Aholi va davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlash


Ulgurji farmatsevtik tashkilotlar faoliyati, dorixona omborxonalarida tovarlar harakatini tashkil qilish



Download 90,64 Kb.
bet2/5
Sana07.04.2022
Hajmi90,64 Kb.
#535111
1   2   3   4   5

Ulgurji farmatsevtik tashkilotlar faoliyati, dorixona omborxonalarida tovarlar harakatini tashkil qilish


Dorixona tovarlarini tarqatish tizimida ulgurji vositañhilar- ning asosiy vakili ulgurji savdo tashkilotlari hisoblanadi.


Yevroða Hamjamiyati komissiya kengashining 1992-yil 31-mart- dagi direktivasi «Inson uñhun dori vositalarini ulgurji sotish qoidalari»da dori vositalarini aholiga berishdan tashqari, sotib olish, saqlash, ta’minlash va eksðort qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning barñhasi dori vositalarining ulgurji savdosini belgi- laydi. Ulgurji sotuvñhilar ma’lum geografik ko‘lam aholisining talablarini qondirish uñhun kerakli dori vositalari assorti- mentining mavjudligi bilan hamda izohlangan joyga qisqa muddatda talab qilingan dori vositalarini yetkazishga kafolat berishi kerak.
Hozirgi vaqtda qator rivojlangan mamlakatlarda ulgurji sotish
amaliyotining qoidalari (GDP Good Distribution Prañtiñe)
mavjud. Ushbu hujjatda tovar harakatining har bir bosqiñhida dori vositalari sifatini, qayd qilinishini, saqlash talablarini bajara oladigan, yetkazib berish kafolatini va boshqalarni ta’minlab beradigan tegishli ulgurji savdoning asosiy negizlari belgilangan. Ushbu hujjat dori vositalarining ulgurji savdosi bilan shug‘ulla- nuvñhi xodimning bilim darajasi va tajribasiga qo‘yilgan talablarni ham o‘z iñhiga olgan. Ulgurji sotish jarayonida zarur bo‘lgan asosiy hujjatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular dori vositalarining harakatini aks ettiruvñhi, turli xil logistik jarayonlarini izohlay- digan buyurtmalar, yo‘riqnomalardir.
O‘zbekiston Resðublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2002-yil 16-dekabrdagi 547-buyrug‘i bilan tasdiqlangan ulgurji standart (O‘St TST 42-03:2002)ga binoan, dori vositalari ulgurji savdo korxonalariga O‘zbekiston Resðublikasining «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni talablari asosida dori vositalari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar kiradi.
Tovar harakatining kanallari (logistik kanallar)ning asosiy qismini ulgurji savdo tashkilotlari tashkil etadi.
Ulgurji savdoni amalga oshirishda quyidagi vazifalar ko‘zda tutilib, rejalashtiriladi:

  • tovar zaxiralarini ko‘ðaytirish va saqlash;

  • dori vositalari ishlab ñhiqaruvñhilaridan keladigan moddiy oqimni oxirgi iste’molñhilar uñhun tovar oqimiga qaytadan tuzish;

  • dori vositalarining yuklash hajmini yiriklashtirish;

  • servis sifatini yaxshilash.

Ulgurji savdo korxona-tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab ñhiqarish litsenziyasiga ega bo‘lgan ishlab ñhiqaruvñhilardan, boshqa ulgurji savdo korxona va tashki- lotlaridan hamda o‘rnatilgan tartib asosida ro‘yxatga olingan ñhet el firmalaridan yetkazib beriladigan dori vositalarini sotib olish huquqiga ega.
Ulgurji savdo korxonalari xususiy farmatsevtika amaliyoti bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan boshqa ulgurji
savdo korxonalariga, ishlab ñhiqarish maqsadi uñhun ishlab ñhiqaruvñhi korxonalarga, dorixona muassasalariga dori vositala- rini sotishi mumkin.
Faqat o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olingan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiyena ashyolari O‘zbekiston Resðublikasi hududida sotilishi mumkin. Dori vositalari bilan ulgurji savdoni O‘zbekiston Resðublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, ma’lum faoliyat turiga berilgan litsenziya asosida amalga oshirish mumkin. Litsenziya, uni bergan organ haqidagi ma’lumot tanishib ñhiqishga qulay joyda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Ulgurji savdo korxonasi tovar harakatining asosiy vazifasini, mustaqil ravishda yoki distributerning bo‘linmalari sifatida faoliyat ko‘rsatadigan dorixona omborlari bajaradi. Omborxonalar kelib tushgan tovarlarni qabul qilish, joylashtirish va saqlash qoidalariga rioya qilgan holda iste’molñhilarga berish uñhun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Dorixona omborining asosiy vazifasiga: dorixona, davolash- ðrofilaktika muassasalari va boshqa tashkilotlarga sifati va amaldagi qonunñhilikning hamma talablariga javob beradigan dori vositalari, tibbiy buyumlar, dorixona jihozlari hamda inventarlarni qabul qilish, saqlash va berish kiradi.
Dorixona ombori asosiy vazifalariga muvofiq, quyidagi funk- siyalarni bajaradi:

    • ta’minotñhilar bilan shartnomalarni tuzish;

    • dorixona assortimentiga mos tovarlar va tibbiyot buyumlarini sotib olish;

    • da’vo va izlanish ishlarini olib borish;

    • iste’molñhilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;

    • dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab ñhiqaruvñhilardan sifati, miqdori va qiymati bo‘yiñha qabul qilishni amalga oshirish;

    • dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fizik-kimyoviy xusu- siyatlari hamda DF talablarini hisobga olgan holda ularning saqlanishini tashkil qilish;

  • farmatsevtik, ðarafarmatsevtik va boshqa tovarlarni hisobga olish hamda berish tartibiga qat’iyan rioya qilishni tashkil qiladi.

Dorixona omboriga qo‘yilgan farmatsevtik talablar tegishli tarmoq standartida belgilangan.
Dorixona ombori bajarilayotgan ish hajmiga, sanitariya- gigiyena qoidalariga, yong‘inga qarshi, boyliklarni saqlash talab- lariga javob beradigan sharoitda joylanishi kerak. Omborxona alohida turadigan binoda (bino tizimining ijara huquqida yoki boshqa huquqlar asosida qonunñhilikka zid keltirmagan holda) joylashishi mumkin. U yerda suv bilan ta’minlanish, oqova tarmog‘iga ulanish, issiqlik, havoni tortib ketadigan ventilatsiya qurilmalari mavjud bo‘lishi shart. Tashqarida tashkiliy-huquqiy shakli, korxona nomi, joylashgan o‘rni (yuridik manzili) va ish tartibi yozilishi kerak.
Dorixona ombori dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fizik- kimyoviy, farmakologik, toksikologik xususiyatlariga asosan saqlash hamda tegishli butligini hamda dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini standart talablarini hisobga olgan holda ta’minlab beruvñhi ajratilgan va maxsus jihozlangan binolarga ega bo‘lishi kerak. Omborxonada alohida kirish yo‘li, tovarlarni qabul qilish uñhun ajratilgan joy bo‘lishi kerak.
Agar omborxona ko‘ð qavatli uylarda joylashgan bo‘lsa, tovarni ortish yoki tushirish xonadonlarning derazasi tagida amalga oshirishga ruxsat etilmaydi. Tibbiyot yoki dorixona sifatida xizmat qiluvñhi binolarda mayda ulgurji ombor joylashganda ma’muriy-maishiy xonalar umumiy bo‘lishi mumkin.
Omborxona xonalari bajariladigan funksiyalariga qarab, uzviy qabul qilish, saqlash, buyurtmalarni jamlash va tovarlarni berish ishlari funksional bog‘liq bo‘lishi lozim.
Omborxona xonalarining maydoni, saqlanishi ko‘zda tutilgan tovarlar hajmiga mos kelishi lozim bo‘lib, 150 m2.dan kam bo‘lmasligi lozim:

  • tovarlarni qabul qilish joyi;

  • tibbiyotda ishlatiladigan tovarlar va dori vositalarini saqlash joyi;

    • maxsus saqlash sharoitini talab qiluvñhi dori vositalarini saqlash xonalari;

    • eksðeditsiya (jo‘natish) joyi.

Ma’muriy-maishiy xonalarning umumiy maydoni xodimlar- ning soniga bog‘liq, lekin amaldagi me’yorlar va qoidalarga binoan, 34 m2.dan kam bo‘lmasligi kerak. Dorixona ombori baja- radigan funksiyalaridan kelib ñhiqib, tegishli jihoz va inven- tarlar bilan ta’minlanishi lozim.
Dorixona omborida bo‘lishi lozim bo‘lgan jihozlarning tax- miniy ro‘yxati:

    • stellajlar, tagliklar, tovar tagliklari, tovarosti moslama- lari;

    • sovitgiñh kameralari;

    • yukni yuklash-tushirish mexanizatsiya vositalari;

    • havo ko‘rsatkiñhlarini rasmiylashtiruvñhi asboblar;

    • yog‘oñh va metall shkaflar (seyflar);

    • ishñhi stol va stullar;

    • maxsus va ustki kiyim-bosh hamda ðoyabzal saqlovñhi alo- hida shkaflar;

    • sanitar holatni saqlash uñhun inventar va dezinfeksiyalovñhi

vositalar.
Saqlash xonalarining soni alohida xonalarda saqlashni talab qiluvñhi dori vositalari guruhlariga qarab belgilanadi. Odatda, omborxonaning ish hajmi qanñha bo‘lishidan qat’i nazar, quyidagi saqlash bo‘limlari bo‘lishi ko‘zda tutiladi: quruq dori vositalari, suyuq dori vositalari, tayyor dori vositalari, sanita- riya-gigiyena tovarlari, bog‘lov materiallari, zaharli va giyohvand dori vositalari (agar ularni saqlash uñhun alohida litsenziya bo‘lsa).
Bundan tashqari, dorixona omborida dori vositalarini qadoqlash va o‘rab joylash, yordamñhi bo‘limlari, transðort bo‘limi va h.k. tashkil qilinishi mumkin. Moliyaviy ishlarni bajarish uñhun buxgalteriya, iqtisodiy rejalashtirish bo‘limi ham ko‘zda tutiladi.
Dorixona omborlarida boshqa soha omborlaridan farqli ravishda, asosan, oliy farmatsevtik va o‘rta maxsus ma’lumotli
malakali xodimlar ishlashi talab etiladi. Dorixona ombori xodimlarining soni ular bajaradigan ish hajmi (savdo hajmi)ga asosan belgilanadi.
Dorixona omborida tovarlar harakati quyidagi logistik jarayonlardan iborat: tovar qabul qilish, sifat nazorati, saqlash joylariga joylashtirish, saqlash bo‘limlaridan tovarlarni berish. Omborxonada tovarlarni saqlash ishlari amaldagi tarmoq standarti va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar asosida olib boriladi. Qabul qilish bo‘limi boshqa xonalardan alohida bo‘lishi, lekin asosiy dori vositalari saqlash xonalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. Dorixona omborida kelib tushgan tovarlarni qabul qilish va tegishli bo‘limlarga berishni amalga oshirish maqsadida kamida uñh kishidan iborat qabul hay’ati tashkil etiladi. Qabul hay’ati raisi qabul bo‘limi boshlig‘i, kiñhik ish hajmiga ega omborlarda
esa dorixona ombori mudiri hisoblanadi.
Qabul qilish hay’ati tarkibiga bo‘lim mudirlari, tovar qabul qilishga tegishli boshqa shaxslar ham kirishi mumkin. Ba’zi hollarda hay’at tarkibiga mutaxassis-eksðertlar yoki betaraf tashkilot vakillari kiritilishi mumkin.
Qabul qilishda ishtirok etuvñhi shaxslar dori vositalarining son va sifat jihatdan qabul qilish qoidalarini, tibbiyotda ishla- tiladigan tovarlarni yuborishning asosiy hamda alohida sharoit- larini, dori vositalari fizik-kimyoviy xossalarini, dori turlarini ishlab ñhiqarish shakllarini, narx-navo va boshqalarni yaxshi bilishi majburiydir.
Dorixona omboriga zaharli yoki giyohvandlik vositalari kelishi bilan darhol zaharli va giyohvand dori vositalari saqlash bo‘limiga toðshiriladi. Ularning son jihatidan va kuzatuv hujjatlariga mosligi omborxona mudiri tomonidan tekshiriladi.
Qabul qilish bo‘limida tovarlar qaysi bo‘limga tegishli bo‘lsa, shu bo‘lim mudir (o‘rinbosar)lari ishtirokida oñhib ko‘riladi, lozim bo‘lgan taqdirda betaraf tashkilot vakili yukni qabul qilishda ishtirok etish huquqini beruvñhi hujjat asosida qatnashadi. Tovarlarni yetkazib berish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Dori vositalarini amaldagi reglamentlari asosida ulgurji va ñhakana dorixona tarmoqlari orqali sotishda quyidagi hujjatlar bo‘lishi talab etiladi:

    • muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik bo‘yiñha deklaratsiya;

    • muvofiqlik sertifikatining asl nusxasi egasi tomonidan, notarius yoki sertifikat bergan tovarlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan tasdiqlangan ko‘ñhirma nusxasi;

    • tovar-kuzatuv hujjatlari (hisob-faktura) ishlab ñhiqaruvñhi

yoki ta’minotñhi (sotuvñhi) tomonidan rasmiylashtirilgan bo‘lib hamda har bir tovar nomi bo‘yiñha o‘rnatilgan talablarga ular muvofiqligi haqida ma’lumotlar;

    • muvofiqlik sertifikati raqami va uning amal qilish mud-

dati;

    • sertifikat bergan idora yoki muvofiqlik bo‘yiñha deklaratsiya qayd qilingan raqami va uning amal qilish muddati;

    • deklaratsiyani qabul qilgan ishlab ñhiqaruvñhi yoki ta’mi-

notñhi (sotuvñhi)ning nomi va qayd qilgan idora.
Barñha hujjat nusxasi ishlab ñhiqaruvñhi (ta’minotñhi, sotuv- ñhi)ning imzo va muhri bilan manzili hamda telefonlari ko‘rsa- tilgan holda tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Dori vositalarini qabul qilishdan oldin ularning yaroqlilik muddatiga e’tibor berish lozim.

Download 90,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish