Aholining ish bilan bandligini va ishsizlikning nazariy asoslari


Mamlakat aholisini ishsizlikdan himoyalash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish



Download 1,07 Mb.
bet13/17
Sana18.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#499970
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
ccc

2.2 Mamlakat aholisini ishsizlikdan himoyalash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish
Davlat doimiy ravishda fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida bir qancha siyosatlarni amalga oshiradi. Birinchidan: ishsizlikning friksion va tarkibiy turlari o‘sganda:
-qaytadan kasb o‘rgatadi; ta’lim berish tizimini kengaytiradi; bo‘sh ish joylari haqidagi axborotni keng tarqatadi; mehnat birjalariga investitsiyalarni ko‘paytiradi.
Ikkinchidan, agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat budjet, fiskal, kredit-pul vositalarini ishga soladi, ya’ni: -ish bilan ta’minlashni kuchaytiradi; tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun ssuda hamda kreditorlarning foiz stavkalarini pasaytiradi; ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi.
Uchinchidan, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solishda:
-aholi soni, yosh va jinsining salmog‘idagi o‘zgarishlarga; ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o‘zgarishlariga; qo‘shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlariga; ishlab chiqarish hajmiga, uning o‘sish sur’atiga, ishlab chiqarish tarkibiga; ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida e’tibor beradi.
Ishsizlikni kamaytirishning eng asosiy iqtisodiy tadbirlaridan biri xalq xo‘jaligi tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bu esa ishlab chiqarishning va xizmat ko‘rsatishning miqyosini oshirishga qaratilgan bo‘lishi darkor.
Bunga esa, mehnat unumdorligini oshirish, ish joylarining moddiy texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash, yangi noqishloq xo‘jaligi mehnati zonalarini tashkil etish, ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlovchilar moddiy manfaatdorligini oshirish va oqilona soliqlar orqali erishish mumkin.
Respublikamizda iqtisodiy islohotlar boshlangan davrdanoq mamlakatimizda eng dolzarb bo‘lgan muammo – aholini ish bilan bandligini ta’minlash va ishsizlik darajasini kamaytirish masalasiga katta e’tibor qaratila boshlandi. Mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Shu bilan birga ularni hayotga tadbiq etish uchun qonuniy va meyeriy asoslar yaratish zaruriyatidan kelib chiqib, shunday asoslarni shakllantirish borasida qonunchilik faoliyati olib borildi. 1992 yilning 1 yanvarida qabul qilingan «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni shunday faoliyat natijalaridan biri bo‘ldi. 1998 yilda esa ushbu Qonunning yangi taxriri qabul qilindi va o‘tgan davrlar mobaynida unga ba’zi bir o‘zgartirishlar kiritildi.
«Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni mamlakatda ish bilan bandlikni tartibga solishda va ishsizlik masalalarini hal etishda, qo‘llaniladigan eng asosiy qonuniy xujjat bo‘lib hisoblanadi.
Bundan tashqari respublikada qabul qilingan qator farmonlar, hukumat qarorlari, turli dasturlar mana shu dolzarb muammoni hal etishga qaratilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, mamlakatda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar respublikada ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu sohada yuksak natijalarga erishgan mamlakatlar, jumladan Shvetsiyaning tajribasini ijobiy tomonlarini qo‘llagan holda, O‘zbekiston mehnat bozorida faol siyosat olib borilmoqda. Bunda ishsizlarga ishsizlik nafaqasi to‘lab, ularni ijtimoiy himoya qilish bilan bir qatorda, ko‘proq ish o‘rinlari yaratib, mamlakat fuqarolariga daromad olish va uni oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yilning 5 yanvarida e’lon qilingan «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kuchaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu Farmonga muvofiq bunday faoliyat turi, ya’ni kasanachilik bilan shug‘ullanuvchilar mehnati yuridik maqomga ega bo‘ldi. Yuqoridagi farmon asosida bu faoliyat turini jamiyatning har bir a’zosi manfaatiga xizmat qildirish imkoniyati yuzaga keldi. Eng avvalo, uy xo‘jaligi ishi bilan bog‘liq bo‘lgan bu faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchilar farmon asosida tegishli tartibda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar olish va pensiyaga chiqish uchun ish staji bilan ta’minlanadilar. Shuningdek, farmonda kasanachilar bilan korporatsiya asosida hamkorlik qiluvchi sanoat korxonalari faoliyatida ham bir qator imtiyozlar berish ko‘zda tutilgan. Korxona tomonidan kasanachiga foydalanish uchun berilgan asbob-uskunalar, inventarlarning ulardan foydalanish davrida mulk solig‘idan, kasanachilarga buyurtma beradigan korxonalarning kelasi oydan boshlab mehnat shartnomasi asosida kasanachilarga to‘laydigan mablag‘ bilan teng miqdorda mehnatga xaq to‘lash fondidan to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lovdan ozod etilishi ana shu imtiyozlar jumlasiga kiradi. Shunga alohida e’tibor berish kerak bo‘ladiki, faqatgina O‘zbekistonga xos bo‘lgan mahalla, mahalla bo‘lib yashash tarzi kasanachilikni rivojlantirish va takomillashtirish uchun katta imkoniyatlar ochadi. Qanchadan-qancha xotin qizlar uy bekalari xonadon sharoitida zardo‘zlik, kashtachilik bilan shug‘ullanmoqdalar.
Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoatining asosiy mahsulotlariga talab va taklifga asosan istiqbol ko‘rsatkichlarini belgilash, kichik yoshdagi bolalari bo‘lgan va ko‘p bolali onalarni, nafaqaxo‘r va nogironlarni kafolatlashtirilgan ish joylari bilan ta’minlash hamda turli ijtimoiy – iqtisodiy imtiyozlar berish orqali ularning moddiy manfaatdorligini oshirishni hamda ish bilan ta’minlanishini yaxshilashga erishish kiradi.
Binobarin, kasanachilik to‘g‘risidagi farmonda ta’kidlanganidek, «Ish bilan band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish, oila budjeti daromadlarini ko‘paytirish, uy mehnatidan foydalangan holda butlovchi qismlar, tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqish va ba’zi bir xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish orqali yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati samaradorlilikni oshirish maqsadida kasanachilikni rivojlantirish asosiy vazifalar hisoblanadi».
Shuni ta’kidlash kerakki, Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish korxonalar, ya’ni ish beruvchilar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki, kasanachi mehnatini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar – zarur bo‘lgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarni kasanachiga berish va yetkazish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashib ketish ish beruvchilar zimmasiga yuklatilgan. Bundan tashqari, kasanachilar bilan tuziladigan shartnomada ishlarni bajarish uchun ularni zarur asbob – uskunalar, jihoz hamda kerakli inventarlar bilan ta’minlashi ham ko‘zda tutilgan. Demak, mehnat faoliyatining bunday turini keng qo‘llash uchun, korxonalarning ham moddiy-texnika ta’minoti yuksak darajada bo‘lishi lozim.
Farmonda kasanachilarni majburiy tarzda texnika xavfsizligiga o‘qishish ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida kasanachilarni o‘qitish uchun zarur bazani yaratishni taqozo etadi. Ayni paytda kasanachilikni rivojlantirish korxonalarda yangi ish joylarni yaratish uchun sarflanadigan mablag‘larni tejash imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida tejalgan mablag‘larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirish, ishchi xodimlar mahnatiga to‘lanadigan ish haqini oshirish, turli ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish korxonalar faoliyatining samaradorligini oshishi uchun zamin yaratilishi bilan bir qatorda, mamlakatda iqtisodiy o‘sishni yuqori darajada ta’minlash uchun ham imkoniyat yaratadi.
Mehnat resurslari bilan yuqori darajada ta’minlangan, ayniqsa uning qishloq joylarida kasanachilik mehnatidan foydalanish, bunday mehnatning turlarini kengaytirish dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi. Chunki Farmonda asosan yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilik mehnatining kooperatsiyasi aloqalari to‘g‘risida so‘z boradi. Ta’kidlash joizki, yirik sanoat korxonalari asosan katta shaharlarda joylashgan. Bunday xolat Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ma’lum darajada cheklab qo‘yadi. Shuning uchun ham qishloq joylarida ko‘proq xalq xunarmandchiligi an’analarini tiklash, fermer xo‘jaliklari imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Fargona viloyatida bunday imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ulardan foydalanish ishsizlik darajasini kamaytirish, aholining daromadlarini oshirish va natijada turmush darajasini yuksaltirish uchun asos yaratadi.
Aholini ish bilan ta’minlash uning takror ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir. Chunki kishilarning turmush darajasi, jamiyatning kadrlar tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini yashirish, ishga joylashtirish, ishsizlarni moddiy jihatdan qo‘llab - quvvatlash uchun sarf qiladigan chiqimlar aholini ish bilan ta’minlanishiga bog‘liqdir. Ish bilan bandlik inson ijtimoiy kamolotining eng muhim tomonlaridan birini ochib beradiki, bu uning mehnat sohasidagi va mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga aloqadordir.
Ish bilan ta’minlash munosabatlari iqtisodiy, demografik va ijtimoiy jarayonlar mazmunining o‘zaro aloqadorligi orqali shakllanadi. Uning iqtisodiy mazmuni – xodim uchun o‘z mehnati bilan o‘ziga munosib tarzda yashashni ta’minlash, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishiga yordam berish imkoniyatida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy mazmun – shaxsning tarkib topishi va rivojlanishida ifodalanadi. Demografik mazmuni – ish bilan ta’minlash aholining yosh va jinsiy xususiyatlari, uning tarkibi va boshqalar bilan bog‘liqligida o‘zini aks ettiradi.
Iqtisodiy siyosat quyidagi uch asosiy maqsadga erishishni nazarda tutadi:
- tarkibiy qayta qurishni rag‘batlantirish va bo‘shab qolgan xodimlarni qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish;
-ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik bilan jalb qilish;
- ish qidirayotganlarning har birini ish bilan ta’min etish.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston mehnat bozorida bir qator yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ular aholi bandligi davlat xizmatiga taalluqlidir.
Bu xizmatlarning asosiy vazifasi mehnat bozori haqidagi axborotni tarqatish, hisobiga mehnat bozorining faoliyat ko‘rsatishi samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Bandlikka ko‘maklashish markazlari ishsizlarning bo‘sh ish o‘rinlari qidirishlariga, tadbirkorlarning xodimlar qidirishlariga sarf etiladigan vaqtni qisqartirishni ta’minlaydi, ikkinchidan, ish beruvchilarning o‘z talablariga eng ko‘p darajada mos keladigan xodimlar yollashiga yordam beradi, xodimlarga esa mehnat sharoitlari va ish haqi darajasi muvofiq keladigan ish joyini topishlariga imkon beradi.
Bundan tashqari, ish bilan bandlik xizmati vazifalariga quyidagilar kiradi: ish qidiruvchilarga kasblar bo‘yicha maslahatlar berish va ishsizlarni yangi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish; nogironlar, yoshlar, harbiy xizmatdan bo‘shab kelgan yoshlar va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoya qilinishga muhtoj bo‘lgan boshqa guruhlari uchun ish joylarini band qilib qo‘yish; ish kuchini hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash; oddiy yo‘l bilan ishga kira olmaydigan fuqarolarning (ko‘p bolali va yolg‘iz ota-onalarning) ish bilan bandligiga ko‘maklashish uchun ish o‘rinlarini qo‘llab-quvvatlash; ishsizlarning tadbirkorlik va mustaqil faoliyati bilan shug‘ullanishlariga yordam ko‘rsatish; ommaviy ishdan bo‘shatishlarni to‘xtatib qolish uchun kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish.
Ish bilan bandlik xizmati ishining asosiy tamoyillari xalqaro tajribaga mos keladi. Masalan, aholining ish bilan bandligi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra davlat fuqarolariga o‘zlari uchun mos keladigan ish tanlashda va ishga joylashda bepul yordam ko‘rsatadi, ishsizlarga bepul ta’lim olish imkoniyati yaratib beriladi, yangi kasbga o‘qiyotgan vaqtda stipendiya to‘lanadi, haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoni beriladi, ishsiz fuqarolar daromadlarini qo‘llab-quvvatlash siyosati amalga oshiriladi.
Ish bilan bandlik xizmati murojaat qilgan mehnatkashlarga va ish beruvchilarga ishga ega bo‘lish imkoniyati haqida va ish kuchi bilan ta’minlash to‘g‘risida, biror kasb egallashni istaydigan fuqarolarga qo‘yiladigan talablar haqida axborotlar beriladi; fuqarolarning o‘zlariga mos keladigan ish topishlarida, ish beruvchilarga esa zarur xodimlar tanlashda ko‘maklashadi. Ish bilan bandlik xizmati ish beruvchilarga yoshlar, nogironlar, yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalar uchun ish o‘rinlari saqlash va yaratish dasturlarini qo‘llab-quvvatlashni kafolatlaydi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlardagi ishga joylashtirish byurolari kabi respublika ish bilan bandlik xizmati organlari ish o‘rinlarini taklif qilish va ish kuchiga bo‘lgan talab va taklif to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni, axborot materiallarini e’lon qilib borishni ta’minlaydilar.
Kasb tayyorgarligi va qayta tayyorlov mehnat bozoridagi faol siyosatning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi, chunki hozirgi dunyoda ishga ega bo‘lish istiqboli tez o‘zgarishlar va tarkibiy islohotlar bilan bog‘liq bo‘lib, inson kapitaliga qo‘yilgan mablag‘lar bilan yuqori sifatli ma’lumot va zamonaviy kasb egallashga yordam beradi, bular ishsiz bo‘lib qolishdan kafolatlaydi. Tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, yuqori malakali xodimlar uchun xos bo‘lgan ishsizlik malakasiz xodimlardagiga nisbatan 4—7 baravar kamdir.
Shuning uchun ham dunyodagi barcha mamlakatlarda ishsizlar va ishsiz qolish xavfi ostida turgan xodimlarning kasb tayyorgarligi va ularni qayta tayyorlashdan iborat turli-tuman dasturlar ishlab chiqilmoqda. Bunda mazkur dasturlar birinchi navbatda oldingi kasb malakasi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga, ishchi o‘rinlarining yangi kasbiy tuzilishiga javob bermaydigan kishilarga, shuningdek, aholining zaif himoyalangan qismiga (hozircha zarur kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan yoshlarga, mehnat bozoriga qaytishga qaror qilgan ayollarga; kasbga yo‘naltirishga ehtiyoj sezadigan nogironlar va boshqalarga) qaratilgan. Ko‘pincha ta’lim olish uchun nomzodlarni davlat ish bilan bandlik xizmati aniqlaydi.
Kasb tayyorgarligi va qayta tayyorlov dasturlari davlat, tadbirkorlar va kasaba uyushmalarining ishtirokida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bu dasturlarning bevosita tashkilotchisi ko‘pincha davlat ish bilan bandlik xizmati hisoblanadi, u markazlar va o‘quv kurslarining maxsus tashkil etilgan shaxobchalarda, shuningdek, o‘quv yurtlari yoki korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etadi; ta’lim oluvchilarga stipendiyalar to‘lanadi.
Ish bilan bandlik xizmati davlat manfaatlarini ko‘zlab ish olib boradi, ishsizlarning ta’lim olishi va qayta o‘qishini ularga mablag‘lar ajratish shaklida nafaqalar to‘lash orqali rag‘batlantiradi. Davlat korxonalar xodimlarining ta’lim olishi uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan soliqlarni olib tashlash orqali tadbirkorlarni ham rag‘batlantiradi.
Aholining ish bilan bandligi to‘g‘risidagi qonunda ishsiz fuqarolar ham ish bilan bandlik xizmati yo‘llanmasi bilan bepul kasb tanlash, kasb tayyorgarligi, qayta tayyorlash va malaka oshirish huquqiga egadirlar, deb ta’kidlangan. Mazkur huquqlar Qonunning boshqa moddalari va bandlarida ham kafolatlangan.
Mehnat bozoridagi faol siyosatning ana shu yo‘nalishini amalga oshirishdagi asosiy murakkablik iqtisodiyotning bo‘lajak kasb-malaka tuzilishi to‘g‘risida, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda kasb sohasidagi mehnatga bo‘lgan ehtiyoj qanday bo‘lishi haqidagi axborotning yetishmasligidadir. Yana bir muammo ishdan mahrum bo‘lgan shaxslarning kasbiy jihatdan qayta tayyorlanishga kam talab bildirishidir, chunki ular oldingi kasblari bo‘yicha ishga joylashishga umid qiladilar. Mehnat bozoridagi faol siyosatning mazkur yo‘nalishini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omil ish bilan bandlik xizmati faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashning cheklanganligi hamdir.
Mustaqil ish bilan bandlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash tizimi. Hozirgi vaqtda mehnat bozoridagi faol siyosatni amalga oshirish sohasidagi faoliyat doirasida mustaqil ish bilan bandlikni rivojlantirish, tadbirkorlik malakalarini o‘rgatish va kichik biznesni tashkil etishga ko‘maklashish dasturlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat bozoridagi siyosatning bu yo‘nalishi eng muhim ijtimoiy vazifani - yangicha mehnat dunyoqarashini shakllantirishdir.
Ishsizlar agar o‘zlarining mustaqil ishlarini tashkil etishni xohlasalar, ish bilan bandlik xizmatiga zarur asoslash bilan (biznes-reja bilan) loyihalar tanlovida ishtirok etish haqida ariza beradilar, bu yerda uning rejasini mutaxassislar ko‘rib chiqib, o‘z xulosalarini beradilar. Agar iltimos qondiriladigan bo‘lsa, u holda yangi tadbirkor uchun boshlang‘ich kapital sifatida unga muayyan muddatga beriladigan ishsizlik nafaqasining butun summasi xizmat qiladi va bir yo‘la to‘lanadi.
Ma’lumki, odamlarning faqat 3—5 foizida o‘z ishini tashkil etish va yuritishga mayl hamda qobiliyat bo‘ladi. Ana shundan kelib chiqib, ish bilan bandlik xizmatining vazifasi o‘ziga murojaat qilganlardan o‘z firmasini ochishi mumkin bo‘lganlarni tanlab olishdir. Ish bilan bandlik xizmatining yana bir vazifasi mustaqil mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishni istaydiganlarni o‘qitishdir. Bu kishilar ishga doir asosiy ko‘nikmalarni (narx belgilash asoslari, muhosiblik hisobi, rejalashtirish va hokazo) o‘qish jarayonida egallab chiqadilar. Ish bilan bandlik xizmatining vazifasi tadbirkorga mustaqil ish bilan bandlik nimalarni bildirishini (masalan, ijtimoiy ne’matlarning birmuncha qisqarishi, ish vaqtining davomiyligi birmuncha ortishi, yuqori darajadagi tavakkalchilik, xonavayron bo‘lish ehtimoli borligi, qonunlarning hali to‘la mukammal emasligi va hokazolarni) tushuntirishdir.
Yangi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yana quyidagilarni o‘z ichiga oladi: maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, imtiyozli qarz berish, ishlab chiqarish binolari, xom ashyo bilan ta’minlash, xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan aloqa o‘rnatish va tayyor mahsulotni sotish.
Hozirgi vaqtda mustaqil shug‘ullanish va tadbirkorlik tashabbusi asosida kichik ishlab chiqarish korxonalarining shakllanishi keng istiqbolga egadir. Hozir ish bilan bandlarning qariyb 15 foizi mulkchilikning barcha shakllaridagi kichik korxonalarda mehnat qilmoqda. Shunday hodisalar, chunonchi, xususiylashtirish, raqobatning kuchayishi munosabati bilan korxonalar hajmining qisqarishi, ommaviy ishlab chiqarishdan moslashuvchan ixtisoslashuvga o‘tilishi, shuningdek, tarkibiy qayta qurish jarayoni, mutaxassislarning fikricha, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlardagi kabi yirik firmalardagi yangi ish o‘rinlari kichik korxonalarga nisbatan kamroq bo‘ladi.
Jamoat ishlari dasturlari. Ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorida amalga oshiradigan faol siyosatning navbatdagi yo‘nalishi ishsizlarga vaqtincha va jamoat ishlarining dasturlarini rivojlantirish orqali mehnat bozoriga qaytishda yordam ko‘rsatishdir.
Ko‘pincha jamoat ishlari to‘liq bo‘lmagan ish kuni mobaynida davom qiladi, bundan maqsad vaqtning bir qismini kasb tayyorgarligiga yoki doimiy ish qidirishga bag‘ishlashdir. Mazkur dasturlarning qatnashchilari odatda eng kam ish haqi oladilar.
Vaqtincha ishlarning tashkil etilishi bir qator tamoyillarga asoslangan. Vaqtincha ishlar bandlik xizmati tomonidan bevosita yoki boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali amalga oshiriladi:
1) bu ishlar aynan vaqtincha bo‘lishi va ular odatdagi ish o‘rinlari bilan raqobatga kirishmasligi kerak. Buning ma’nosi shuki, bunday ishlar jamoat ishlarining maxsus dasturlarisiz amalga oshirilmasligi lozim;
2) bunday ishlarning qatnashchilari faqat cheklangan vaqt mobaynida shug‘ullanishlari mumkin, masalan, 1 yilgacha, keyin normal ishga joylashish imkoniyati paydo bo‘lishi bilan darhol bu dasturlarni yangilashlari mumkin.
Vaqtincha yoki jamoat ishlari dasturlarining samaradorligi;
- birinchidan, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishda namoyon bo‘ladi (mutaxassislarning bergan bahosiga qaraganda, jamoat ishlari sohasida har 100 ta ish o‘rni boshqa sektorlarda 40 ta doimiy ish o‘rinlari paydo bo‘lishiga olib keladi):
- ikkinchidan, ishsizlarni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda namoyon bo‘ladi (hammaga ma’lumki, ish bilan bandlarning ruhiy holati ishsizlarning holatidan ancha yaxshiroqdir).
O‘zbekistonda davlat bandlik xizmati 1991 yilda tashkil etilgan edi. Respublika aholi bandlik xizmati ishining asosiy tamoyillari xalqaro amaliyotga muvofiq keladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston aholi bandligi xizmati mintaqalarda (viloyatlar, shahar va tumanlarda) ishlab turibdi.
Aholining bandligiga ko‘maklashish bilan bog‘liq xizmatlar bandlik xizmati organlari tomonidan bepul ko‘rsatiladi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi bandlikning nodavlat xususiy xarakteridagi tuzilmalarini ham tashkil etilishiga imkon bermoqda.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish