SAVOLLARGA JAVOB BERING
1.Ajratilgan hol bo‘laklarning gapdagi xizmati, aytilishi va yozilishi haqida
gapiring.
2. Ajratilgan to‘ldiruvchi qanday xususiyatlarga ega?
3. Ajratilgan aniqlovchi qaysi maqsadlarda qo‘llanadi?
4. Ajratilgan izohlovchini tavsiflang.
MAVZU YUZASIDAN TESTLAR
1.Biz - yoshlar - yurtimiz kelajagimiz.
Ushbu gap haqida berilgan tog‘ri hukmlarni aniqlang.
ajratilgan bo‘lak egaga tegishli
sodda ot kesim bilan shakllangan
gapdagi qaralmish belgisiz qo’llangan
kesim tarkibida egalik qo‘shimchalari ishtirok etgan
A) 1,2,4 B) 1, 2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4
2.To‘ldiruvchi ajratilgan gapni belgilang.
U kitoblar orasidan taxlanib yotgan varaqni, bir paytlar yozgan qaydlarini, topib oldi.
Mashina yo‘l chetida, shundoq choyxona oldida, to‘xtadi.
Biz, yoshlar, yurtimizning qanotimiz.
Bolani cholning, soch-soqoldan iborat basharaning, ko‘zlari qo‘rqitib yubordi.
3.Kirish so‘z qatnashgan ajratilgan bo‘lakli gapni toping.
Bu ariqlarning suvlari allaqachon, aniqrog‘i, bundan to‘rt yillarcha oldin qurib qolgandi.
Bilimsiz odam hech narsaga erisha olmaydi, aksincha, hayotda yutqazadi.
Ayniqsa, hech narsa o‘qimaydigan, johil kimsalar faqat bugunini o‘ylaydilar.
O‘z hollariga qo‘yib berishganda, bu yerlarga majburan ko‘chirib kelishmaganda, qanday soz bo‘lardi-ya!
4.Ajratilgan ikkinchi darajali bo‘lak mavjud bo‘lmagan gapni belgilang.
Ayniqsa, hech narsa o‘qimaydigan, johil kimsalar faqat bugunini o‘ylab, hayotdan orqada qoladilar.
Bu ariqlarning suvlari allaqachon, aniqrog‘i, bundan to‘rt yillarcha oldin qurib qolgandi.
To‘g‘ri, endi uni - o‘ng qo‘limni oz-oz ishlatayapman-u, ammo tuzukroq ishga yaramaydi.
O‘z hollariga qo‘yib berishganda, bu yerlarga majburan ko‘chirib kelishmaganda, qanday soz bo‘lardi-ya!
5.Ajratilgan bo‘lakli gaplar haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
Ajratilgan bo‘laklar qatnashgan gaplar mazmunan murakkablashadi.
Gapning asosiy qismi ifodalagan axborotga ajratilgan bo‘lakdan anglashilgan qo‘shimcha axborot qo‘shiladi.
Ajratilgan bo‘lak alohida tushunchani ifodalaydi.
Ajratilgan bo‘laklar bir tushunchaning ikkita nomini ifodalaydi.
6.Ajratilgan bo‘lak qatnashgan barcha gaplarni aniqlang.
U do‘stim "Nima bo‘ldi ekan?" deb o‘ylamadi ham, tushib qaramadi ham.
Manzura dasturxon yozib mezbonni, ukasini, yana o‘n daqiqa kutdi.
Men bor joyda senga, chaqimchi bir insonga, nima bor?
Suvori ekansan - zahmating ezgu,
Zamona Barchini - mehnatkash, dildor.
1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
Do'stlaringiz bilan baham: |