3. Iste’mol byudjetlarining mohiyati va turlari.
Yashash minimumi va iste’mol
savati
Daromadlar darajasini oshirish muammolarini hal etishda iste’mol byudjeti
asosida aholini minimal daromad bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Iste’mol byudjeti moddiy va ma’naviy ne’matlar va xizmatlar iste’moli
salmog’i va tarkibining qiymati bahosi hamda soliqlardan iborat.
Ehtiyojni
qondirish darajasiga qarab, moddiy ta’minlanganlik minimumi, rasional va elitar
iste’mol byudjetlari mavjud. Ular aholining quyi, o’rta va yuqori (juda yuqori)
daromadli guruhlariga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, haqiqiy va me’yoriy
byudjetlar ham mavjud, me’yoriy byudjetlar daromadlar siyosatining ijtimoiy
normativlaridan biridir.
Iste’mol byudjeti faqat aholi guruhlari uchun emas, balki mamlakat
hududlari uchun ham belgilanishi mumkin. Bunda hisob-kitobning turli xillaridan
foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |