Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora tadbirlari to


-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordamni to‘lash



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#270357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

6-bob. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordamni to‘lash

34.  Bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam,  shuningdek,

kompensatsiya  AT  “Xalq  banki”ning  tuman  (shahar)  bo‘limlari  (filiallari)  orqali  naqd  pul  shaklida  yoki  pul

mablag‘larini naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan fuqarolarning bank hisobvaraqlari (plastik kartalari) orqali to‘lanadi.

35. Elektron to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari har oyning 4-sanasiga qadar “Yagona reyestr” AT orqali AT “Xalq

banki”ning tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etiladi.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatning oxirgi kuni bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa,

elektron to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari keyingi 2 ish kuni mobaynida AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) bo‘limiga

taqdim etilishi mumkin.

36. To‘lovning o‘tgan oyida olinmagan bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy

yordam va kompensatsiya summasi to‘lovning joriy oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritiladi hamda tayinlangan, biroq o‘z

vaqtida  olinmay  qolgan  to‘lovlar  o‘tgan  davrlarda  hisoblangan  miqdorlarda  butun  davr  uchun  biroq  nafaqa  yoki

moddiy yordamni olish muddati tugaganidan so‘ng uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatda bir yo‘la to‘lanadi.

37. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiyani to‘lash:

a) quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

qonun hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugaganda;

ariza beruvchi yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi

bo‘limiga to‘lov to‘xtatilishini so‘rab ariza taqdim qilinganda;

doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ko‘chib ketganda;

“Yagona  reyestr”  ATdagi  yoki  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralarning  axborot  tizimlari  bilan  idoralararo

elektron  o‘zaro  hamkorlik  tizimidagi  texnik  nosozlik  natijasida,  ma’lumotlar  elektron  ravishda  to‘liq  yoki  qisman

taqdim  etilmaganligi  sababli,  shuningdek,  arizani  kiritishda  va  boshqa  texnik  xatolar  oqibatida  noto‘g‘ri

tayinlanganligi aniqlangan taqdirda. Ushbu holatda o‘tgan davrda to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi;

tegishli  to‘lovlarni  tayinlash  to‘g‘risidagi  qarorga  ta’sir  ko‘rsatgan  ariza  beruvchi  tomonidan  noto‘g‘ri  va

ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganligi yoki to‘liq taqdim etilmaganligi aniqlanganda;

b) ortiqcha to‘lovlar aniqlanganda vaqtincha to‘xtatiladi. Bunda to‘lovlar kam ta’minlangan oilaga kelgusi

oylarda  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  va

kompensatsiya uchun mablag‘lar hisobiga qayta hisob-kitob qilingandan so‘ng qayta to‘lovlar amalga oshiriladi;




8/9/2021

 122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex…

https://lex.uz/docs/-5319768

12/23


To‘lovlarni  to‘xtatish  (qonun  hujjatlari  bilan  belgilangan  tayinlash  muddati  tugagan  holatlari  bundan

mustasno) “Yagona reyestr” AT orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi va ariza beruvchiga elektron xabar

(arizada ko‘rsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga) yuborish orqali bildiriladi.

Ariza beruvchi bilan Pensiya jamg‘armasi bo‘limi o‘rtasidagi to‘lovlar to‘xtatilishi yoki miqdori o‘zgarishi

yuzasidan kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud orqali hal etiladi.

38.  “Yagona  reyestr”  AT  orqali  bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  hamda  moddiy

yordamni tayinlash jarayonida texnik sabablarga ko‘ra ortiqcha to‘lovlar vujudga kelganda, ushbu ortiqcha to‘lovlar,

birinchi  navbatda,  tegishli  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  oluvchilarga  joriy  va  kelgusi  oylar  uchun  hisoblanadigan

nafaqalar yoki moddiy yordam, shuningdek, kompensatsiya mablag‘lari hisobidan qaytariladi.

Bunda ortiqcha to‘lovni qaytarish uchun hisoblanadigan bir oylik nafaqa yoki moddiy yordam mablag‘lari

yetarli bo‘lmasa, qolgan ortiqcha to‘lovlar summasi kelgusi oylar uchun hisoblanadigan nafaqa yoki moddiy yordam

va kompensatsiya mablag‘lari hisobidan ushlab qolinadi.

Agar qonun hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugaganligi yoki tugayotganligi sababli ortiqcha

to‘lovni qoplash uchun hisoblanadigan nafaqa yoki moddiy yordam summasi yetarli bo‘lmasa:

ortiqcha to‘lovlarning qoplanmagan summasi nafaqa yoki moddiy yordam oluvchi tomonidan o‘z xohishiga

ko‘ra qoplanishi mumkin;

nafaqa  va  moddiy  yordam  oluvchiga  uning  arizasiga  muvofiq  belgilangan  tartibda  unga  takroran

tayinlanadigan nafaqa yoki moddiy yordam va kompensatsiya mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar natijasida ortiqcha to‘lov aniqlangan oydan boshlab 12 oy

o‘tgandan so‘ng ortiqcha to‘lovlarning qoplanmagan qismi sud tartibida undiriladi.

Boshqa  hollarda  bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  nafaqalari

miqdorlaridan chegirmalar qilinishi mumkin emas.

39.  Bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa,  moddiy  yordam  va  kompensatsiya  to‘lash

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda bolali oilalarga

nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, moddiy yordam pulining uchinchi shaxsga ishonchnoma orqali to‘lanishiga

yo‘l qo‘yilmaydi.

Ariza bergan shaxs vafot etgan taqdirda, tegishli nafaqa oilaning muomalaga layoqatli a’zosiga yoki qonuniy

vakiliga  to‘lanadi.  Bunda  oilaning  muomalaga  layoqatli  a’zosi  yoki  qonuniy  vakil  tegishli  arizani  va  shaxsini

tasdiqlovchi  hujjat  nusxasini,  mavjud  bo‘lganda  vasiylik  yoki  homiylikni  tayinlash  to‘g‘risidagi  qaror  nusxasini

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etishi zarur.

Tegishli  arizalar  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi  tomonidan  umumiy  asoslarda  Pensiya

jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etiladi va Pensiya jamg‘armasi tomonidan belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.

40.  Bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa,  moddiy  yordam  va  kompensatsiya  to‘lov

oyining 4-sanasidan 27-sanasiga qadar to‘lanadi.




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish