Quyidagi to’rtlikda shunday ma’no, ya’ni qo’shiq atamasi she’riy usulda bitilgan xabar mazmunini ifodalagan. Turkan qatun qutinga, Tegur mendin qo’shig’. Ayg’il sizning tabug’chi, O’tnur yangi tabug’. I. 357 Mazmuni: Turkan xotin qoshiga, Мendan yetkur she’r. Xizmatga xodimingiz, Rost, deb payom ber. Qadimgi turkiy adabiyotshunoslikda she’riy asarlarni qo’shiq deb nomlash natijasidirki, professor B.To’xliyev ham “O’zbek adabiyoti” (9-sinf) darsligida “Devonu lug’otit turk”dagi barcha she’riy parchalarni “Qadimgi qo’shiqlar” nomi bilan umumlashtiradi. Albatta, qadimgi adabiyotshunoslikdagi qarashlar nuqtai nazaridan bu ta’rif to’g’ridir. Shu bilan birga she’riy asarning kuyga solib ijro etilishi ham qadimgi turkiylarda qo’shiq nomi bilan yuritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |