Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora tadbirlari to


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#270357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2021-yil 5-mart,

122-son


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-

martdagi 122-son qaroriga 

1-ILOVA

Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga

ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida

NIZOM


1-bob. Umumiy qoidalar

1.  Mazkur  Nizom  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  yashaydigan  kam  ta’minlangan  oilalarni  “Ijtimoiy

himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) orqali aniqlash hamda ularga 14

yoshgacha  bolalari  bo‘lgan  oilalarga  nafaqa  (keyingi  o‘rinlarda  —  bolali  oilalarga  nafaqa),  bola  ikki  yoshga

to‘lguniga  qadar  uni  parvarish  qilish  nafaqasi  (keyingi  o‘rinlarda  —  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa),  kam

ta’minlangan oilalarga moddiy yordam (keyingi o‘rinlarda — moddiy yordam) hamda un va qolipli non xarid qilish

bo‘yicha  qo‘shimcha  xarajatlarni  qoplash  uchun  har  oylik  pulli  kompensatsiyani  (keyingi  o‘rinlarda  —

kompensatsiya) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.

2.  Ushbu  Nizomning  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqani  tayinlash  va  to‘lashga  oid  qismining  amal  qilishi

nafaqaning ushbu turi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan tashkilotlarda

ishlaydiganlarga  (ularning  o‘rnini  bosuvchi  shaxslarga)  tatbiq  etilmaydi  (budjet  tashkilotlarida  ishlaydiganlar

(ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bundan mustasno).




8/9/2021

 122-сон 05.03.2021. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex…

https://lex.uz/docs/-5319768

4/23


3. Bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam miqdorlari qonun

hujjatlari bilan belgilanadi.

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa 12 oy muddatga

tayinlanadi, biroq bola tegishlicha o‘n to‘rt yoki ikki yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

Agar  bir  oilada  tug‘ilgan,  farzandlikka  olingan  yoki  vasiylikka  qabul  qilingan  ikki  va  undan  ortiq  ikki

yoshga  to‘lmagan  bolalar  parvarish  qilinsa,  u  holda  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  bir  farzand  uchun  belgilangan

miqdorda kichik bola ikki yoshga to‘lguniga qadar to‘lanadi.

4. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish hamda ularga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha

nafaqa va moddiy yordam hamda kompensatsiya tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Yagona reyestr” ATda shakllantiriladi va

qabul qilinadi.

5.  “Yagona  reyestr”  AT  tomonidan  kam  ta’minlangan  deb  e’tirof  etilgan  oila  bolali  oilalarga  to‘lanadigan

nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega. Bunda bolali

oilalarga  to‘lanadigan  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  yoki  moddiy  yordamning  bir  turiga  qo‘shimcha

ravishda kompensatsiya ham tayinlanadi va to‘lanadi.

Tuman (shahar)larning mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa

manbalar  bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa,  moddiy  yordam  va  kompensatsiya  to‘lovlarini

moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish