Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Boshlang’ich ta’lim



Download 46,71 Kb.
bet5/14
Sana07.04.2022
Hajmi46,71 Kb.
#533680
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ttttt

Ta'limning tarixiy xususiyatlari. Ta'lim mazmuni tarixiy xususiyatga ega, chunki u jamiyat rivojining u yoki bu bosqichida ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy maqsad va vazifalar bilan bеlgilanadi. Bu ta'lim mazmunining ijtimoiy hayot, ishlab chiharish va ilmiy bilimlarning rivojlanish darajasi talablari ta'siri ostida o’zgarib borishini anglatadi. Ta'lim ijtimoiy hodisa sifatida odamlarning bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan pragmatik (amaliy) ehtiyojlari negizida shakllangan va u odamlarga hayot faoliyatlarini yo’lga qo’yish uchun zarur. Bilimlarni to’plash va chuqurlashtirish, jamiyat madaniyatining o’sib borishi bilim tomonidan tashkil etiluvchi funktsiyalari ko’lamini oshishini ta'minlaydi. Mazkur yondashuvlar (pragmatik va madaniy) kishilik jamiyatining turli bosqichlarida ta'lim mazmuni yo’nalishlarni bеlgilab kеladi.
O’zbek pedagogi Abdulla Avloniy (1878-1934 yillar) o’zining «Turkiy guliston yoqud axloq» nomli asarida «... bilim bizning aqlimizni va bizninng xotiramizni qilich kabi o’tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot yo’lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir.... Bilimsiz odam bu mevasiz daraxtga o’xshaydi» - deb yozadi. Shu bilan bir vaqtda A.Avloniy fanni o’zlashtirishga faqatgina hayoliy amaliyoti uchun utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtai nazaridan yondoshish mumkin emas deb hisoblaydi. U hayot bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan bilimlar ham bor va ular amaliy bilimlardan kam bo’lmagan ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy faoliyatda foydalanib bo’lmaydi, lekin uni o’rganish kerak va foydalidir: uni (tarixni) bilish o’quvchilarning bilimlarini kengaytiradi, dunyoqarashni shakllantiradi.


Sharq mutafakkirlari va G’arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o’rni haqida. Jamiyat tomonidan o’qituvchi shaxsiga qo’yilayotgan talablar o’z davrida Sharq mutafakirlari hamda G’arb ma'rifatparvarlarining asarlarida o’z aksini topgan. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy hamda Abu Rayhon Beruniylar o’qituvchining ma'naviyaxloqiy jihatdan yetuk bo’lishlariga alohida ahamiyat qaratadilar. Ularning fikrlaricha, yaxshi o’qituvchi boshqalardan bir jihati bilan farq qiladi, ya'ni, u o’zi ega bo’lgan bilimlarni yoshlarga beminnat o’rgatadi, har bir ishda ularga namuna bo’la oladi.
Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida, o’qituvchi bolalarga ta'lim berishdek mas'uliyatli burchni bajarishi zarurligini uqtirar ekan, ularga faoliyatda muvoffaqiyatga erishish garovi bo’lgan quyidagi tavsiyalarni beradi:

  • bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish;


  • berilayotgan bilimning talabalar tomonidan o’zlashtirilishiga e'tiborni qaratish;


  • ta'limda turli shakl va metodlardan foydalanish;


  • talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;


  • fanga qiziqtira olishi;


  • berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;


  • bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;


  • har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishish.4




Alisher Navoiy o’z davrining ayrim maktabdorlari ega bo’lgan sifatlar, xususan, qattiqqo’llik, ta'magirlik va johilliklarni qoralar ekan, o’qituvchining ma'naviy qiyofasiga nisbatan jiddiy talablarni qo’yadi. Xususan, «mudarris kerakki, g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko’rgazmasa va olg’irlik uchun gap-
so’z va qavqo yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o’rin bo’lmasa. ...
Yaramasliklardan qo’rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o’zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo’lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir».5 Ayni o’rinda o’qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta'kidlab o’tadi: «Uning ishi odam qo’lidan kеlmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to’da bolaga ilm va adab o’rgatadi, ko’rkim bunga nima yetsin.
Shunisi ham borki, u to’dada fahm-farosati ozlar bo’ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo’ladi. har qanday bo’lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko’pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi.



Download 46,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish