SANDRUSH Sandrush qadimgi turkiy tilda “tortishuv” ma’nosini beradi. “Devonu lug’otit turk”da sandrushga misol bo’la oladigan she’rlar keltirilgan. Bu she’r hozirgi adabiyotshunosligimizda “Qish va yoz” munozarasi nomi bilan yuritilgan. Ushbu sandrushda tortishishga kirishgan ikki predmet o’z xususiyatlarini maqtaydilar, o’zgasining qiliqlarini fosh etadilar. Ikki faslning majoziylik xususiyati hayotdagi ma’lum tabaqa yoki shaxslarning qiyofasini umumlashtiradi. Qish – yomonlik, Yoz – yaxshilik timsoliga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |