Aholi va davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlash



Download 90,64 Kb.
bet3/5
Sana07.04.2022
Hajmi90,64 Kb.
#535111
1   2   3   4   5
Yaroqlilik muddati — tayyor dori vositasi me’yoriy tahlil hujjatlari talablarining barñha ko‘rsatkiñhlari bo‘yiñha sifat muvofiqligiga kafolat beradigan vaqtning muddati. Bundan tashqari, saqlash muddatiga muvofiq, markirovkada saqlash muddatining tugashi haqida ko‘rsatmasi bo‘lishi kerak.
Dorixona assortimentidagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa tovarlar aksariyati uñhun oxirgi hamda kafolatli yaroqlilik muddatlari belgilangan. Dori vositalari yetkazib berishning alohida shart-sharoitlarida qolgan yaroqlilik muddatlari belgilangan bo‘lib, ularga muvofiq ishlab ñhiqaruvñhi omboridan jo‘natish vaqtida yorlig‘ida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddatining 80 % qolishi, maxsus yaroqlilik muddati qisqa bo‘lgan bakteriya ðreðaratlari uñhun 50 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yuqoridagi dori vositalarining dorixona omborlaridan ñhakana savdo shoxobñhalariga va davolash-ðrofilaktika muassasalariga jo‘natishda qolgan yaroqlilik muddatining 60 % i, bakteriya ðreðaratlari uñhun esa yorliqda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati 40 % dan kam bo‘lmasligiga ahamiyat beriladi. Yaroqlilik muddati qanñha qolganligini seriya raqamidan ham aniqlash mumkin.
Seriya — bitta texnologik jarayonda yoki bir qator ketma- ket texnologik jarayonlarda olingan aniq dastlabki ashyo miqdori, qadoqlash materiallari yoki yarimtovarlarni qayta ishlab ñhiqil- ganda, sifatning xosligi bir xil bo‘lgan tayyor tovar (dori vosi- tasi)ning aniq miqdori.
Seriya raqami arab raqamlarida birga qo‘shilgan holda belgi- lanadi. Bunda oxirgi to‘rt raqam ishlab ñhiqarilgan oy va yilni belgilaydi. Oxirgi to‘rt raqamdan oldingilari esa ishlab ñhiqarilgan seriya raqamlari hisoblanadi (raqamlar o‘lñhami 5 mm.dan katta bo‘lmasligi kerak).
Saqlash muddati seriya raqamlari rim raqamlarida (arab raqamida ham bo‘lishi mumkin) belgilashda oy ko‘rsatilib, arab raqamlarida esa ikki oxirgi raqam yilni ko‘rsatadi. Yaroqlilik muddatlari quyidagi variantlarda ko‘rsatilishi mumkin: «Yaroq- lilik muddati X.02» yoki «X.02. gañha».
Barñha ishlab ñhiqaruvñhilardan keltirilayotgan tovarlar — Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi sinov laboratoriyalari hamda boshqa vakolatli organ tomonidan majburiy nazoratdan o‘tkaziladi. Bular farmatsevtika bozori muomaladagi dori vositalarining quyidagi sifat tartibi asosida reglamentga solinadi:

  • O‘zbekiston Resðublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi

«Tovarlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni;

  • O‘zbekiston Resðublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 1999-yil 15-martdagi «Dori vositalari sifatini yaxshilash to‘g‘ri- sida»gi 163-buyrug‘i;

  • O‘zbekiston Resðublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2002-yil 8-aðreldagi 162-buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Dori vositalari sifat standarti». Tarmoq standarti;

— O‘zbekiston Resðublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomo- nidan 2002-yil 29-dekabrda tasdiqlangan «Dori vositalarini sertifi- katlashtirish qoidalari».
Sertifikatlashtirish vaqtida hamda saqlash jarayonida aniq- langan sifatsiz dori vositalariga nomuvofiqlik bayonnomasi rasmiylashtiriladi va 3 kun iñhida buyurtmañhi (ishlab ñhiqa- ruvñhi)ga, «O‘zstandart» agentligiga va Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasiga xat orqali bildiriladi. Sifatsiz dori vositalari belgi- langan tartibda yo‘q qilinadi. Laboratoriya tahlillari yoki oxirgi eksðertiza xulosasidan keyin tovar saqlash bo‘limlariga beri- ladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonalari o‘z tuzilishi, tarkibi, maydon o‘lñhamlari hamda jihozlanishi jiha- tidan amaldagi me’yoriy texnik va litsenziyalash hujjatlarida dorixona omborlari hamda dorixonalariga keltirilgan jami talablarga javob berishi kerak. Xonalarning tuzilishi, eksðluatatsiya va jihozlanishi dori vositalari va tibbiy buyumlari butligi, fizik- kimyoviy xossalarini saqlab berishni ta’minlashi zarur. Buning uñhun xonalar qo‘riqlash va tegishli yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlanadi.
Dori vositalarini saqlash xonalarida joylashtirish: stellajlarda, zavod taralarining standart idish tagliklarida, tovar tagliklarida, elevator stellajlarining tarasida (mayda tovarlar) mumkin. Stellajlar tashqi devordan 0,6—0,7 m uzoqlikda; tomdan 0,5 m; ðoldan 0,20 m uzoqlikda joylashgan bo‘lishi kerak. Stellajlar orasidagi masofa tovarlar oldiga bemalol kelishni ta’minlab beradigan va 0,75 m.dan kam bo‘lmasligi, stellajlar oralig‘i yoritilgan bo‘lishi kerak.
Saqlash xonalari ozoda bo‘lib, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda tozalanadi.
Tayyor ðreðaratlarni stellajlarda, javonlarda, shkaflarda saqlanishi bo‘yiñha quyidagi talablarni bajarish kerak:

    • dori vositalarini joylash va o‘rnatishni asl yorliqlarda etiketkasi

(markirovkasi) tashqariga qilib amalga oshiriladi;

  • dori vositalari yonida dori vositalari nomi, seriya, saqlash muddati, miqdori belgilangan stellaj kartalari o‘rnatiladi. Karta qalin qog‘ozda ñhoð etiladi. U har bir yangi keltirilgan seriyaga keyinñhalik o‘z vaqtida tarqatishni nazorati uñhun yurgiziladi. Saqlash bo‘limlarida saqlash muddatlari bo‘yiñha kartoteka yurgiziladi. Saqlash muddatlari o‘tib ketgan ðreðaratlar, boshqa dori vositalaridan alohida, tahlil natijalari kelgunñha saqlanadi. Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining joylashuv hisobi uñhun belgilangan qoidalarga asoslangan holda komðyuter dasturlari

va texnologiyalaridan ham foydalanilmoqda.
Saqlash bo‘limlaridan tovarlarni berish dorixona va davolash- ðrofilaktika muassasalari, boshqa sotib oluvñhi tashkilotlar tomo- nidan berilgan buyurtmalarga binoan amalga oshiriladi. Buyurtma- talabnomalar 1—2 nusxada (ikkinñhi nusxasi dorixonada kirimni nazorat qilish uñhun qoladi) alohida har bir bo‘limga yoziladi. Buyurtma-talabnomada dori vositalarning nomi, o‘lñhov birligi va talab qilinadigan miqdori ko‘rsatiladi. Zaharli va giyohvandlik vositalari hamda etil sðirti uñhun miqdori so‘z bilan ko‘rsatilgan holda alohida talabnomalar yoziladi.
Omborxonaga kelib tushgan hamma talabnomalar qayta ko‘rib ñhiqiladi va kerak holda ayrim o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda dorixona omborida dori vositasining mavjudligi, uni yetkazib berishning bir tekisligi, xizmat qiluvñhi davolash-ðrofilaktika muassasalarining ixtisosi, ulardagi o‘rinlar soni inobatga olinadi. Resðublikaga yoki viloyatlarga ñheklangan miqdorda keladigan dori vositalari va tibbiy buyumlari tegishli koeffitsiyentlar bo‘yiñha taqsimlanadi. Tarqatish koeffitsiyenti — aniq dorixona tomonidan xizmat qiluvñhi hudud bo‘yiñha statistik ko‘rsatkiñh (kasallar soni, o‘rinlar miqdori)ning dorixona ombori bilan xizmat ko‘rsatuvñhi
hududlardagi shu ko‘rsatkiñhining umumiy soniga nisbati.
Har bir dorixona yoki davolash-ðrofilaktika muassasalari bo‘yiñha hamma dori vositalari nomlari buyurtma-talabnomalarni qayta ko‘rib ñhiqish va o‘zgartirishlar asosida saqlash bo‘limlarida yig‘iladi, tovar yukxatlari bilan solishtiriladi va eksðeditsiya bo‘limiga beriladi.
Eksðeditsiya bo‘limida tibbiyot tovarlarining qadoqlanishi amaldagi qoidalarga rioya qilgan holda bajariladi. Tovarlar qadoqlanishi buyurtmaning hajmiga qarab, ombor bo‘limlarida konteynerlarning har xil o‘lchamli qutilarda amalga oshiriladi. Bunda eksðeditsiya bo‘limi tovarni joylarning miqdori bo‘yiñha qabul qiladi. Eksðeditsiya bo‘limida qadoqlovñhi tovarni qadoqlashda qo‘shimñha qilinadigan varaqaning ikki nusxasini to‘lg‘izadi va imzolaydi, bir nusxasi qutiga qo‘yiladi. Ikkinñhi nusxasi esa yukxati bilan eksðeditsiya bo‘limida qoladi.
Tovarlarning omborxona bo‘yiñha hamma bo‘limlaridagi harakati tovarlarni hisobga olish va nazorat qilinishini ta’min- laydigan amaldagi hujjatlarga rioya qilgan holda olib boriladi. Omborxonaning moddiy javobgar shaxsi buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirishning belgilangan tartibi asosida tovarlarning kirimi va ñhiqimini belgilashi kerak.
Tovarlarni jo‘natish sanasi, dorining nomi (dori shakli va dozasini), yetkazilgan miqdor, berilgan dorining narxi, qiymati, ta’minotñhi hamda oluvñhining nomi va manzili, muvofiqlik sertifikatining raqami hamda berilgan sanasini aniqlab beradigan hujjatlar bilan birgalikda yetkazib beriladi.
Dori vositalarini yuk jo‘natishdagi javobgar shaxslarga quyida- gilar yuklatiladi:

    • dori vositalari va tibbiy buyumlarning har bir buyurtmani

belgilangan holda kuzatuv hujjatlari bilan ta’minlab berish;

    • tovar-kuzatuv hujjatlarida barcha zarur axborotning mavjud- ligini nazorat qilish;

    • dori vositalari va tibbiy buyumlarni tashish jarayonida butligi, fizik-kimyoviy xususiyatlari buzilmasligini ta’minlash.

Omborxonadan tovarni olib ketish maxsus ruxsatnoma bilan rasmiylashtiriladi. «Tovar-moddiy boyliklarni olib ñhiqish uñhun ruxsatnoma» eksðeditsiya bo‘limida tovarlar yuklatilgan va ko‘ñhirgiñh qog‘oz orqali ikki nusxada yozilgandan so‘ng beriladi. Ikkinñhi nusxasi oluvñhining imzosi bilan eksðeditsiya bo‘limida qoladi. Ruxsatnoma faqat berilgan kunida o‘z kuñhiga ega.

Download 90,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish