Aholiga ijtimoiy


 Qariyalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana11.03.2020
Hajmi0,8 Mb.
#42157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AHOLIGA IJTIMOIY YORDAM KO'RSATISH (o'quv qo'llanma)


8.2. Qariyalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar
va nogironlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida nogiron-
larni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida»gi (1991-yil 18-noyabrdagi 422/2-
sonli) qonunida nogironlarga huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishda
boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarini ta’minlash, ularning to‘la
qonli hayot kechirishlariga, jamoyatning iqtisodiy va siyosiy turmushida
faol qatnashishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ko‘zda
tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonuniga muvofiq nogi-
ronlar, shu jumladan nogiron bolalar va bolalikdan nogironlar tibbiy
ijtimoiy yordam olish, kuch quvvatni tiklashning barcha turlaridan

86
foydalanish, dori-darmonlar, protez-ortopediya moslamalari, harakat-
lanish vositalari bilan imtiyozli asoslarda ta’minlanishi, shuningdek
kasbni egallash va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqiga egadirlar.
Shuningdek, nogironlar davlat sog‘liqni saqlash tizimi va ijtimoiy
ta’minot muassasalarida bepul tibbiy - ijtimoiy yordam olish, o‘z
uylarida parvarish qilinish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz
nogironlar va surunkali ruhiy xastaliklarga chalingan nogironlar esa
nogoronlar uylarida yashash huquqiga egadirlar.
O‘zgalar parvarishi va yordamiga muhtoj bo‘lgan nogironlarga
ijtimoiy yordam idoralari uyga borib yoki doimiy ishlaydigan muassa-
salarda tibbiy yokimaishiy xizmat ko‘rsatiladi. Davlat o‘zgalarning
parvarishiga muhtoj bo‘lgan nogironlarga ijtimoiy yordam beruvchi
muassasalar tarmog‘ini rivojlantirishga muttasil ko‘maklashib boradi.
Agar xodim korxona aybi bilan nogiron bo‘lib qolgan hamda o‘zga-
larning parvarishga muhtoj bo‘lsa, shu korxona sog‘liqni saqlash va
ijtimoiy ta’minot idoralarining xulosasiga muvofiq, mehnatga yaroqsiz
bo‘lib qolgan davrdan bemorni parvarish qilish uchun o‘z hisobidan
uyda qarab turishi uchun bir kishini yolashi va nogironga etkazilgan
moddiy hamda ma’naviy zararni qoplab berishi shart.
Keksa fuqarolarga davlat va jamiyat tomonidan diqqat-e’tibor,
g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni amalga oshirish hamda ularni ijtimoiy muho-
faza qilish, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni yanada
kuchaytirish maqsadida va 2002- yil O‘zbekiston Respublikasida
«Qariyalarni qadrlash yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan
Vazirlar mahkamasining «Qariyalarni qadrlash yili» Davlat dasturi
to‘g‘risida» 2002-yil 2-yanvardagi 30-sonli qarori bilan «Qariyalarni
qadrlash yili» Davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu dasturda keksalarni
ijtimoiy muhofaza qilish, ularning pensiya ta’minotini takomil-
lashtirish, tibbiy, sanatoriy-kurort, transport xizmatlari xizmatlari
ko‘rsatish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish belgilandi.
Dasturda, shuningdek yolg‘iz keksalar, nogironlar, urush qatnashchilari
va urush nogirnlari to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni dori-
darmonlar va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlash darajasini
oshirish ko‘zda tutiladi.
Joylarda fuqarolahrning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan
bayram kunlari yolg‘iz kåksalarga båg‘araz yordam ko‘rsatish, ularni
holidan xabar olish, mahalla faollari tomonidan uy yumushhlarida
yordam bårish, båmorlarning holidan xabar olish, ularga dori darmon-

87
larni topish va olib kålishda ko‘maklashishning yo‘lga q’o‘yilganligi ham
bu sohada olg‘a tashlangan qadamlardan biridir.
8.3. Fuqarolarni harakatlanish vositalari va protez-ortopediya
buyumlari bilan ta’minlash tartibi
Nogironlarga mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishlari uchun
barcha zarur choralar ko‘riladi. Nogironlarni ijtimoiy himoyalash
to‘g‘risida»gi Qonunning 28-moddasi nogironlarning mehnat qilish
huquqlarini va ularni amalga oshirilishining huquqiy kafolatlarini
nazarda tutadi. Ushbu moddada ta’kidlanishicha, nogironlarning
ijodiy va ishlab chiqarish qobilyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida
hamda tiklashning yakka tartibdagi dasturlarini hisobga olib,ularga
mehnat sharoiti odatdagicha bo‘lgan korxonalar, birlashmalar, muas-
sasalar va tashkilotlarda, nogironlar mehnati qo‘llaniladigan ixtisos-
lashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlash huquqi,
shuningdek,yakka tartibdagi mehnat faoliyati hamda qonun bilan
ta’qiqlanmagan o‘zgacha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi
ta’minlanadi.
Nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishdan yoki xizmat yuza-
sidan uni yuqori lavozimga ko‘tarishdan bosh tortishga, ish beruvchi
tashabbusi bilan nogironligi sababli ishdan bo‘shatishga, nogironligi
uchun uni o‘z roziligisiz boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, nogironning salo-
matligi bu kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning
salomatligi va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollarda bundan
mustasnodir.
Nogiron o‘z mehnat qobilyatini tiklagandan keyin avvalgi ishiga
yoki shunga teng boshqa ishga joylashish huquqiga ega.
O‘zbekston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tizimini
tashkil etadi va bu tizim qaror topishi hamda rivojlanishiga ko‘mak-
lashadi. Mazkur tizim organizmning izdan chiqqan yoki yo‘qolgan
qobilyatini, shuningdek, nogironlarga to‘laqonli turmush tarzini
davom ettirish imkonini beradigan va ularning huquqlari hamda
mavjud imkoniyatlarni ishga solishni ta’minlaydigan qobilyatlarini qayta
tiklashga hamda ularning o‘rnini qoplashga qaratilgan chora tadbirlar
majmuidan iborat.

88
 O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nogironlarni tibbiy, kasb va
ijtimoiy jihatdan tiklash,shuningdek,nogironlikning oldini olish
sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va mutaxasislar tayyorlashni pul
bilan ta’minlaydi hamda bu ishni tashkil etadi.
 Nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash ularning
tiklashni yakka tartibdagi dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.Bu
dastur nogironlarning jamoat birlashmalari vakillari ishtirokida xalq
deputatlari tuman (shahar) Kengashlari vakolat berga davlat idoralari
tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida belgilanadi.
 Nogironga tavsiya etiladigan tiklashning yakka tartibdagi dasturida
tiklash choralarining aniq hajmi, turlari va amalga oshirish muddatlari,
shuningdek, ijtimoiy yordam turlari ko‘rsatiladi.
 Nogironga tavsiya etiladigan tiklashning yakka tartibdagi dasturi
tegishli  davlat  idoralari,  shuningdek,  korxonalar,  birlashmalar,
muassasalar va tashkilotlar ijro etishi majburiy bo‘lgan hujjatdir.
 O‘zbekistonning Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash
to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida aholining ijtimoiy himoyaga
muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitda
raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan, nogiron-
larga ishga joylashish sohasida beriladigan qo‘shimcha kafolatlar sanab
ko‘rsatilgan.
Bunday kafolatlar jumlasiga quyidagilar kiritilgan:
a) nogironlar uchun qo‘shimcha ish joylari barpo qilish;
b) nogironlarning ishlashlari uchun ixtisoslashgan korxonalar barpo
etish;
d) ish o‘rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish;
e) korxonalarda nogironlarning ishga joylashtirish uchun ish joyla-
rining eng kam miqdorini belgilash;
f) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa qo‘shimcha kafo-
latlar.
Yuqorida qayd etilgan qo‘shimcha kafolatlarni amalda ro‘yobga
chiqarishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998-yil 1-dekabrdagi 504-sonli qarori bilan «Ijtimoiy
himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng
sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarni ishga joylash-
tirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash tartibi to‘g‘-
risida Nizom» tasdiqlangan. Mazkur nizomda mulkchilik va tashkiliy
huquqiy shaklidan qat’iy nazar xodimlarning o‘rtacha soni 34 kishi va

89
undan ko‘p bo‘lgan korxonalar oldin qabul qilingan hamda ish-
layotgan nogironlar hisobga olingan holda xodimlar umumiy soniga
nisbatan 3 foiz ish joyini nogironlar uchun band qilib qo‘yishlari shart
hisoblanadi.
Nizomning 17-bandiga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar,
shu jumladan, nogironlar uchun ish joylarini barpo etmagan (band qilib
qo‘ymagan), bu masalada mahaliy davlat hokimiyati qarorlarini
bajarmagan ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar) ish bilan ta’min-
lashga ko‘maklashish har bir xodimga to‘g‘ri keladigan yillik o‘rtacha
ish haqqi miqdorida jarima to‘laydilar. Jarima to‘lash bilan shaxs
qo‘shimcha ish joylari barpo etilishi (band qilib qo‘yish) majbu-
riyatidan ozod qilinmaydi.
Korxonalarda, birlashmalarda, muassasalarda va tashkilotlarda
ishlayotgan nogironlarga tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq
ravishda zarur mehnat sharoiti yaratiladi.
Mehnat sharoiti, shu jumladan, mehnatga haq to‘lash ish vaqti,
tartibi va dam olish vaqti jamoa yoki yakka tartibdagi mehnat shartno-
masida belgilab qo‘yilgan yillik va qo‘shimcha otpuskalarning muddati
amaldagi normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgandan kam bo‘lmasligi va
boshqa xodimlarga nisbatan nogironlarning ahvolini yomonlash-
tirmasligi yoki ularning huquqlarini cheklamasligi kerak.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. «Qariyalik» vha «o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs» va «nogironlar
katågoriyasi» tushunchalarinhi izohlab bering?
2. Qariyalar vha o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga tibbiy yordam
ko‘rsatish — aholi ijtimoiy himhoyasining mazmunini belgilovchi asosiy
omil ekanini sharhlang?
3. Nogironlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ularga protez-ortopediya
buyumlariga buyurtmalar qabul qilish va ular bilan ta’minlash tartibi haqida
nimalarni bilasiz?
4. Ijtimoiy ta’minot organlariga qarashli o‘quv yurtlarida nogironlarni
muayyan kasblarga o‘rgatish vah o‘qishni bitirgan nogironlarning ish bilan
ta’minlanishi haqida so‘zlang?
5. Ijtimoiujy ta’minot bo‘limlarining nogironlarni o‘qitish va qayta
kasbga tayyorlash bo‘yicha bandlikka ko‘maklashuvchi tuman markazlari
bilan hamkorligi haqida qanday tushunchaga egasiz?

90
Mavzuni mustahkamlash yuzasidan test savollari
1. Ijtimoiy ta’minot bo‘limi qachon nogiron uchun «protezlanayotgan
shaxs kartasi»ni rasmiylashtiradi?
a) unga birinchi marta (dastlabki) talon-yo‘llanma berilayotganda
b) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari nogironlarni o‘qiayotganda
d) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari nogironlarni ish bilan ta’minlayotganda
e) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari nogironlik guruhini belgilayotganda
f) Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari nogironlarga nafaqa berayotganda
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasiga asosan
har bir
shahs erkin kasb tanlash va adolatli mehnat sharoitlarida ishlash
huquqiga ega?
a) 33
b) 34
d) 36
e) 37
3. Reablitatsiya vositalaridan ya’ni velokooska, kreslo-koloska, kichik
hajmli koloskalar uchun foydalanish muddati qancha muddat qilib bel-
gilangan?
a) 4 yil b) 5 yil d) 6 yil e) 7 yil
Test javoblari:







91
9-mavzu: 
QARIYALAR VA NOGIRONLARNI SAHOVAT
VA MURUVVAT UYLARIGA JOYLASHTIRISH, ULARNI
DAVOLANISH VA DAM OLISHINI TA’MINLASH
9.1. Qariya va nogironlarni Sahovat va muruvat uylariga
joylashtirish tartibi
Aholi salmog‘ining qarishi bilan bålgilanayotgan dåmografik
vaziyatning o‘zgarishi ham (BMTning tahliliga ko‘ra, 2040 yillarga
borib pånsionårlar salmog‘i måhnatga layoqatli aholi salmog‘iga
nisbatan ikki barobar ortar ekan) hozirgi vaqtda ijtimoiy himoya va
pånsiya ta’minotiga va ularni isloh qilishga jahon hamjamiyati tomo-
nidan bo‘layotgan qiziqishning yanada oshishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbåkiston Råspublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 29-avgustda 1848-
son bilan ro‘yhatga olingan Måhnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirining 2008-yil 30-iyuldagi 27-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yolg‘iz
kåksalar, pånsionårlar va nogironlarni O‘zbåkiston Råspublikasi Måhnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi Råspublika urush
va måhnat faxriylari pansionati, «Sahovat» va «Muruvvat» uylariga
rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida qoidalar O‘zbåkiston Råspublikasining
«O‘zbåkiston Råspublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish
to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘zbåkiston Råspublikasi qonun hujjatlari
to‘plami, 2008 y., 29-30-son, 277-modda) va O‘zbåkiston Råspublikasi
Pråzidåntining 2007-yil 6-apråldagi PQ-616-sonli «Aholi bandligini
oshirish hamda måhnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga
(O‘zbåkiston Råspublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 15-son,
156-modda) muvofiq, yolg‘iz kåksalar, pånsionårlar va nogironlarni
O‘zbåkiston Råspublikasi Måhnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi tizimidagi Råspublika urush va måhnat faxriylari pansionati,
«Sahovat» va «Muruvvat» uylariga rasmiylashtirish tartibini bålgilaydi.
Unga ko‘ra, O‘zbåkiston Råspublikasida o‘rnatilgan pånsiya yoshiga
yåtgan, alohida uyda, xonadonda, yotoqxonada yashayotgan va far-
zandlari (shu jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini) bo‘lmagan
hamda qonun hujjatlariga muvofiq homiylik bålgilanmagan yolg‘iz

92
kåksalar, pånsionårlar va I yoki II guruh nogironlari hamda yoshidan
qat’i nazar, uzluksiz davom etuvchi ruhiy xastaligi oqibatida måhnatga
layoqatsiz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan I yoki II-guruh nogi-
ronlari farzandlari (shu jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini)
bo‘lishi, qonun hujjatlariga muvofiq vasiylik yoki homiylik bålgi-
lanishidan qat’i nazar, mazkur qoidalarning 3-bandiga muvofiq,
O‘zbåkiston Råspublikasi Måhnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi tizimidagi Råspublika urush va måhnat faxriylari pansionati,
«Sahovat» va «Muruvvat» uylariga (tibbiy-ijtimoiy muassasalarga)
joylashtirilishi mumkin.
 Råspublika urush va måhnat faxriylari pansionati, «Sahovat» va
«Muruvvat» uylarida yolg‘iz kåksalar, pånsionårlar va nogironlarga
qonun hujjatlarida bålgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy va madaniy-
maishiy xizmatlar ko‘rsatiladi.Qariyalar va nogironlarni sanatoriylarga
yuborish orqali davolash, ularning salomatliklarini tiklash, ularga
ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamning tarkibiy qismidir. Måhnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi har yili kurortlar boshqarmasi bilan
shartnoma tuzib, sihatgohlarda davolanish uchun pånsionårlarga
yo‘llanmalar sotib oladi.
 Shu bilan birga, Måhnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligiga qarashli «Tovoqsoy», «Taxiatosh», «Oltiariq», «Kosonsoy»,
«Marjonbuloq», «Mingchinor» sanatoriylari va «Nuroniylar» orom-
gohlari mavjud bo‘lib, bu yårda ham har yili minglab pånsionårlar da-
volanib o‘z salomatliklarini tiklaydilar. Ijtimoiy ta’minot tizimidagi
sihatgoh va da olish uylariga yo‘llanmalar bilan ta’minlash O‘zbåkiston
Råspublikasi Måhnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2005-yil 6-iyulda 1489-son bilan ro‘yhatga olingan «Nogiron va pån-
sionårlarni sihatgoh va dam olish uylariga båpul yo‘llanmalar bilan
ta’minlash haqida»gi Yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.
9.2. Qariya va nogironlarni sihatgohlarda davolanishi
va dam olishini ta’minlash
Sihatgoh va dam olish uylarida davolanishi lozim bo‘lgan qariya va
nogironlar hamda pånsionårlarning hisobini olib borish ijtimoiy
ta’minot bo‘limiga yuklatilgan bo‘lib, ular bu haqdagi ma’lumotlarni
bosh boshqarmalarga taqdim etadilar.O‘zbåkiston Råspublikasi Måh-
nat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi har kvartal boshida

93
o‘zidagi davolanish va dam olish uchun mavjud bo‘lgan yo‘llanmalarni
Qoraqalpog‘iston Råspublikasi Måhnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, viloyatlar, Toshkånt shahar Måhnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish Bosh boshqarmalariga tarqatadi.
 Yuqori ijtimoiy ta’minot organlari yo‘llanmalarni olgandan so‘ng
(bårilgan ijtimoiy ta’minot bo‘limidan kålgan) buyurtmalar asosida
ularni ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga tarqatadi. Yo‘llanmalar ikki
nusxada tuzilib, unda yo‘llanma raqami, qayårgaligi, bahosi ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy ta’minot bo‘limlarida ishlamaydigan pånsionårlarga davolanish
uchun yo‘llanmalar båriladi. Yo‘llanmalar urush nogironlari va ularga
tånglashtirilgan hamda Chårnobil Atom Elåktr Stansiyasi halokati
oqibatidagi nogironlarga har yili bir marta, qolgan pånsionårlarga esa
ikki yilda bir marotaba navbati bilan båpul båriladi. Sihatgohlarga
yo‘llanmalar navbatda båriladigan doirasiga 1-2-guruh urush qatna-
shchilari kiradi.
 Yo‘llanma olish uchun pånsionårlar ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga
ariza va kasalligi haqida davolovchi vrach tomonidan yozilgan tibbiy
ma’lumotnoma topshiradilar. Ijtimoiy xizmat mutaxasislari maxsus
oromgoh va sihatgohlarda davolanish haqidagi arizalarni qayd qilib
borish uchun kitob tutib, kasallik turiga qarab alohida qayd qilib
boradilar. Shunga qarab navbaatni maxsus jadval asosida tashkil etadilar.
Navbati kålgan pånsionårlar chaqirilib, davolanishi lozim bo‘lgan
kundan 15 kundan ilgari yo‘llanma båriladi. Låkin, yo‘llanma bårishdan
avval davolovchi vrachdan ma’lumotnoma talab qilinadi, davolovchi
vrach ruxsat bårgan taqdirdagina, uning yozma ruxsati bilan (ma’lu-
motnoma orqali) pånsionår (qariya, nogiron va b.) nomiga yo‘llanma
rasmiylashtirib båriladi. Pånsionårlar davolanib qaytganlaridan kåyin
yo‘llanmaning davolangani haqidagi talonni ijtimoiy ta’minot bo‘lim-
lariga topshirib rasmiylashtirishlari talab etiladi.
 Yo‘riqnomaga asosan 1-guruh urush nogironlari va 1-guruh ko‘zi
ojiz nogironlarga yo‘llanma bårishda ularni kuzatib boruvchi uchun ham
yo‘llanma ajratiladi. Bunday holatda kuzatuvchi bir nafar bo‘lishi shart.
Yo‘llanmani olgandan kåyin pånsionår kasal bo‘lib qolsa, bu haqda
ijtimoiy ta’minot bo‘limiga xabar bårishi kårak. Agar yo‘llanmaning
muddati o‘tmagan bo‘lsa, shu zahoti yo‘llanmani boshqa pånsionår
nomiga rasmiylashtirib bårish nazarda tutilgan.

94
Bugungi kunda Råspublikamizda mavjud bo‘lgan «Sahovat» va
«Muruvvat» uylarida pånsionårlar (qariya va nogironlar va b.) davla-
timizning måhr-muruvvatidan bahramand bo‘lmoqdalar. Qariyalar
yoki nogironlar uyiga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni
aniqlash, hisobga olish va ushbu muassasalarga joylashtirishga tågishli
tuman, shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limlari zimmasiga yuklatilgan
bo‘lib ular haqidagi barcha ma’lumotlar yuqori turuvchi ijtimoiy
ta’minot organlariga bårib boriladi. Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari qariya
va nogironlarni joylashtiribgina qolmay, o‘z hududida yashovchi uy-
intårnatlarining faoliyatiga ham amaliy yordam bårib boradilar.
 Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari O‘zbåkiston Råspublikasi Måhnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga qarashli O‘zbåkiston
Råspublikasi hududida 32 ta uy-intårnat mavjud bo‘lib, bu yårda no-
giron va qariyalar doimiy yashashlari bilan bir qatorda, malakali tibbiy
xizmatdan ham foydalanadilar.O‘zbåkiston Råspublikasi Måhnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 1996 yil 17-iyulda
88-D sonli buyrug‘iga binoan uy-intårnatlarining nomi «Muruvvat» va
«Sahovat» uylari dåb o‘zgartirildi. «Muruvvat» va «Sahovat» uylariga
faqatgina O‘zbåkiston Råspublikasi fuqaroligiga mansub shaxslar qabul
qilinadi. Chåt ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa
«Muruvvat» va «Sahovat» uylaridan foydalana olmaydilar.
«Muruvvat» va «Sahovat» uylari ularda istiqomat qiluvchilarning
toifasiga qarab, 4 turga bo‘linadi:
1. Urush va måhnat faxriylari pansionati.
2. Sahovat uylari
3. Bolalar muruvvat uylari
4. Muruvvat uylari.
«Sahovat» uylari-o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan qariya va
nogironlarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda istiqomat qiluvchilarning
toifalariga qarab umumiy turdagi Sahovat uylari va måhnat faxriylari
pansionatlariga bo‘linadi.
Urush va måhnat fahriylari pansionati O‘zbåkiston Råspublikasi
Måhnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining byudjåtida
turadi va vazirlikning 2005-yil 15-martdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan
«Råspublika urush va måhnat fahriylari pansionati to‘g‘risida»gi
Nizomiga asoslanib ish olib boradi. Bu pansionat O‘zbåkiston Rås-
publikasi hududida doimiy yashaydigan urush nogironlari va ularga
tånglashtirilganlar, urush qatnashchilari, råspublika miqyosidagi

95
shaxsiy pånsionårlar, måhnat fronti qatnashchilari, halok bo‘lgan
jangchilarning oila a’zolari, O‘zbåkiston Råspublikasi Pråzidåntining
212-sonli Farmoniga asosan ro‘yhatga olingan yolg‘izlar va Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 7-dåkabrdagi 520-sonli qaroriga asosan,
ro‘yhatga olingan 1-va 2-guruh nogironlari, Chårnobil Atom Elåktr
Stansiyasi  halokati  oqibatidagi  nogironlarga,  uni  bartaraf  etish
qatnashchisi va nogironi (yolg‘iz fuqarolar), tårrorizmga qarshi kurashda
halok bo‘lgan fuqarolarning ota-onasi, måhnat faxriylari, davlat va
jamiyat oldida alohida xizmatlari evaziga davlat mukofotlariga sazovor
bo‘lgan fuqarolarni to‘liq davlat ta’minotiga olish va ularga ko‘rsa-
tiladigan tibbiy-ijtimoiy, madaniy-maishiy, xizmatlar ko‘rsatish
tartibini bålgilab båradi.
Pansionatga O‘zbåkiston Råspublikasi hududida doimiy yashaydigan
yolg‘iz pånsionårlar (60 yoshdan oshgan yolg‘iz erkak va 55 yoshdan
oshgan ayollar), yolg‘iz 1-va 2-guruh nogironlarning quyidagi toifalari:
urush nogironlari va ularga tånglashtirilgan fuqarolar:
a) Sobiq SSSR va O‘zbåkiston Råspublikasi chågaralarini qo‘riq-
lash paytida yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish
oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar;
b) 1941- yil 22- iyunidan 1954- yil 31- dåkabrigacha Sobiq SSSR
hududida harakat qilgan hamda qiruvchi batalonlar, vzvodlar va xalqni
himoya qiluvchi harbiy otryadlarda xizmat qilgan davrda yaralanish,
kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib
qolgan harbiy xizmatchilar;
d) tåmir yo‘lning front yaqinidagi uchastkalarida ishlagan, mudo-
faa inshootlari, harbiy dångiz bazalari, aeårodromlar va boshqa harbiy
ob’åktlar qurilishi ishlarida qatnashgan hamda urush yillarida urush
bo‘layotgan joylarda yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki
kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan xodimlar;
e) II Jahon urushi va grajdanlar urushi yillarida partizanlar otryad-
lari va qo‘shilmalar tarkibida yoki yashirin ishlarda bo‘lgan davrda yara-
lanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish oqibatida nogiron
bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar;
f) harakatdagi armiya tarkibidagi ishlarda yaralanish, kontuziya
olish, mayiblanish yoki kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan
yollangan tarkibdagi shaxslar;

96
g) II Jahon urushi davrida fashist konslagårlarida (zo‘rlik bilan tutib
turiladigan joylarda) bo‘lgan davrda yaralanish, kontuziya olish,
mayiblanish yoki kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan shaxslar
(tutqunlar, shu jumladan, bolalar);
h) tinchlik o‘rnatuvchi kuchlar tarkibida qatnashish, shuningdåk,
harbiy harakatlar kåtayotgan mamlakatlarda baynalminal burchlarni
ado etish tufayli yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki ka-
sallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki
ishlar organlari milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlari va oddiy
xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar;
i) harbiy xizmatdagi vazifalarini (xizmat vazifalarini) bajarish
paytida yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki kasallanish
oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar
organlari milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlari va oddiy xodimlar
tarkibidan bo‘lgan shaxslar;
j) o‘quv mashg‘ulotlari yoki tåkshirish uchun yig‘inlarda o‘z xizmat
burchlarini bajarayotib, yaralanish, kontuziya olish, mayiblanish yoki
kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy majburiyatli
xizmatchilar;
k) urush qatnashchilari;
l) Råspublika miqyosidagi shaxsiy pånsionårlar;
m) Måhnat fronti qatnashchilari;
n) halok bo‘lgan, vafot etgan jangchilarning oila a’zolari (onasi,
otasi va farzandlari);
o) O‘zbåkiston Råspublikasi Pråzidåntining 1991- yil 27- maydagi
212-sonli Farmoniga asosan ro‘yhatga olingan yolg‘izlar va Vazirlar
Mahkamasining 1999- yil 7- dåkabrdagi 520-sonli qaroriga asosan ro‘y-
hatga olingan 1-2-guruh nogironlari;
p) Chårnobil halokatini bartaraf etish qatnashchilari va nogironlari
(yolg‘iz fuqarolar);
q) Tårrorizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan fuqarolarning ota-
onalari;
r) Måhnat fahriylari;
s) Davlat va jamiyat oldida alohida xizmatlari uchun (sobiq Ittifoq
davrida va O‘zbåkiston Råspublikasi mustaqilligi davrida) ordån va
mådallar hamda davlat mukofotlari (»O‘zbåkiston qahramonlari»,
«Buyuk xizmatlari uchun» ordåni, «Shuhrat» mådali, «Do‘stlik» ordå-

97
ni, «Sog‘lom avlod uchun ordånlari») bilan taqdirlangan O‘zbåkiston
Råspublikasi fuqarolari.
Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish