiqmayman.
2. Borsam,yo’q ekansiz. Bu tuzilishiga ko’ra qanday gap? Shu tipdagi beshta gap tuzing.
3. O’zingiz mustaqil ravishda ritorik so’roq gaplarga 10 ta misol toping. Misolingizning 5 tasi nasriy, 5 tasi she’riy asarlardan olingan bo’lsin. Ularni qiyoslang, farqlanishni ko’rsating, sabablarini tushuntiring.
4-topshiriq
1. His-hayajonli gaplarning nutq uslublariga munosabati mavzusida kichkina (2-bet hajmida) ilmiy maqola yozing. Maqolada his-hayajonli gaplarning ko’proq qaysi uslublarda ko’llanishini, buning sabablarini topishga harakat qiling.
2. O’zingiz mustaqil ravishda kuchli his-hayajon ifodalangan 10 ta gap toping. Ulardagi his-hayajonni kuchaytiruvchi vositalarni topib, daftaringizga qayd qiling. Kuchaytiruvchi vositalar ichida undov so’zlar va intonatsiya - ohangning roliga baho bering.
3. Nazariy ma’lumotlar va o’z kuzatishlaringizdan kelib chiqib, his-hayajonli gap va tinish belgilari; his-hayajonli gap va ohang masalalarini yoriting.
Adabiyotlar
1. A.G’ulomov. M. Asqarova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. T., 1987. 48-49-betlar.
2.Sh.Rahmatullaev. Hozirgi adabiy o’zbek tili(darslik). T., Universitet, 2006.272-387-betlar.
3. R.Sayfullaeva va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. III.(o’quv qo’llanmasi). T., 2006. 72-108-betlar.
4. M.Asqarova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari
(Sintaksis). T., 2000 y.
5. R.Ikromova, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G’ulomova.Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari. (Sintaksis). 2001 y.
6. A. Nurmanov, R. Rasulov. O’zbek tili jadvallarda.T., 1983.
Do'stlaringiz bilan baham: |