Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora tadbirlari to


-bob. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va ularga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#270357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2-bob. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va ularga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha

nafaqa va moddiy yordamni tayinlash shartlari

6. Oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng

kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga

ega bo‘lgan oila kam ta’minlangan oila deb e’tirof etiladi.

7. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam ushbu Nizomda belgilangan

tartibda  oila  a’zolarining  taqdim  etgan  arizalariga  asosan  “Yagona  reyestr”  AT  orqali  kam  ta’minlangan  oila  deb

e’tirof etilgandan so‘ng tayinlanadi.

Vazirlik va idoralar hamda boshqa davlat organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy xizmatlar

va yordamlarni (bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam bundan mustasno) bepul

yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatish maqsadida ularning elektron so‘rovlariga asosan so‘ralayotgan shaxsning oilasi

“Yagona reyestr” AT orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilishi mumkin. Bunda oilaga bolali

oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlanmaydi.

8. “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar (shaxslar) qo‘shimcha hujjatlar va

ma’lumotnomalarni taqdim etmasdan, qonun hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan bepul yoki

imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanishga haqlidir.

Bunda  qonun  hujjatlarida  belgilangan  xizmatlardan  foydalanish  va  imtiyozlarni  olish  uchun  “Yagona

reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila (shaxs)ga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv

davlat xizmatlari portali orqali ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda ma’lumotnoma taqdim etiladi.

Ushbu ma’lumotnoma “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlab o‘n

ikki oy davomida amal qiladi.

Agar  bitta  oila  so‘nggi  12  oy  davomida  ketma-ket  “Yagona  reyestr”  AT  orqali  bir  necha  marotaba  kam

ta’minlangan  deb  e’tirof  etilgan  bo‘lsa,  bunda  ma’lumotnomaning  amal  qilish  muddati  ushbu  oila  oxirgi  marotaba

kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlanadi.

“Yagona  reyestr”  AT  orqali  kam  ta’minlangan  deb  e’tirof  etilganligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotnoma  ushbu

Nizomga 1a-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha taqdim etiladi.

9. Kam ta’minlangan oilalarga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, moddiy yordam va

kompensatsiya ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha tayinlanadi hamda to‘lanadi.

10. Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam ushbu Nizomda belgilangan

tartibda ariza beruvchi murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi.



8/9/2021

 122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex…

https://lex.uz/docs/-5319768

5/23


Oilaning muomalaga layoqatli istalgan a’zosidan biri (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs, 18

yoshga to‘lgan, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan (ota-onasi, ulardan biri yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxs bilan birga

yashovchi)  farzandi  (yoki  oilaning  farzandlikka  olingan  bolasi  yoxud  vasiylikka  olingan  shaxslar)  ariza  beruvchi

bo‘lishi mumkin.

11.  Bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqani  olishni  davom  ettirishga  muhtoj  bo‘lgan  shaxs  (yoki  oilaning

muomalaga  layoqatli  a’zolaridan  biri)  to‘lovning  oldingi  12  oylik  muddati  tugashidan  bir  oy  oldin  ushbu  nafaqani

bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uzluksiz to‘lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun arizani belgilangan

tartibda takroran berish huquqiga ega.

Bolali  oilalarga  nafaqalar  va  moddiy  yordam  to‘lashning  belgilangan  muddati  tugagach,  ariza  beruvchi

ushbu  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  to‘lanishini  yangi  muddatga  davom  ettirish  uchun  ariza  bilan  murojaat  qilish

huquqiga ega.

Bunda  bolali  oilalarga  nafaqalar  va  moddiy  yordam  olish  uchun  ariza  oldingi  davrda  tayinlangan  ushbu

nafaqani  yoki  moddiy  yordamni  to‘lash  muddati  tugayotgan  oydan  keyingi  oyda  beriladi.  Takroriy  murojaatlar

umumiy belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish