QOSHUG’ Qoshug’– she’r, qasida, qo’shiq janrlarining ma’nosini umumlashtirgan. Devonda qo’shildi so’ziga izoh berilar ekan, ir qo’shildi iborasi keltiriladi. Buning ma’nosi she’r aytildi, qo’shiq to’qildi iboralariga to’g’ri keladi. Professor S.Мutallibov shu o’rinda qo’shug’ haqida fikr yuritar ekan, “Qoshuq so’zining asl ma’nosi bir so’zning boshqa so’zlarga qo’shilishi, ma’lum bir vazn talab qilgan miqdordagi so’zlar qo’shilmasi – tizmasi” deb yozadi. Demak, she’riy yo’lda yozilgan asarlarga nisbatan qo’shiq atamasining qo’llanishi shu ta’rifga mos tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |