Albatta, bu she’rni ruboiy deb bo’lmaydi. Chunki she’rning axloqiy-ta’limiy ruhi ruboiyni eslatsa-da, qofiya, vazn xususiyati bu janr talabiga javob bermaydi. Ruboiyning qofiyalanish tizimi a-a-b-a, a-a-a-a shaklida bo’ladi. Bu to’rtlikda qofiya a-a-a-b tarzida kelgan. Aruz vazni talabiga ko’ra ruboiylar hazaj bahrining axram va axrab vaznida yozilishi kerak. Yuqoridagi she’r shakl jihatidan to’rt misra, ya’ni ruboiy shaklida bo’lsa-da, vazn jihatidan barmoq vaznida yozilgandir. Har bir misradagi o’juk (bo’g’in)lar soni 8 ta, turoqlanish tartibi 3 +2+3= 8 dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |