Teng bog’lanish turlari. 3-jadval
Teng bog’lanishning asosiy xususiyatlari
|
Teng bog’lanishni hosil qiluvchi vositalar
|
Teng bog’lanishdan hosil bo’lgan birliklar
| Misollar |
Teng qismlarning munosabatini ifo-dalaydi. Ular o’r-nini almashtirish mumkin: bu gram-matik va mazmun o’zgarishiga olib kelmaydi. Ular boshqa bir qismni aniqlaydi yoki boshqa bir qism tomonidan aniq-lanadi, grammatik vazifasi bir xil bo’ladi.
|
1. Teng bog’lov-chilar:
a)biriktiruvchi: va, bilan, hamda
b)zidlovchi: ammo, lekin, biroq, balki
v)ayiruvchi: dam… dam; yo, yoki, goh…goh
2.Sanash intonatsiyasi
|
Uyushiq bo’laklar
2. Qo’shma gap
|
Kitob va qalam. Men kitob va qalam oldim. Ali bilan Vali keldi. Salim o’qidi, biroq yozmadi. Goh opam, goh akam xabar olib turdi. Karim yoki Salim bir kelib ketsin.
Soy guvillab oqar va uning shamoli o’tlarni silkitar-di. Havo bulut bo’ldi, lekin yomg’ir yog’madi. Yo men boray, yo siz keling.
|
TOBE ALOQA
Har xil, ya’ni biri hokim, ikkinchisi tobe sintaktik mavqedagi bo’laklar yoki komponentlar o’rtasidagi aloqa tobe aloqa hisoblanadi.Tobe aloqadagi komponentlardan biri doim hokim, biri tobe holatda bo’ladi. Tobe bo’lak hokim bo’lakni mazmunan izohlaydi, to’ldirib keladi.
So’z birikmalarida ergash – tobe so’zlar hokim - bosh so’zga uch xil usul bilan: moslashuv, boshqaruv, bitishuv yo’li bilan bog’lanadi. U yoki bu jihatdan aniqlanadigan, to’ldiriladigan, izohlanadigan komponent doim hokim bo’ladi, hokim bo’lakdagi ana shu noaniqlikni aniqlaydigan, izohlaydigan, to’ldiradigan bo’lak tobe bo’lak hisoblanadi. Aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol, kesim bo’laklari (sodda gapda), ergash gap (qo’shma gapda) ana shunday komponentlardir. Tobelanish gapning asosini tashkil qiluvchi bog’lanishdir, tobelanishsiz gap yuzaga kelmaydi. Gapning asosini tashkil qilgan ega va kesimning o’zaro aloqasi tobelanish yo’li bilan bo’ladi. Anglashiladiki, so’zlarning tobelanish orqali bog’lanishi natijasida yo so’z birikmasi (quvnoq qiz kabi) yoki gap hosil bo’ladi. (Qiz quvnoq kabi). Tobelik CBda moslashuv, boshqaruv, bitishuv orqali reallashadi.
Moslashuv deb shaxs va sonda bir biriga mos bo’lgan ergashishli birikmalarga aytiladi. Qaratqichli birikmalarda qaratqich bilan qaralmish shaxs va sonda mos bo’lib, moslashuvni tashkil qiladi. Masalan: bizning uyimiz birikmasidagi ergash so’z (bizning) ham, bosh (uyimiz) ham birinchi shaxs ko’plikda kelgan. Mening vatanim birikmasida komponentlar 1-shaxs orqali moslashgan. Ergash so’z bosh so’zning talabiga muvofiq muayyan kelishik affikslari yoki ko’makchilar olib kelishi natijasida hosil bo’lgan tobelik boshqaruv deyiladi. Bunda ergash so’z tushum, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklaridan birini yoki shunga mos ko’makchilardan birini olib keladi. Akmalni vokzalga kuzatib qo’y. Terrorchilar Qirg’iziston tomonga qochib ketdilar.
Bitishuv deb birining o’zgarishi ikkinchisiga ta’sir etmaydigan, komponentlari tartib va ohang orqali bog’lanishga aytiladi. Bitishuv ikki turli bo’ladi: birinchi turda ergash so’z ravish, ravishdosh va ravish vazifasidagi son, sifatlar bilan ifodalanib, bosh so’zga (fe’lga) bog’lanadi : tez yozmoq, asta yurmoq, kulib gapirmoq, yaxshi ko’rmoq kabi. Ikkinchi turi sifatlovchi bilan sifatlanmish munosabatini ko’rsatadi. Bunday birikmalarda ergash so’z sifat, son, olmosh, ot, sifatdosh bilan ifodalanadi: odobli qiz, katta orzu, uchta kitob, beshinchi uy, shu ko’cha, o’sha bino; kumush qoshiq, po’lat sandiq, hurmat taxtasi kabi. Quyidagi kabi zimdan kuzatmoq, to’satdan kelmoq, birga ko’rmoq birikmalari ham shaklan boshqaruv bo’lsa-da, aslida bitishuv aloqasidir. Chunki bu erdagi kelishik shakllaridagi so’zlar shu shaklda ravishga ko’chgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |