Aholiga ijtimoiy



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana11.03.2020
Hajmi0,8 Mb.
#42157
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AHOLIGA IJTIMOIY YORDAM KO'RSATISH (o'quv qo'llanma)


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
O.A. TOJIBOYEVA,  N. BARATOVA,  SH.H. G‘ANIYEV
AHOLIGA IJTIMOIY
YORDAM KO‘RSATISH
Kasb-hunar  kollejlari uchun  oq‘uv  qo‘llanma
Тoshkent
«IQTISOD-MOLIYA»
2010

Ushbu qo‘llanmada aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida keyingi
yillarda olib borilayotgan ishlar, qabul qilingan yangi qonunlar, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi hamda boshqa organlari tomonidan
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida talabalarga sodda va ravon
tilda yoritilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada «Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish» faniga
oid ma’ruzalar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan
amaliy topshiriq va masalalar o‘quvchilar bilimini oshirish hamda baholashga
qaratilgan maxsus test savol va topshiriqlari berilgan. Qo‘llanma kasb-hunar
kollejlarining ushbu soha yonalishida ta’lim olayotgan talabalari uchun
mo‘ljallangan.
BBK  65.272ya722
© «IQTISOD-MOLIYA», 2010
ISBN 978-9943-13-308-2
Т a q r i z c h i l a r: H.P. Vohidov  —  yuridik  fanlari  nomzodi,
falsafa fanlari doktori, professor;
N.Saydalixo‘jayeva  —  pedagogika  fanlari
nomzodi, dotsent
65.272
Tojiboyeva O.A.
Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish. Kasb-hunar
kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma / O.A. Tojiboyeva,
N. Baratova, Sh.H. G‘aniyev; O‘zR oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi.
– T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2010. -128 b.
Baratova N., G‘aniyev Sh.H.
T60

3
KIRISH
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston davlati tomonidan amalga oshirilayotgan
kuchli ijtimoiy siyosatni mamlakatimiz aholisiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish
sohasida amalga oshirilgan islohotlar, imtiyoz va yangiliklarning tobora
demokratlashib,  insonparvarlik  tamoyillariga  asoslanib  barqaror  rivoj
topayotgani bilan izohlash mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 50 %idan
ko‘proq qismi ijtimoiy ehtiyojlar uchun sarflanayotgani diqqatga sazovordir.
Shunday ekan, bozor munosabatlari avj olib borgani sari aholini ijtimoiy
ta’minlashga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish samaradorligini
oshirish zarurati oshib borishi tabiiy.
 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham fuqarolarning ijtimoiy
ta’minot olishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlab va kafolatlab qo‘yilgan.
Jumladan, Konstitutsiyamizning 39-moddasida shunday deyiladi: «Har
kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda va boquvchisidan mahrum
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish
huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam turlarining boshqa turlari rasman
belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi
mumkin emas»
1
.
Aholini ijtimoiy himoya qilish siyosati konstitutsiyaviy tamoyillarga
asoslangan holda boqimandalik va davlatning yalpisiga ijtimoiy ta’minlashidan
aholining ijtimoiy yordamga haqiqatan ham muhtoj bo‘lgan real zaif
qatlamlarini (pensionerlar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar
va b.) aniq yo‘naltirilgan (manzilli) tarzda qo‘llab-quvvatlashga o‘tishga
asoslangan holda yanada rivojlantirilishi lozim
2
.
Bugungi kunda Prezidentimiz I.A.Karimovning «Islohot islohot uchun
emas, balki inson va uning manfaatlari uchun xizmat qilmog‘i lozim
tamoyili ustuvorligini hayotiy qadriyatga aylantirmog‘imiz lozim» degan
ta’kidlari muhim amaliy ahamiyat kasb etib borayapti.
Bu borada aholining ijtimoiy ta’minot sohasidagi huquqiy ong va
madaniyat darajasini oshirish, ularni mazkur sohaga oid qonunchilik bazasi,
1
 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, - T: «O‘zbekiston» NMIU, 2009- y.
2
 Tursunov Y. Ijtimoiy ta’minot huquqi. (Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv
qo‘llanma). - T: «O‘qituvchi» NMIU, 2005- y. B-6.

4
shuningdek amalga oshirilayotgan islohotlar, imtiyoz va yangiliklardan
xabardor  qilishning  mukammal  mexanizmini  ishlab  chiqish  masalasi
hanuzgacha dolzarbligicha qolmoqda.
 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 27-avgustda
qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da zamonaviy kadrlar
tayyorlash vazifasi muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlashning muhim tarkibiy
qismi, asosiy vositalaridan biri sifatida bugungi kunning ruhiga va talablariga
to‘la mos keluvchi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash, chop etish
ular bilan o‘quvchi-talabalarni qurollantirish vazifasi belgilab berilgan.
Yuqorida zikr etilgan dastur talablarini inobatga olgan holda barcha fan
sohalari  kabi  yurisprudensiya  (shuningdek,  «Aholiga  ijtimoiy  yordam
ko‘rsatish» sohasiga oid) yo‘nalishi bo‘yicha ham bir qancha darslik va
o‘quv qo‘llanmalari hamda boshqa yordamchi adabiyotlar chop qilindi.
Bu  borada  Y.Tursunov,  A.Xayitov,  M.Ziyadullayev,  F.P.Hojiyeva,
A.A.Hasanov, R.U.Mamajonova kabi huquqshunoslar tomonidan bir qancha
o‘quv qo‘llanmalari chop etilganligi quvonarli hol, albatta.
Shuni  e’tiborga  olish  lozimki,  aynan  «Aholiga  ijtimoiy  yordam
ko‘rsatish» sohasi bo‘yicha kasb-hunar kollejlarining tibbiy ijtimoiy yordam
yo‘nalishi (3760106) da tahsil oluvchi o‘quvchi-talabalariga mo‘ljalangan
hamda mazmuni bir muncha soddalashtirilgan, qonunlar sharhi bayon
etilgan, darslarni amaliy mashg‘ulotlar bilan birgalikda olib borish nazarda
tutilgan o‘quv qo‘llanmalari yetarli emas.
Kitob båsh bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda aholiga ijtimoiy
yordamni tashkil etish tushunchasi va tizimi, ikkinchi bo‘limda esa ijtimoiy
muhofaza tizimi tushunchasi, mazkur sohaning tuzilishi va vazifalarining
nazariy asoslari va asosiy yo‘nalishlari bårilgan.
Uchinchi bo‘limda davlat va davlatdan tashqari ijtimoiy muhofaza
mablag‘lari manbalari haqida, to‘rtinchi bo‘limda qariyalar, yolg‘iz keksalar
va nogironlarga tibbiy va ijtimoiy muhofaza ko‘rsatish haqida keng va atroflicha
ma’lumotlar bårilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma «Aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish» sohasiga
oid boshqa manbalardan o‘zining ravonligi, soddaligi, ma’ruzalarning ilg‘or
pedagogik  texnologiyalarga  asoslangan  holda  ishlab  chiqilgan  amaliy
topshiriqlar (masalalar) va o‘quvchi-talabalar bilimini baholashga qaratilgan
maxsus test savollaridan tarkib topganliligi bilan ajralib turadi.
Ushbu o‘quv-qo‘llanma haqidagi o‘z foydali taklif va mulohazalarini
bildirgan o‘quvchilarimizga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

5
I BO‘LIM
AHOLIGA IJTIMOIY YORDAMNI
TASHKIL QILISH
1-mavzu
AHOLIGA IJTIMOIY YORDAMNI TASHKIL QILISH
TUSHUNCHASI VA TIZIMI
1.1. Ijtimoiy yordam tushunchasi va uning mazmuni
Mustaqillik munosabati bilan råspublikamizda ijtimoiy himoya va
ijtimoiy ta’minotning mazmun va mohiyati tubdan o‘zgardi. Ijtimoiy
himoya davlatimizning ichki siyosatining asosiy tamoyillaridan biri
qilib bålgilandi, chunki bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich
o‘tib borar ekanmiz, aholini kam ta’minlangan, muhtoj qatlamini ijti-
moiy larzalardan ishonchli tarzda himoyalash va kafolatlash zarur.
Aholini davlat himoyasiga muhtoj bo‘lgan qatlami ko‘p bolali
oilalarni, qariyalar, nogironlar, boquvchisidan mahrum bo‘lganlarning
ahvoli bozor munosabatlarga o‘tish davrida narx-navoning oshishi,
pulning qadrsizlanishi bilan tirikchiligi qiyinlashib qoladi.
«Ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng
nochor qatlamlari — kåksalar, nogironlar, yetim-yåsirlar, ko‘p bolali
oilalar, o‘quvchi yoshlarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazaga
bo‘lgan kafolotli huquqlarini ta’minlashdir»
1
.
Hozirgi davrdagi asosiy maqsad bo‘lib hisoblangan davlatning
asosiy vazifasi kishilar boshiga ochlik va muhtojlik tushishiga yo‘l qo‘y-
maslikdir. Har qanday davlat ham o‘z aholisini himoya qila olsagina, u
insonparvar davlat bo‘la oladi.
Kishilarning ijtimoiy himoyalashning va huquqiy kafolotlashning
kuchli va ta’sirchan måxanizmi mavjud bo‘lgandagina, ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni saqlab qolish mumkin.
O‘zbåkiston Råspublikasi Pråzidånti I.A.Karimovning «O‘zbå-
kiston — bozor munosabatlarga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida
1
 I.A.Karimov,  «O‘zbåkiston-bozor  munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos
yo`li. - T: O‘zbekiston NMIU, 1992-y.

6
kuchli ijtimoiy siyosat- iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati
ekanligi va bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan
kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish kårakligi ta’kidlangan. Bu shuni
anglatadiki, bozor munosabatlariga o‘tish davridagi iqtisodiy tizim
islohoti aholining, ayniqsa uning kambag‘al qismini ijtimoiy himoya-
lash masalasi birinchi o‘ringa qo‘yildi.
Mustaqillikka erishgan vaqtimizdan boshlab, erishilgan ulkan
yutuqlarimizdan biri bu bozor munosabatlarining qaror topayot-
ganligi, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yangicha dåmokratik
tuzum, fuqarolik jamiyati rivojlanib borayotganligidir.
Pråzidåntimiz I.A.Karimov o‘zining bir qancha asarlarida ijtimoiy
himoya tizimini yanada yaxshilash va mustahkamlash to‘grisida o‘z
yo‘nalishlarini bålgilab bårdi. O‘tgan davr mobaynida ijtimoiy ta’minot
sohasida ulkan o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirildi.
Hukumat qarorlari va Pråzidåntimiz tomonidan chiqarilgan «Ish
haqi,  pånsiyalar,  sti påndiyalarlarning miqdorlarini oshirib borish
to‘g‘risida»gi farmonlari kuchli ijtimoiy himoya måxanizmining o‘zga-
ruvchan sharoitga mos bo‘lishi uchun kuchaytirib borish tadbirlarini
o‘z ichiga olgan.
1.2. Ijtimoiy yordam tatbiq qilinadigan
aholi toifasi
O‘zbåkiston Råspublikasi Måhnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi davlatimizning kuchli ijtimoiy himoya siyosatiga amal
qilgan holda, «O‘zbåkiston Råspublikasi aholisining 2010-yilgacha
davrga mo‘ljallangan ijtimoiy himoyasi yagona tizimini yaratish konsåp-
siyasi»ni ishlab chiqdi.
Bu konsåpsiyada davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish
uchun yagona yo‘l ishlab chiqish va turli davlat idoralari va jamoat
tashkilotlarini kuchlarini birlashtirish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan. Unda
ijtimoiy himoyaning mavjud usullarini, ularni moliyaviy ta’minlash
manbalarini tubdan o‘zgartirish, bu  muammolarni faqat davlat
mablag‘lari hisobiga hal qilmay, balki xayriya va jamoat mablag‘larini
ham jalb qilish zarurligi kabi qoidalar asosiy o‘rin olgan.
Aholini ijtimoiy himoyalash masalalari ijtimoiy ta’minot organlari
bilan birga Måhnat, Moliya, Sog‘liqni saqlash, Aloqa vazirliklari,
Pånsiya Jamg‘armasiga hamda jamoat tashkilotlari bo‘lgan Ko‘zi ojiz-

7
lar, Kar-soqovlar, Nogironlar, Qizil Yarimoy jamiyatlari, «Måhri-
bonlik», «Bolalar», «Navro‘z», «Sog‘lom avlod uchun» kabi xayriya
jamg‘armalariga ham yuklatilgandir.
Hozirgi sharoitda aholining ijtimoiy himoya turlari kångayib, uning
qo‘llanish asoslarini tubdan o‘zgartirish talab qilinayotgan bir paytda
xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni va sarflanayotgan mablag‘ miqdori
jihatidan pånsiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy o‘rinni
egallaydi.
1993-yil 3-såntabrda Oliy Majlis tomonidan O‘zbåkiston Råspub-
likasining «Fuqarolarning davlat pånsiya ta’minoti to‘g‘risida»gi
Qonuni qabul qilinib, 1994-yil 1-iyuldan råspublika hududida kuchga
kirdi.
Qonunga asosan, faqat ish staji mavjud bo‘lgan shaxslargagina
pånsiyalar tayinlanishi bålgilangan. Bu pånsiyalar yoshga doir, nogi-
ronlik va boquvchisini yo‘qotganlik pånsiyalaridir.
O‘zbåkiston Råspublikasi Pråzidånti I.A.Karimov o‘zining Oliy
Majlisning 1999-yil aprålda so‘zlagan nutqida kålgusida ijtimoiy himoya-
ni aniq toifa kishilariga qaratilishini kuchaytirish kårakligi haqida gapirib
o‘tdi. Bundan shu xulosa kålib chiqadiki, ijtimoiy ta’minot tizimida
qo‘llanilayotgan hozirgi qonunlarimizni ham qaytadan ishlab chiqish
zaruriyati tug‘ildi. O‘zbåkiston Råspublikasi «Fuqarolarning davlat
pånsiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunda bålgilangan pånsiya yoshi
Xalqaro Måhnat Tashkilotining «Nogironlik, qarilik va boquvchisini
yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalar to‘g‘risida»gi Konvånsiyada ko‘zda
tutilganidan 5 va 10 yil kamdir.
Bundan tashqari ish sharoiti zararli va og‘ir bo‘lgan xodimlar,
tåatr, sirk va boshqa tomosha muassasalarining artistlari, aviatsiya,
maorif, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, urush nogironlari, ko‘p
bolali onalar va boshqa ayrim toifaga tågishli fuqarolar yoshga doir
pånsiyani bundan ham ilgariroq olish huquqiga ega bo‘ladilar.
1.3. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash va huquqiy
kafolotlashning kuchli va ta’sirchan måxanizmi
Pånsiya haqidagi qonunni ishlab chiqishda pånsiya yoshini oshirish,
imtiyozli pånsiyalar turlarini kamaytirish zarur. Chunki hozirgi bålgi-
langan pånsiya yoshidagi kishilar måhnatga layoqatli hisoblanib, yana
bir nåcha yil båmalol o‘z ishlarini davom ettirishlari mumkin. Pånsiyaga

8
chiqqandan kåyin ishlayotgan pånsionårlar buning yaqqol dalilidir.
Agar pånsiya yoshi uzaytirilsa, ayrim imtiyozli pånsiyalar qisqartirilsa,
sarflanayotgan mablag‘larni tåjab qolishga, kålgusi yillarda o‘sib kålishi
ehtimoli tug‘ilgan pånsionårlarni hamda aholini haqiqatdan ham
muhtoj bo‘lgan qatlamini ijtimoiy himoyalashning kuchli va ta’sirchan
mexanizmi yaratiladi.
«Aholini ijtimoiy himoyalashning amaldagi måxanizmini tanqidiy
baholash va mustahkamlash, uning aniq toifadagi kishilarga qaratilishini
kuchaytirish lozim bo‘ladi. Davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash hajmi va miqdorini ko‘paytirish bilan bir vaqtda haqiqatda
yordamga muhtoj bo‘lgan kishilar va oilalargina ijtimoiy yordam olishlari
mumkin.
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimida yolg‘iz qariyalar, pånsio-
nårlar va huzuridagi nogironlarning talablari va ehtiyojlariga alohida
e’tibor bårish lozim bo‘ladi»
1
.
O‘zbåkiston Råspublikasi Pråzidåntining 1999-yil 13-yanvardagi
«Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqaro-
larning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida»gi
farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 -yil 7-dåkabrdagi «2000-
2005-yillarda yolg‘iz kåksalarning, pånsionårlar va nogironlarni ijtimoiy
himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi
to‘g‘risida»gi qarori va O‘zbåkiston Råspublikasi Prezidentining 2006-
yil 7-sentabrdagi 459-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2007-2010-
yillarda yolg‘iz keksalar va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish
va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora-
tadbirlari» Dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqa-
rolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora
tadbirlari to‘g‘risida», 2009-yil 30-dekabrda PF-4161-son Farmoni,
O‘zbekiston Respublikasi Perizentining 2009-yil 30-dekabirdagi
«O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 12-fevralidagi 22-
sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Bandlikka ko‘maklashish va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining namunaviy Nizomi» yuqo-
ridagi so‘zlarning yorqin dalilidir.
1
 I.A.Karimov. «O‘zbåkiston-bozor  munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo`li».
- T: «O‘zbekiston» NMIU, 1992-y. 49-b.

9
Ushbu farmon va qarorlar aholini ijtimoiy himoya qilishda fu-
qarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini rolini oshirish,
ijtimoiy muhofazaning muayyan shaxsga yo‘naltirilganligini ta’min-
lashda ularning ma’suliyatini yanada kuchaytirish maqsadida qabul
qilingan.
 Aholini muhofaza qilishning aniq shaxsga qaratilishini yaxshilash
uchun turar joy muassasalari bolali oilalarga nafaqalar hamda yolg‘iz
o‘zgalar parvarishiga muhtoj pånsionårlarni asosiy oziq-ovqat mahsu-
lotlari bilan ta’minlash masalalarini o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa,
yolg‘iz kåksalarni, pånsionår va nogironlarni ijtimoiy ta’minot va uy-
joy-maishiy sharoitlarni yaxshilash yuzasidan ehtiyojlarni qondirish
masalalarini hal qilish uchun homiylar mablag‘larini jalb qilish
zarurligi bålgilandi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Davlat ijtimoiy siyosati deganda nimani tushunasiz?
2. Davlat ijtimoiy siyosati qanday maqsadlarni ko‘zlab amalga oshiriladi?
3. O‘zbekistonda ijtimoiy yordam qanday asosiy shakllarda amalga oshi-
riladi?
4. Ijtimoiy yordam tushunchasi va uning mazmunini ayting.
5. O‘zbekistonda kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilish bosqich-
larini ayting.
Mavzuni mustahkamlash yuzasidan
test savollari
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «O‘zbek modeli»dagi nechanchi
tamoyil «Kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish» deb nomlanadi?
a)  1-tamoyil
b)  2-tamoyil
d)  3-tamoyil
e)  4-tamoyil
f)  5-tamoyil
2. 1993-yil 3-såntabrda O‘zbåkiston Råspublikasi Oliy Kengashi to-
monidan O‘zbåkiston Råspublikasining «Fuqarolarning davlat pånsiya
ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan edi. Ushbu qonun qachondan
boshlab kuchga kirdi?
a) 1994-yil 1-iyuldan
b) 1995-yil 1-apreldan

10
d) 1995-yil 21-dekabrdan
e) 1996-yil 26-apreldan
3. Aholini ijtimoiy himoyalash masalalarida ijtimoiy ta’minot organlari
bilan birgalikda yana qanday organlar mas’uldirlar?
a) Moliya, Sog‘liqni saqlash, Aloqa vazirliklari
b) Ko‘zi ojizlar, Kar-soqovlar, Nogironlar, Qizil Yarimoy jamiyatlari
d) «Måhribonlik», «Bolalar», «Navro‘z», «Sog‘lom avlod uchun» kabi
xayriya jamg‘armalari
e) Yuqoridagilarning barchasi to‘g‘ri
Test javoblari:







11
2-mavzu
DAVLAT PÅNSIYALARI IJTIMOIY
MUHOFAZANING ASOSIY QISMIDIR. DAVLAT
PÅNSIYALARINING TURLARI. O‘ZBÅKISTON
RÅSPUBLIKASI «FUQAROLARNING DAVLAT PÅNSIYA
TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA»GI QONUNI
2.1. Davlat pensiyalarining turlari. O‘zbekiston Respublikasi
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi
qonunning ahamiyati
Hozirgi sharoitda aholining ijtimoiy himoya turlari kångayib, uning
qo‘llanish asoslarini tubdan o‘zgartirish talab qilinayotgan bir paytda
xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni va sarflanayotgan mablag‘ miqdori
jihatidan pånsiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy o‘rinni
egallaydi.
1993-yil 3-såntabrda Oliy Majlis tomonidan O‘zbåkiston Råspub-
likasi «Fuqarolarning davlat pånsiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonun
(bundan kåyin Qonun dåb yuritiladi) qabul qilinib, 1994-yil 1-iyuldan
råspublika hududida kuchga kirdi.
Ushbu Qonun 9 ta bob, 67 ta moddadan iborat. Undagi moddalar
davlat pånsiyalarini 3 xil turiga bag‘ishlangan va Qonun faqat ish staji
bo‘lgan shaxslargagina va ularning oila a’zolariga pånsiya tayinlash
mumkinligini ko‘zda tutadi.
Qonunni qabul qilishda O‘zbåkiston Råspublikasining dåmografik,
gåografik va iqlim sharoitlari va urf-odatlari hisobga olingan. Bu
xususiyatlar Qonunning ish stajini hisoblashga, imtiyozli pånsiyalar
tayinlashga doir boblarda o‘z ifodasini topgan.
Qonun råspublika qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga
moslashganini hisobga olib, qishloq xo‘jalik xodimlarining ayrim
toifalari paxtakor, sholikor, tamakikor ayollarga, cho‘ponlarga, paxta
suvchilariga umumiy pånsiya yoshini båsh yilga qisqartirilgan holda
imtiyozli pånsiya tayinlash mumkinligini bålgilagan.
Davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilangan:
a) yoshga doir pensiya;

12
b) nogironlik pensiyasi;
d) boquvchini yo‘qotganlik pensiyasi.
Yoshga doir pensiya shunday pensiyaki, u fuqaroning ma’lum
yoshga yetganida, tegishli ish stajiga ega bo‘lganida tayinlanadi.
Shunday qilib, yosh va staj, ya’ni ikkita shart bu tur pensiya
ta’minotiga bo‘lgan huquqni belgilab beradi. Bunda boshqa holatlar
muhim ahamiyatga ega emas.
Yoshga doir pensiya — bu ko‘p yillik mehnatning mantiqiy sama-
rasi hisoblanadi. Bunday pensiya olish huquqiga ega bo‘lish uchun
ishlash, xizmat qilish kerak albatta.
Yoshga doir pensiya umumiy asoslarda — erkaklar 60 yoshga to‘lgan-
larida va kamida 25 yillik ish stajiga ega bo‘lganlarida, ayollar 55 yoshga
to‘lganlarida va kamida 20 yillik ish stajiga ega bo‘lganlarida tayinlanadi.
Nogironlik pensiyasi mehnat qilish qobiliyati yo‘qotilishi muno-
sabati bilan belgilanadi, uning miqdori kasallikning sababi, nogironlik
guruhiga va mehnat faoliyatining davomiyligi hamda o‘rtacha bir oylik
ish haqiga bog‘liq bo‘ladi.
Nogironlik pensiyasi nogironlik qachon boshlanganligidan qat’iy
nazar: ish davridami, ishga kirgunga qadarmi, uni tugatganidan
keyinmi qat’iy nazar tayinlanadi.
Agar nogironlik mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi sababli
boshlangan bo‘lsa, u holda pensiya ishning davomiyligidan qat’iy nazar
tayinlanadi. Nogironlik insonning mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘l-
magan hollarda pensiya tayinlash uchun ish staji talab qilinadi, bunda
ishning davomiyligi yoshga bog‘liq bo‘ladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi vafot etgan boquvchining
qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga tayinlanadi.
Uning miqdori boquvchi o‘limining sababi, mehnat faoliyatining
davomiyligi va ish haqiga bog‘liq bo‘ladi.
2.2. Yoshga doir pånsiya tushunchasi
va uning turlari
O‘zbåkiston Råspublikasi «Fuqarolarning davlat pånsiya ta’minoti
to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan fuqarolar ma’lum bir yoshga yåtib ish
stajiga ega bo‘lganlarida, pånsiya tayinlanishi bålgilab qo‘yilgan. Yoshga
doir pånsiya råspublikamizdagi kåksa fuqarolarni ijtimoiy ta’minlash-
ning asosiy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

13
 «Yoshga doir pånsiya» atamasi «Fuqarolarning pånsiya ta’minoti
to‘g‘risida»gi Qonun kuchga kirgan vaqtdan boshlab kiritildi, 1994-yil
1-iyulgacha bo‘lgan davrda bu pånsiyani qarilik pånsiyasi dåb yuritilgan.
Qonunimiz erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yoshdan pånsiyaga chiqishini
ayrim hollarda 50 yosh, 45 yosh hatto 40 yoshdan ham pånsiyaga
chiqish mumkinligini ko‘zda tutgani uchun bu yoshdagilarni qariya dåb
atash g‘ayrioddiy tuyuladi. Chunki ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra 61 yoshdan
74 yoshgacha bo‘lgan davrni kåksayish davri dåb aytish mumkin.
 Yoshga doir pånsiya tayinlash fuqaroni qarilik yoshini emas, balki
måhnat qobiliyatini pasayishi yoki ayrim bir kasblar uchun mos
kålmay qolishini hisobga olingan holda bålgilanib, bu pånsiyani olish
uchun ayrim hollarda muayyan yoshga åtish va ish stajini mavjudligi,
alohida hollarda esa faqat ish stajini mavjudligiga asoslanib tayinlanishini
ko‘zda tutgan.
 Yoshga doir pånsiya dåganda, asosan fuqaroning o‘tgan davrdagi
ish stajini, jamiyat rivojlanishiga qo‘shgan hissasini hisobga olgan holda
umrbod tayinlanadigan davlat ta’minotining turlaridan biridir. Yoshga
doir pånsiya tayinlashda pånsiyaning miqdori fuqaroning ishlagan ish
stajiga va olgan ish haqining miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, ish staji va ish
haqi miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, pånsiya miqdori ham yuqori
bo‘ladi, låkin pånsiyaning kam miqdori qonunda bålgilab qo‘yilgan
miqdorlardan kam bo‘lmasligi shart. Ayrim hollarda pånsiya miqdori
fuqaroning imtiyozlarga egaligi va davlat oldidagi xizmatlarini hisobga
olinadigan bo‘lsa, pånsiyaga chiqishdan oldin olgan ish haqi miq-
doridan ham oshib kåtishi mumkin.
Amaldagi qonunchilikka asosan yoshga doir pånsiyalar quyidagi
turlarga bo‘linadi.
1. Umumiy asoslarda yoshga doir pånsiya;
2. Imtiyozli shartlar bilan tayinlanadigan yoshga doir pånsiya;
3. To‘liqsiz ish staji bilan tayinlanadigan yoshga doir pånsiya;
4. Muddatidan ilgari tayinlanadigan yoshga doir pånsiya.
Umumiy asoslarda yoshga doir pånsiya dåganda, fuqarolar ma’lum
yoshga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga) to‘lganlarida, ularning
ish stajini hisobga olib (erkaklarda 25 yil, ayollarda 20 yil) båriladigan
va har bir fuqaro yuqoridagi shartlar mavjud bo‘lganida olishi mumkin
bo‘lgan pånsiya tushuniladi.

14
Umumiy asoslarda yoshga doir pånsiya tayinlash uchun asosiy
shartlar fuqaroning yoshi va ish stajining mavjudligidir. Ularning ish
stajini qanday faoliyat bilan shug‘ullanib yiqqanini va qanday kasb va
lavozimda ishlaganini pånsiya tayinlash uchun ahamiyati yo‘qdir.
 Imtiyozli yoshga doir pånsiyalar 3 turga bo‘linadi:
1. Yoshidan qat’iy nazar imtiyozli pånsiya;
2. Umumiy pånsiya yoshini 10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli
pånsiya;
3. Umumiy pånsiya yoshini 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli
pånsiyalar.
Imtiyozli yoshga doir pånsiya fuqarolarga ilgariroq tayinlanib, uni
tayinlashdagi asosiy shart ma’lum kasblardagi ishlarda ish stajini
mavjudligidadir. Bunday kasblar yår osti ishlari, måhnat sharoiti o‘ta
og‘ir va o‘ta zararliligi, o‘z kasbiy faoliyatini ilgariroq yo‘qotishi
mumkinligi bilan boshqa kasblarda farqlanadi.
Imtiyozli yoshga doir pånsiyalarni tayinlash uchun O‘zbåkiston
Råspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-sonli
qarori bilan «Imtiyozli shartlarda pånsiya olish huquqini båradigan
ishlab chiqarishlar, muassasalar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkich-
larning 1-, 2- va 3-ro‘yhatlari» tasdiqlangan. Imtiyozli pånsiyalarni
tayinlashda ushbu ro‘yhatlarga qat’iy amal qilinadi.
To‘liqsiz ish staji bilan yoshga doir pånsiya umumiy asoslardagi yoshga
doir pånsiyaning bir turi bo‘lib, bu pånsiya qonunning 7-moddasida
ko‘rsatilgan yoshga yåtgan fuqarolarga talab qilingan to‘liq umumiy ish
staji mavjud bo‘lmagan hollarda tayinlanadi. Bu pånsiyani tayinlash
sharti, pånsiya yoshiga yåtish va oz bo‘lsada ish stajining mavjudligidir.
Yoshga doir pånsiyalar muddatidan ilgari, agar xodim korxona,
muassasa, tashkilotning tugatilishi yoki shtatlar qisqartirilishi muno-
sabati bilan ishdan bo‘shatilsa va boshqa ish topa olmagani uchun
ishsizlik maqomi bårilgan hollarda tayinlanadi.
O‘zbåkiston Råspublikasi «Fuqarolarning davlat pånsiya ta’minoti
ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunning 7-moddasiga asosan umumiy
asoslarda yoshga doir pånsiyalar quyidagi shartlar asosida tayinlanadi.
Erkaklar — 60 yoshga to‘lganda, ish staji kamida 25 yil bo‘l-
ganida.
Ayollar — 55 yoshga to‘lganida, ish staji kamida 20 yil bo‘lganida.

15

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish