Ажиниёз номидаги Нукус Давлат педогигика институти


n - aylanishlar chastotasi (soni); -



Download 0,61 Mb.
bet9/10
Sana18.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#451410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hurliman

n - aylanishlar chastotasi (soni);
- birinchi tsilindrning massa markazidan aylanish o`qigacha bo`lgan masofa;
- ikkinchi tsilindrning massa markazidan aylanish o`qigacha bo`lgan masofa;
O`zaro ta`sirdagi bu ikki jismning tezlanishlarining nisbati hamma vaqt o`zgarmas, ya`ni tajriba sharoitining o`zgarishiga bog`liq emas. Masalan, tsilindrlarning tezligini orttirish yoki kamaytirishga, tsilindrlarni o`zaro ta`sirini ta`minlovchi ipni uzaytish yoki qisqartirishga bog`liq emas, balki o`zaro ta`sirlashuvchi jismlarning hossasiga bog`liqligini tushuntirishimiz lozim. Bu xossa inertlik ekanini, hodisani anglatuvchi inertsiya atamasidan tubdan farq qilishini tushuntiramiz. Jismlarning o`zaro ta`siri davomida tezligini kam o`zgartirgani, ya`ni kichik tezlanish olgani inertroq. Inertlik atamasini tushunganliklarini sinash maqsadida o`quvchilardan misol aytishlari so`raladi. Agar bir xil aravachalar olib, biriga yuk qo`ysaq, ikkinchisi yuksiz holda o`zaro ta`sirlashtirilsa, yukli aravacha yuksiz aravachaga qaraganda o`zaro ta`sir davomida tezligini kam o`zgartiradi, ya`ni tezlanishi kichik bo`ladi. Bunday jism inertroq deyiladi, degan xulosaga kelishlari mumkin. Inertlikni ifodalaydigan fizik kattalik massa deb so`zimizni davom ettiramiz. O`zaro ta`sirlashuvchi jismlarning tezlanishlarini modullarini nisbati ularning massalarining teskari qiymatlari nisbatiga teng:

Jism massasini aniqlash usullaridan biri, ya`ni “solishtirish” usuli:
yoki bir birlik massa.
Kuch tushunchasini kiritish uchun bir jismga boshqa jism ta`sir qilganda tezlikning o`zgarishi yoki jism deformatsiyalanishi o`quvchilarga eslatiladi. Bundan xulosa: kuch jism tezligini o`zgartiruvchi yoki deformatsiyani sababchisi ekan. Lekin bu fizik kattalik qanday qilib o`lchanadi? Buning uchun turli xil massali jismlarga bir xil kuch bilan ta`sir qilamiz. Bunday maqsadda faqat elastiklik, ya`ni deformatsiyalangan prujinaning kuchidan foydalanish mumkin.
Taxtacha (reyka) o`rnatilgan aylanuvchi diskni olamiz (3-rasm).

Taxtacha bo`ylab ikki xil (250 g., 500 g.) massali g`altaklar harakatlana oladi. G`altaklarni navbat bilan prujina yoki elastik tasmaga biriktirib, diskni aylantiramiz-ki, har ikki holda ham prujina yoki elastik tasma bir xil uzaysin. Bunday harakat vaqtida g`altaklar markazga intilma tezlanish oladilar:



Vaqt birligidagi aylanishlar soni (n), t vaqtdagi aylanishlar soni N ni aniqlash orqali topiladi:
; .
Radius, ya`ni g`ildiraklarning disk markazidan uzoqligi o`lchanadi. Har ikki g`ildiraklarning tezlanishlari aniqlangach, ularning modullarining nisbati massalarining teskari qiymati nisbatiga teng ekanligi ma`lum bo`ladi:
.
Bundan bu jismlar uchun massalarning tezlanishga ko`paytmasi ma o`zgarmas bo`lishi kelib chiqadi:
Bir xil F kuch ta`sirida tezlanish olayotgan turli jismlar uchun ma o`zgarmasdir. Bu kattalik kuchning ta`sirini o`lchami hisoblanadi:
Aylanuvchi disk yordamidagi tajribalardan ko`rinib turibdi-ki, tezlanish va kuch (prujinaning o`qi bo`ylab) bir tomonga yo`nalgan. Shuning uchun tenglamani vektor ko`rinishida tubandagidek ifodalaymiz: .
Oxirgi ifoda mexanika bo`limidagi barcha kuchlar uchun o`rinli bo`lib, N`yutonning II qonunini bildiradi deb tajribadan xulosa chiqariladi: turli xil jismlarga ta`sir etuvchi bir xil kuch, ularga shunday tezlanish beradi-ki, bu tezlanishlarni jism massalariga ko`paytmasi bir xil bo`ladi. So`ng kuchga ta`rif beriladi.
Kuch - vektor kattalik, tezlanish yo`nalgan tomonga yo`nalgan, bir jismning ikkinchi jismga ta`siri, bu ta`sir natijasida jism tezligini o`zgartiradi yoki deformatsiyalanadi, jism massasi bilan tezlanishining ko`paytmasi orqali ifodalanadi.
Kuchning halqaro birliklar sistemasidagi birligi ham shu formula orqali tushuntiriladi. Agar bir jism ikkinchi bir jismga ta`sir qilsa, bu jismning o`zi ham ikkinchi jism tomonidan ta`sirlanadi. Bu ta`sirlarni ifodalovchi kuchlar modul jihatidan bir-biriga teng, bir to`g`ri chiziq bo`ylab, qarama-qarshi tomonga yo`nalgan, ammo tabiatlari bir xil deb o`quvchilarga tushuntiramiz:
, bunda
va lar bir to`g`ri chiziq bo`ylab qarama-qarshi tomonga yo`nalgan. Shuning uchun,
bo`ladi.
Bu N`yutonning uchinchi qonunini ifodalaydi, uni tushuntirish uchun darslikda keltirilgan demonstratsion tajribadan foydalanamiz (4-rasm).

Rel`sga o`rnatilgan ikkita bir xil aravacha. Aravachalardan biriga elastik chizg`ich egilib uchlari ip bilan bog`langan. Chizg`ichni egib ikkinchi aravachaga tegib turadigan holatda aravachalar ip bilan bog`lanadi. O`quvchilarga ko`rinadigan qilib aravachalar o`rtaga joylash-tirilgach, ip yoqib yuboriladi. O`quvchilar har ikki aravachani bir xil harakatlanib, deyarli bir xil masofaga borib qolganini ko`radilar. Demak massalari bir xil bo`lgan aravachalar o`zaro ta`sir natijasida modul jihatidan bir xil tezlanish oldilar. m massali aravachalarning bir-biriga ta`siri natijasida moduli bir xil, yo`nalishi qarama-qarshi tezlanish olganlari bu jismlar orasida o`zaro ta`sir kuchini borligini bildiradi.

Bu kuchlar ikki jismga qo`yilgan. Shuning uchun bir-birlarini kompensatsiyalay olmaydilar. Masalan, stol ustida po`lat shar turgan bo`lsa (5-rasm), shar stolga kuch bilan ta`sir qilsa, stol sharga kuch bilan ta`sir qiladi. Bu kuchlarning tabiati bir xil deganimiz agar bir jism ikkinchisiga elastiklik kuchi bilan ta`sir qilsa, ikkinchisi ham birinchisiga shunday kuch bilan ta`sir qiladi.
ekanini ikki dinamometr yordamida ham kuzatish mumkin.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish