Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora tadbirlari to


-bob. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha bir oylik daromad hajmini aniqlash



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#270357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

5-bob. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha bir oylik daromad hajmini aniqlash

21. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha daromad bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi

bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oygacha bo‘lgan oxirgi uch oyi

uchun hisoblab chiqilgan barcha oila a’zolarining daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga

va uchga bo‘lish orqali aniqlanadi.

Bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  olish  uchun  oila  tarkibiga

fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohi qayd etilgan er-xotin (yoki ularning biri) va ular bilan

birga yashaydigan va ularning qaramog‘ida bo‘lgan bolalar (shu jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar),

shuningdek,  ota-onalari  bilan  birga  yashaydigan  va  o‘z  oilasiga  ega  bo‘lmagan  18  yoshdan  katta  bolalar  (shu

jumladan, vasiylikka (homiylikka) olingan bolalar), yolg‘iz onalar (otalar) kiritiladi.

Bunda  to‘liq  davlat  ta’minotidagi  bolalar,  tarbiyalash  uchun  oilaga  qabul  qilingan  (patronat)  bolalar,  ota-

onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar oila tarkibiga kiritilmaydi.

22.  Bir  oylik  o‘rtacha  jami  daromad  miqdorini  hisoblab  chiqishda  hisobga  olinadigan  oilaning  jami

daromadiga oila tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:

mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar;

mulkiy daromadlar;

yakka  tartibdagi  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi  va  o‘zini  o‘zi  band  qilgan  fuqarolarga

hisoblanadigan normativ daromadlar;

pul tushumlari, shu jumladan, chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga

oshiruvchi oila a’zolaridan pul o‘tkazmalari summasi;

qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  haq  to‘lanadigan  jamoat  ishlarida  qatnashganlik  uchun  shaxsga

to‘langan mehnat haqi;

tadbirkorlik  faoliyatini  boshlashni  xohlovchi  ish  qidirayotgan  shaxslarga  va  ishsiz  shaxslarga  yakka

tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shu

jumladan,  shtamplar  va  muhrlar  olish,  elektron  raqamli  imzo  olish,  tadbirkorlikka  o‘qish  xarajatlarini  to‘lash  va

kreditni  olish  chog‘ida  sug‘urta  polisi  haqini  to‘lash  hamda  yengil  konstruksiyali  issiqxonalar  qurish,  urug‘liklar,

ko‘chatlar,  sug‘orish  vositalari  olish  uchun  mehnat  organlari  tomonidan  ajratilgan  subsidiyalarni  olgan  jismoniy

shaxslarga hisoblanadigan normativ daromadlar;

pensiyalar va nafaqalar (ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oila olayotgan bolali oilalarga nafaqa, bola

parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam,  kompensatsiya,  nogironligi  bo‘yicha  nafaqa,  boquvchisini

yo‘qotganlik  pensiyasi  va  nafaqasi,  bolalikdan  nogiron  bo‘lgan  16  yoshdan  katta  shaxslarga  nafaqa,  16  yoshgacha

bo‘lgan nogiron bolalar va 18 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa, budjetdan tashqari

Pensiya  jamg‘armasi  orqali  beriladigan  bola  tug‘ilganligi  hamda  dafn  etish  marosimi  uchun  bir  yo‘la  to‘lanadigan

nafaqa,  ta’lim  muassasalari  tomonidan  to‘lanadigan  stipendiyalar,  mehnat  organlari  tomonidan  ishsiz  fuqarolarga

tayinlanadigan va to‘lanadigan moddiy yordam, mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash, qayta

tayyorlash yoki malaka oshirish davrida to‘langan stipendiya bundan mustasno);

tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olingan daromad;

chorva mollari va parrandalari mavjud bo‘lgan fuqarolarga hisoblanadigan normativ daromadlar;

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar.

Mehnatga  haq  to‘lash  shaklidagi  daromadlar  hisoblangan  summa  bo‘yicha  hisobga  olinadi  (qonun

hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar chegirib tashlanguniga qadar).

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida mikrokredit olingan sanadan boshlab oxirgi 12 oy mobaynida

oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishdan olingan daromadlar oilaning daromadi tarkibiga kiritilmaydi.

23.  Yakka  tartibdagi  tadbirkorlik  faoliyatidan  olingan  daromadni  aniqlashda  (yakka  tartibdagi  faoliyat

ma’lum muddatga to‘xtatilgan davr bundan mustasno) daromad aniqlanayotgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlar

uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan bir oylik summasining o‘n baravari




8/9/2021

 122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex…

https://lex.uz/docs/-5319768

9/23


miqdoriga teng bo‘lgan, biroq mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan bir oylik

o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.

O‘zini  o‘zi  band  qilgan  fuqarolarning  daromadlari  miqdorini  aniqlashda  daromad  aniqlanayotgan  davrda

mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravari miqdoriga teng bo‘lgan bir oylik o‘rtacha normativ daromad

miqdori qabul qilinadi.

Agar  elektron  axborot  almashinuvi  orqali  olingan  ma’lumotlarda  chet  elda  ishlaydigan  yoki  chet  elda

tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolaridan pul o‘tkazmalari miqdori aniqlanmasa, u holda

oilaning bir oylik o‘rtacha jami daromadini aniqlash uchun oilaning chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik

va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lash eng kam

miqdorining ikki baravari miqdoriga teng bo‘lgan bir oylik o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan oila a’zosi (a’zolari) ning bir oylik o‘rtacha normativ daromadi oilaning o‘rtacha

oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga ko‘paytirilgan holda hisob-kitob qilinadi.

24.  Fuqaro  bandligini  ta’minlash,  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanish,  kasbga  tayyorlash  va  qayta

tayyorlash  hamda  boshqa  maqsadlar  uchun  mehnat  organlari  tomonidan  ajratilgan  subsidiyalar  va  grantlarni  olgan

ariza  beruvchi  va/yoki  uning  oila  a’zosiga  daromad  aniqlanayotgan  davrda  mehnatga  haq  to‘lash  eng  kam

miqdorining bir baravari miqdoriga teng bo‘lgan o‘rtacha normativ daromad miqdori qabul qilinadi.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan oila a’zosi (a’zolari) ning bir oylik o‘rtacha normativ daromadi oilaning bir oylik

o‘rtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga ko‘paytirilgan holda hisob-kitob qilinadi.

25.  Tomorqa  yer  va/yoki  dehqon  xo‘jaligini  yuritishdan  olingan  daromad  miqdori  sifatida  ushbu  bandda

belgilangan tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olinadigan bir oylik daromadning normativ miqdori

qabul qilinadi.

Tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olinadigan bir oylik o‘rtacha normativ daromad tomorqa

yer  va/yoki  dehqon  xo‘jaligini  yuritish  uchun  foydalanilayotgan  sotixlar  miqdorini  jami  daromad  aniqlanayotgan

davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,035 baravariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan bir oylik o‘rtacha normativ daromadi oilaning o‘rtacha oylik daromadini aniqlash

uchun uch oyga ko‘paytirilgan holda hisob-kitob qilinadi. Bunda:

a) 4 sotixgacha bo‘lgan tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligi maydonida oilaning mehnatga layoqatli ishsiz

bitta a’zosi hamda keyingi har bir 4 sotixgacha maydon uchun qo‘shimcha bittadan oilaning ishsiz a’zosi tomorqa yer

va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan deb hisoblanadi;

b)  oila  a’zolari  tomorqa  yer  va/yoki  dehqon  xo‘jaligini  yuritish  bilan  band  bo‘lgan  deb  quyidagi  ketma-

ketlik bo‘yicha hisoblanadi:

birinchi  navbatda,  mehnatga  layoqatli  ishsiz  bo‘lgan,  bola  parvarishi  va  o‘zganing  parvarishiga  muhtoj

bo‘lgan  oila  a’zosini  parvarishi  bilan  band  bo‘lmagan,  jazoni  ijro  etish  joylarida  jazoni  o‘tamayotgan,  chet  elda

ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan oilaning ayoliga;

oilaning  voyaga  yetgan,  ta’lim  muassasasida  tahsil  olmayotgan,  jazoni  ijro  etish  joylarida  jazoni

o‘tamayotgan  yoki  chaqiriq  bo‘yicha  harbiy  xizmatni  o‘tamayotgan,  o‘zganing  parvarishiga  muhtoj  bo‘lgan  oila

a’zosini  parvarishi  bilan  band  bo‘lmagan,  chet  elda  ishlamaydigan  yoki  tadbirkorlik  va  boshqa  faoliyatni  amalga

oshirmayotgan, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatli ishsiz farzandiga, shuningdek, farzandlikka olingan

yoki vasiylikka qabul qilinganga (bir necha farzandi mavjud bo‘lganda — yosh ketma-ketligi bo‘yicha);

ta’lim muassasasida tahsil olmayotgan, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tamayotgan yoki chaqiriq

bo‘yicha  harbiy  xizmatni  o‘tamayotgan,  o‘zganing  parvarishiga  muhtoj  bo‘lgan  oila  a’zosini  parvarishi  bilan  band

bo‘lmagan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan mehnatga layoqatli

ishsiz otasiga.

26.  Chorva  mollari  va  parrandalari  mavjud  bo‘lgan  fuqarolarning  bir  oylik  o‘rtacha  normativ  daromadini

hisoblash uchun:

chorva  mollari  va  parrandalarning  soni  shartli  bosh  qoramol  soniga  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  19-

avgustdagi  689-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  Yaylovlarda  chorva  mollarini  o‘tlatishda  eng  ko‘p  yo‘l  qo‘yiladigan

foydalanish  normalarini  belgilash,  yaylovlar  almashinishini  ta’minlash  va  yuritish  tartibi  to‘g‘risidagi  nizomga  5-

ilovada belgilangan Chorva mollarini va parrandalarni shartli boshga o‘girish koeffitsiyentiga asosan o‘tkaziladi;



8/9/2021

 122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex…

https://lex.uz/docs/-5319768

10/23


har  bir  shartli  bosh  qoramol  sonini  daromad  aniqlanayotgan  davrda  mehnatga  haq  to‘lash  eng  kam

miqdorining 0,5 baravariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan bir oylik o‘rtacha normativ daromad oilaning o‘rtacha oylik daromadini aniqlash

uchun uch oyga ko‘paytirilgan holda hisob-kitob qilinadi.

27.  Ariza  beruvchi  va  uning  oila  a’zolarining  daromadlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  jumladan,  yakka

tartibdagi  tadbirkorlik,  o‘zini  o‘zi  band  qilgan  va  tomorqa  yer  va/yoki  dehqon  xo‘jaligini  yuritishdan  olinadigan

normativ daromad “Yagona reyestr” AT orqali, shu jumladan, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning axborot

tizimlari bilan o‘zaro idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llash yo‘li bilan hisoblanadi.

28. Ariza beruvchi oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi quyidagi formula

asosida aniqlanadi:

BOO‘D — (MHTD+MD+IN+JIMH+SND+YTTND+PO‘+PN+TD+ChM+BD)/OAS/3, bunda:

BOO‘D — oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi;

MHTD  —  mehnatga  haq  to‘lash  shaklidagi  uch  oylik  daromadlar  (mazkur  Nizomning  21-bandida

belgilangan davrda);

MD — uch oylik mulkiy daromadlar (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda);

IN  —  mehnat  organlari  tomonidan  ishsiz  fuqarolarga  to‘langan  uch  oylik  ishsizlik  nafaqasi  (mazkur

Nizomning 21-bandida belgilangan davrda);

JIMH  —  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  haq  to‘lanadigan  jamoat  ishlarida  qatnashganlik  uchun

shaxsga to‘langan uch oylik mehnat haqi (mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan davrda);

SND — fuqaro bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, kasbga tayyorlash va qayta

tayyorlash  hamda  boshqa  maqsadlar  uchun  mehnat  organlari  tomonidan  ajratilgan  subsidiyalar  va  grantlar  uchun

hisoblanadigan o‘rtacha uch oylik normativ daromad;

YTTND — yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar

uchun hisoblangan o‘rtacha uch oylik normativ daromadlar;

PO‘  —  pul  o‘tkazmalari,  shu  jumladan,  chet  elda  ishlaydigan  yoki  chet  elda  tadbirkorlik  va  boshqa

faoliyatni  amalga  oshiruvchi  oila  a’zolaridan  uch  oylik  pul  o‘tkazmalari  summasi  (mazkur  Nizomning  21-bandida

belgilangan davrda) yoki ularga hisoblanadigan uch oylik o‘rtacha normativ daromadlar;

PN  —  pensiya  va  nafaqalar  ko‘rinishidagi  uch  oylik  (mazkur  Nizomning  21-bandida  belgilangan  davrda)

daromadlar;

TD  —  tomorqa  yer  va/yoki  dehqon  xo‘jaligini  yuritishdan  (mazkur  Nizomning  21-bandida  belgilangan

davrda) hisoblanadigan uch oylik o‘rtacha normativ daromadlar;

ChM  —  chorva  mollari  va  parrandalari  mavjud  bo‘lgan  fuqarolarga  hisoblanadigan  uch  oylik  o‘rtacha

normativ daromad;

BD — oila a’zolarining uch oylik boshqa daromadlari;

OAS — oila a’zolari soni.

29. Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:

5  kishidan  iborat  oilaning  a’zosi  moddiy  yordam  uchun  2020-yil  dekabr  oyida  murojaat  etgan.  Uning

daromadlari avgust — oktyabr oylari uchun hisoblanadi. Oila a’zolarining barcha daromadlari yig‘indisi (normativ

daromadlarni hisobga olgan holda) 5 250 000 so‘mni tashkil etadi.

Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 5 250 000

so‘m / 5 kishi / 3 oy — 350 000 so‘m.

30.  Oilaning  bir  oylik  o‘rtacha  jami  daromadi  ushbu  Nizomda  nazarda  tutilgan  tartibda  olingan  oilaning

tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi.

31.  Bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  oluvchilarga  “Yagona

reyestr” AT orqali qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda kompensatsiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  va  kompensatsiya  tuman

(shahar) mahalliy budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida tayinlanadi.

Bunda tuman (shahar) mahalliy budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, bolali oilalarga

nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam,  birinchi  navbatda,  oilaning  har  bir  a’zosiga  to‘g‘ri



8/9/2021

 122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex…

https://lex.uz/docs/-5319768

11/23


keladigan  daromad  miqdori  ushbu  Nizomning  6-bandida  belgilangan  mezonga  to‘g‘ri  keladigan  va  boshqa  oilalar

daromadiga nisbatan kamroq bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadi va to‘lanadi.

Kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilaga tuman (shahar) mahalliy budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar

hajmidan  kelib  chiqib,  unga  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  tayinlash  imkoniyati  bo‘lmagan

taqdirda, ariza beruvchining xohishiga ko‘ra uning arizasi bolali oilalarga nafaqani (oila tarkibida tegishli yoshdagi

bolalar mavjud bo‘lganda) tayinlash masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin yoki avtomatik ravishda keyingi oyda qayta

ko‘rib chiqish uchun o‘tkaziladi.

Kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilaga tuman (shahar) mahalliy budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar

hajmidan  kelib  chiqib,  unga  bolali  oilalarga  nafaqa  avtomatik  ravishda  keyingi  oyda  qayta  ko‘rib  chiqish  uchun

o‘tkaziladi.

Biroq, ariza berilgan oydan uch oy o‘tgandan so‘ng ariza beruvchi qaytadan ariza berish yo‘li bilan nafaqa

olish istagini tasdiqlashi shart.

32.  Ariza  beruvchi  ushbu  Nizomning  6,  19  va  30-bandlarida  ko‘rsatilgan  mezonlarga  muvofiq  bo‘lganda,

“Yagona  reyestr”  ATda  bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  tayinlash

to‘g‘risidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Bunda  ariza  beruvchiga  “Yagona  reyestr”  AT  orqali  tegishli  nafaqa  yoki  moddiy  yordam  tayinlash

to‘g‘risida  elektron  xabar  (arizada  ko‘rsatilgan  elektron  manzilga  yoki  SMS-xabarlar  xizmati  orqali  mobil  telefon

raqamiga) yuboriladi.

33. Bolali oilalarga nafaqa tayinlangan oilada bolalar soni o‘zgargan taqdirda (navbatdagi bola tug‘ilganda,

14  yoshgacha  bolalardan  biri  vafot  etganda,  bola  (bolalar)  14  yoshga  to‘lganda  va  shu  kabilar),  nafaqa  miqdori

bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish