Uchinchi parda. Birinchi ko‛rinish. Pеtеrburgdagi oqsuyaklar uylarining birida bal bo‛lyapti. Taklif qilinganlar orasida urush vеtеrani knyaz Grеmin shu еrda eski do‛sti Onеginni uchratib qoladi. Chеt eldan yaqinda qaytgan Onеgin Grеminning Tatyanaga uylanganini bilmaydi. Knyaz Grеmin do‛stiga xotinini tanishtiradi. Onеgin xayratda. Uning qarshisida o‛z qadr-qimmatini bilgan go‛zal ayol turardi. Endi, Tatyana oldingi sodda tarbiyaga muhtoj bo‛lgan qiz emas. Onеginni tuyg‛ulari jumbushga kеladi.
Ikkinchi ko‛rinish. Onеgin Tatyana bilan uchrashishga ko‛p bora harakat qildi, sеvgi xatlari yozdi. Javob bo‛lmagach, Onеgin Tatyanani uyiga borib, uni Onеginning xatlari ustida yig‛lab o‛tirgan holatda topadi. Xayajonli Onеgin Tatyana qarshisida tiz cho‛kib, unga o‛zining sеvgisini izxor etadi. Ammo, Tatyana «Mеn o‛zgaga tеgishliman, mеning taqdirim hal bo‛lgan, unga bir umr sodiqman» dеydi.
P.I.Chaykovskiy bu opеrasida qaxramonlarining psixologik kayfiyatini ko‛rsatishida ularning ichki dramatik iztiroblariga diqqat qaratdi. Musiqiy obrazlarni dinamikada ochib borishi, mavzularni uzluksiz rivojlanishi va yangilanib borishida musiqasining simfonizmligini ifoda etadi. Har bir qaxramonlarning obrazlari o‛ziga xos intonatsiyalar yig‛indisi yordamida ta'riflanadi.
2.3. P.I.Chaykovskiy baletlari
P.I.Chaykovskiy dahosiga musiqaning nozik tovlanishlarini chuqur his eta olish xos bo'lib, u yaratgan opera, simfoniya va romanslarda raqs ritmlari muhim ahamiyat kasb etadi. P.I.Chaykovskiy baletlari rus klassik baleti tarixini ochib beradi. Unga qadar balet janrida musiqa yordamchi ahamiyatga ega edi. Uning baletlarida esa musiqa bilan raqs aynan yaxlitlikda asar mazmunining ifodasini ochishga xizmat qiladi.
P.I.Chaykovskiy yaratgan baletlar - asl dramatik asarlardir. Har bir raqs faqat musiqa bilan, ular orasidagi orkestr epizodlari esa bir-biri bilan mexanik tarzdagina emas, balki mazmun mohiyatiga ko'ra ham bog'langan. P.I.Chaykovskiy baletda mavjud bo'lgan an'analarni buzmagan holda, musiqaning mohiyatini tubdan o'zgartiradi. Kompozitor balet janriga yangilik kiritadi, ya'ni baletga dasturli simfonik asar sifatida yondoshadi. U an'anaga aylangan «mumtoz baletning divertisment turini uzluksiz simfonik rivojlanish bilan boyitib» qayta shakllantirdi, ya'ni baletni simfoniyalashtirish bobida islohot o'tkazdi. «Axir, balet - simfoniyaning o'zi-ku»,-deb yozgan edi kompozitor. To'g'ridan-to'g'ri musiqiy rivojlanish, yorqin individual xarakter, leytmotivga egalik, yaxlitlik kabi opera hamda simfoniyaga xos bo'lgan dramatik tamoyillar baletga ham olib kirildi.
P.I.Chaykovskiyning fikricha, operaning mazmunini haqiqiylik va haqqoniylik tashkil etadigan bo'lsa, balet mazmuni ertak va sehrli uydirmalardan iborat bo'lishi zarur edi. P.I.Chaykovskiy «Oqqush ko'li», «Uyqudagi go'zal», «Qarsildoq» baletlarini yaratgan. Ularning barchasida ertakka xos syujetlar mavjud. «Oqqush ko'li» nomli birinchi balet teatr arbobi Begichev hamda xoreograf Gelser tomonidan 1877-yilda sahnalashtiriladi.
Monumental xoreografik simfoniyaning namunasi bo'lgan «Uyqudagi go'zal» nomli ikkinchi balet SH.Perro ertagi asosida 1889 yilda, «Qarsildoq» nomli uchinchi balet 1892-yilda Gofman ertagi asosida yozilgan. Barcha baletlarni yovuzlik ustidan ezgulikning muqarrar g'alaba qozonishi haqidagi yagona g'oya birlashtirib turadi.
Pyotr Ilyich Chaykovskiy barcha zamonlarning eng buyuk rus bastakorlaridan biri bo'lgan. U eng mashhur baletlarning uchta eng mashhur klassik baletlari uchun musiqani yozdi:
Swan Leyk : Avvaliga 1877 yilda Swan Leyk P.I.Chaykovskiyning birinchi balet bahosiga aylandi. Balet boshida muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lsa-da, u bugungi kunda barcha baletlarning eng mashhurlaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |