Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

Kulliyot
– (arab. toʻla, butun) muayyan adibning toʻla yoki asosiy 
asarlar toʻplami. Kulliyot adib ijodida xarakterli ayrim janrlardagi 
asarlardan tuzilishi ham mumkin, Masalan, “Kulliyoti qasoyidi 
Xoqoniy”, (“Xoqoniy qasidalari kulliyoti”). Kulliyotga shoir yoki 
yozuvchining hamma asarlari kiritilgan boʻlishi ham, boʻlmasligi 
ham mumkin.
Alisher Navoiy merosini toʻliq va mukammal oʻrganishimizda 
shoir 
asarlarining 
qoʻlyozma 
nusxalarini 
topish 
hamda 
ommalashtirish muhim. H.Sulaymonov Istanbuldagi Toʻpqopi saroy 
kutubxonasida saqlanayotgan Darvesh Muhammad Toqiy tomonidan 
koʻchirilgan Navoiy kulliyotining tartibini shoir oʻzi tuzib chiqqan 
degan soʻzlarni qayd etadi.
108
Mazkur kulliyotda shoirning 27 asari 
jamlangan.
109
108
Сулаймонов Ҳамид. Алишер навоий куллиёти қўлёзмалари тадқиқотидан. Адабий 
мерос. Манба ва тадқиқотлар. –Т.

Фан

1973. – Б. 90. 
109
Қаранг

Истанбул. Фотих кутубхонаси. Алишер Навоий Куллиёти. Инвентар 
рақами 4056. Микрофилм. Архив № 483.
195


Har bir asar yangi sahifada alohida-alohida juda chiroyli naqshlar 
bilan bezatilgan maxsus ramkalarda “Kitobi Lison ut-tayr”, “Kitobi 
Layli va Majnun”, “Kitobi chor devon” kabi nomlangan. Navoiy 
kulliyotining ikkinchi sahifasida “Kitobi munojotnoma” alohida 
sahifadan boshlanib, hamd va na’t, munojotlar qizil rangda matn 
ichida berilgan.
Alisher Navoiyning lirik kulliyoti – “Hazoyin ul maoniy”ning 
tuzilgan yilini koʻrsatishda hozirga qadar har xilliklar va chalkash 
fikrlar mavjud. Aksariyat oʻrinlarda uni Navoiy 1492–1493-yillarda 
yoki shu yillar orasida tuzgan deyilsa, ba’zi oʻrinlarda bu lirik 
kulliyotning tuzilgan yili sanasi mutlaqo boshqacha koʻrsatiladi. 
Chunonchi, 
H.S.Sulaymonovning 
“Alisher Navoiy kulliyoti 
qoʻlyozmalari tadqiqotidan” nomli ilmiy maqolasiga ilova tariqasida 
tuzilgan “Alisher Navoiy qoʻlyozma kulliyotlarining qiyosiy 
jadvali”da “Xazoyin ul-maoniy”ning yaratilgan yili hijriy 896, 
milodiy 1490–1491-yillar, deb koʻrsatilgan. V.Zohidov, Hokim 
Homidiylar esa yana boshqacharoq sanani koʻrsatadilar. V.Zohidov 
“Navoiyning yana bir hayotnomasi” nomli maqolasida: “Navoiy 
Astroboddagi vaqtida juda qizgʻin va unumli ijodiy ish bilan ham 
mashgʻul boʻladi va natijada avvalgi yaratilgan she’rlarini qoʻshib, 
toʻrt devon – “Xazoyin ul maoniy”ni yaratadi” deb yozadi. Demak, 
olimning fikricha, “Xazoyin”ning tuzilishi tarixi 1487–1488- yillarga 
toʻgʻri keladi. Adabiyotshunos Hokim Homidiyning ham xulosasi 
shunga yaqinroq, ya’ni uning yozishicha: 1487-yilda Navoiy 
Astrobodga surgun qilinadi. U bu yerda oʻz she’rlarini yigʻib toʻrt 
devoni – “Xazoyin ul-maoniy”ni tuzishga kirishadi. Marhum 
navoiyshunos Olim Sharafuddinov ham: “Alisher “Xazoyin ul-
maoniy” yoki “Chor devon” nomi bilan shuhrat qozongan 
mukammal “Devon”ini Astroboddalik vaqtida tuzdi”, – degan fikrni 
bayon etgan edi. Shu olim tomonidan 1941-yilda tuzilgan “Oʻzbek 
adabiyoti tarixi xrestomatiyasi”da ham lirik kulliyotni Navoiy 
Astrobodda tuzgan, deb koʻrsatiladi. N.M.Mallayevning “Oʻzbek 
adabiyoti tarixi” darsligida kulliyotning tuzilgan davri 1491–1498-
yillar orasi deb koʻrsatilgan. Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasining 1-
tomida ham kulliyotni 1491–1498-yillar orasida tuzilgan, deyilsa, 
12-tomidagi “Xazoyin ul maoniy” ga bagʻishlangan oʻrinda: “Alisher 
Navoiy asari 1491–1496-yillarda tartib berilgan”, deb qayd etilgan. 
196


“Xazoyin ul maoniy”ning tuzilgan yili deb 1492–1498-yillar 
sanasini koʻrsatuvchi mualliflar fikri xususida, avvalo bir narsani 
alohida qayd etish joiz koʻrinadi. Ularning ba’zilari kulliyotni 
Navoiy 1492–1498-yillarda tuzdi, deb yozsa, ba’zilari ana shu yillar 
orasida tuzdi, degan fikrni aytadilar, yana birlari esa 1492–1498-
yillar oʻrtasida Navoiy “Xazoyin ul maoniy” kitobini tuzdi, deb 
yozadilar. Bu aytilganlardan esa turlicha xulosaga kelish mumkin, 
ya’ni kulliyot 1492– 1498-yillarda tuzilgan deyilishiga koʻra, uni 
tuzish olti yil davom etgan boʻlib chiqadi; shu yillar orasida tuzilgan 
deyilganda devon ana shu olti yilning birida tuzilgan boʻladi, lekin u 
qaysi yil ekanligi noma’lum. “Xazoyin”ni shoir 1492–1498-yillar 
oʻrtasida tuzdi deyilishiga kelsak, bunda 1495-yil tushuniladi va 
demakki, 1492–1498-yillar oʻrtasida deyish oʻrniga 1495-yil 
deyilaversa boʻlar edi. 
Demak, Navoiy 1491–1498-yillar mobaynida jami toʻrt 
devondan iborat “Xazoyin ul maoniy” lirik kulliyotini tuzdi, 
deyuvchilarning fikriga koʻra, bu ish 6–7 yil davom etgan, degan 
xulosa kelib chiqadi. Bu esa, bizningcha, haqiqatdan yiroqroq 
koʻrinadi. Negaki, juda qisqa bir muddatda, ikki yildan ziyodroq vaqt 
ichida 51 ming misradan iborat besh doston – “Xamsa” asarini 
yaratgan Navoiy tayyor she’rlardan toʻrt devon tuzishga 6–7 yil 
sarflamagan boʻlsa kerak. Taniqli navoiyshunoslarimiz toʻgʻri qayd 
etganlaridek, “Navoiyning yuksak shaxsiy fazilatlaridan biri 
mehnatsevarligi, doim oʻz ustida, ijodiy rejalarini amalga oshirish 
ustida tinmay ishlashi edi. U biron asarini uzoq muddat davomida 
yozmagan. Qaysi asarini yozishga boshlasa, tez yozib tugallagan”. 
Navoiy lirik kulliyotini 1491- yoki 1492–1498-yillar orasida 
yaratgan desak, ana shu 6–7 yilning qaysi birida bu ish amalga 
oshirib boʻlingan, degan savol koʻndalang boʻladi. 


Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish