Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi



Download 9,93 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi9,93 Kb.
#344607

Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi

Prezident farmoyishi bilan 2021−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, ijtimoiy nafaqa olish jarayonini soddalashtirish rejalashtirilgan. 2030 yilda davlat byudjetining ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan xarajatlari YAIMga nisbatan 1,5%ga yetkaziladi. Ijtimoiy himoya sohasida yagona mas’ul organ tuziladi.

Foto: «Gazeta.uz»

O‘zbekiton prezidenti «2021−2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishni imzoladi, deya xabar berdi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Hujjat bilan 2021−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi va strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi va strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tuzildi. Hujjat loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan edi va muhokamaga o‘tgan yil kuzda qo‘yilgan edi.

Hujjatga muvofiq, Aholini ijtimoiy himoya qilish Milliy strategiyasida ijtimoiy himoya sohasida ijtimoiy yordam va xizmatlarning bazaviy kafolatlari belgilanadi.

Bunga quyidagi chora-tadbirlar kiradi:

asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, ta’lim, parvarish va boshqa zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar olishga imkoniyati bo‘lmagan bolalarga ko‘maklashish;kasallik, ishsizlik, onalik va nogironlik kabi holatlar tufayli o‘zini o‘zi ta’minlash masalalarini to‘liq hal qila olmaydigan mehnatga layoqatli fuqarolarni kafolatlangan daromadlar bilan ta’minlash;keksa yoshdagi fuqarolarni kafolatlangan daromad bilan ta’minlash.

Jahon tajribasi amaliyotlarida qabul qilingani kabi onalikni himoya qilish va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarini ijtimoiy sug‘urta tizimiga kiritish hamda Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish masalasi o‘rganiladi.

Konsepsiya bilan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun ariza beruvchilarning muhtojlik darajasini aniqlash jarayonlarini soddalashtirish hamda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash jarayonlarini tezlashtirish rejalashtirilgan. Bu kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olish maqsadida amalga oshiriladi, deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash uchun berilayotgan subsidiyalar samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy kontrakt tizimi joriy etiladi. Aholiga ko‘rsatiladigan jtimoiy xizmatlarni individual ijtimoiy moslashuv dasturlari orqali taqdim etish tizimi ishlab chiqiladi.

Farmoyishga ko‘ra, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan yagona organ belgilanadi.

Chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash, boshpanasiz qolgan, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalar va shaxslarni mulk huquqi berilmagan holda joylashtirish uchun mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joylarni sotib olish tartibi joriy etiladi.

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modeli joriy etiladi.

2025 yilga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi negizida tuman (shahar)lar miqyosida Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi.

2030 yilda Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyasiga xarajatlari ichki yalpi mahsulotga nisbatan 1,5 foizga yetkaziladi.

2030 yilgacha aholini ijtimoiy himoya Milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNISEF, BMT Taraqqiyot Dasturi va Jahon bankining yetakchi mutaxassislaridan iborat ekspertlar guruhi qatnashdi.

Ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiyaning qabul qilinishi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari kambag‘allikni kamaytirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda ayollar, erkaklar, shu jumladan yoshlar va nogironlarni to‘liq, foydali va munosib ish bilan ta’minlashga erishishga yordam berishi kutilmoqda.

«Газета.uz»      564

#ijtimoiy himoya

Materialga izohlar

 Kirish


So`nggi yangiliklar

Endi Toshkentdan Andijonga payshanba kunlari ham poyezd qatnaydi

Bugun, 11:52  

Samarqand aeroporti 10 dekabrdan ochiladi

Bugun, 10:20  

O‘zbekiston iqtisodiyoti 30 yil mobaynida qanday o‘zgardi?

Bugun, 09:59  

Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora olganlikda gumon qilinmoqda

Bugun, 09:48  

«Qo‘yliq» bozorini ko‘chirish to‘g‘risida qaror 2017 yilda qabul qilingan

Kecha, 22:54  

9 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Kecha, 22:00  

Toshkent viloyatida 4 ta avtomobil va bitta avtobus ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi — video

Kecha, 19:30  

Mizdakxon maqbarasi atrofidagi vaziyat Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda

Kecha, 19:14  

Qiziqarli maqolalar

O‘zbekiston iqtisodiyoti 30 yil mobaynida qanday o‘zgardi?

Bugun, 09:59  

Orzudagi Konstitutsiya

8 dekabr 21:02  

Mercedes`dan Cadillac`gacha: amaldorlar qanday mashinada yurishadi?

7 dekabr 15:00  

Toshkentda ko‘zi ojiz piyoda bo‘lish qanday?

3 dekabr 23:56  



Telegram kanalga a'zo bo'lin
Download 9,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish