AHOLI VA DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASALARINI DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH
Dori vositalariga muomala sohasida logistik yondashuv
Dori vositalarini muomala sohasida xomashyo, substansiya olish yoki dorivor o‘simlikni o‘stirishdan boshlab, toki iste’mol- ñhiga dori vositalari yetkazib bergunñha bo‘lgan yo‘lni ikki qismga ajratish mumkin. Xomashyoni olishdan boshlab, toki tayyor tovar ishlab ñhiqargungañha bo‘lgan yo‘lning bir qismi texnik-ishlab ñhiqarish maqsadidagi tovarning harakati, deb aytiladi. Yo‘lning ikkinñhi qismi tayyor tovarning ishlab ñhiqaruvñhidan iste’molñhiga yoki foydalanuvñhiga yetib borish harakati — tovar harakati, deb ataladi.
Bu ikki oqimning birlashtirilganiga unñha ko‘ð bo‘lgani yo‘q va ularning orasidagi munosabat moddiy oqim, deb nomlandi. Bu esa, o‘z navbatida, tovar harakati jarayonida ðaydo bo‘lgan yangi obyekt logistika (yunon. logistiñs — hisoblash, fikrlash san’ati) fanining o‘rganish ðredmetiga aylandi.
Hozirgi kunda logistikaning ko‘ðgina ta’rifi mavjud bo‘lib, ulardan biri logistika — istiqbolni aniqlash, xarid qilishni amalga oshirish, ishlab ñhiqarish hajmlarini rejalashtirish, buyurtmalarni qayta ishlash, zaxiralarni boshqarish, omborxona faoliyati va transðort orqali tashishlarni rejalashtirishni o‘z iñhiga oladigan komðleks xo‘jalik faoliyati deb ko‘riladi.
Farmatsevtik bozorda ulgurji savdoning rivojlanishi, farma- tsiyani tashkil qilish va iqtisodiyotining kelajak yo‘nalishini belgilashda logistik yondashuvlarning qo‘llanishi farmatsevtik logistika deb ataladi.
Farmatsevtik logistika — farmatsevtik va boshqa tovarlar hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan farmatsevtik yordamda iste’molñhilarni qoniqtira oladigan axborotli, moliyaviy va xizmat qilish oqimlarini o‘z iñhiga oladigan boshqarish hamda qulaylashtirishni ta’minlaydigan fan va amaliy faoliyatdir.
Logistika moddiy resurslarni taqsimlash, ishlab ñhiqarishni texnik, texnologik, tashkiliy ta’minlash to‘g‘risidagi fan sifatida, ilmiy-texnik taraqqiyot ta’siri natijasida tovarlar aylanuvi jarayo- nini takomillashtirib borishga bo‘lgan doimiy talab ta’siri ostida ðaydo bo‘ldi.
Logistika quyidagilarga asoslanadi:
texnikaga (materiallar oqimi);
axborotga (axborotlar oqimi);
ishlab ñhiqarishga (mos holdagi boshqaruv modellari bilan).
Tovar harakati jarayonining murakkablashuviga bir qator omillar sabab bo‘lib, ularning eng asosiylari quyidagilardir:
o‘tkazuvñhi bozorlar uñhun olib borilgan aniq kurashlar, ularni egallash, kengaytirish, bozordagi mavqeyini mustahkam- lash, iste’molñhilar xohish-irodasini o‘rganish, tovarning hayo- tiylik davrini o‘rganish, raqobatñhilar bozorga taklif qilayotgan tovarlarni va iste’molñhilar talabini o‘rganish;
aniq o‘tkazuvñhi bozorlarga yo‘naltirilgan va iste’molñhilar
buyurtmasiga asosan ishlab ñhiqarishni tashkil etish, barñha bosqiñhlarda moddiy resurslar harakati. Aniq va ðuxta o‘ylab ñhiqilgan, rejalashtirilgan va tashkil etilgan ishlab ñhiqarish jara- yonlarini amalga oshirish;
tovar harakati to‘g‘risidagi axborotning muomala jarayo- nining barñha bosqiñhlarida va tovarni ishlab ñhiqarish jarayonida tartibga solingan harakat;
logistik tizim faoliyati logistik qoidalar asosida amalga
oshiriladi. Logistik qoidalar deganda, logistik tizimda eng maqbul yo‘nalishlarni aniqlash uñhun yuklar va usullar yig‘indisi tushu- niladi;
logistik tizim (LT) deganda elementlar va ular o‘rtasida yuk
(material) oqimini, u ðaydo bo‘lgan nuqtadan iste’mol qilina-
digan nuqtagañha boshqarish maqsadida ðaydo bo‘ladigan o‘zaro aloqalar hamda bu jarayonlar uñhun zarur bo‘lgan axborot oqimlari yig‘indisi tushuniladi.
Logistik tizimning elementlari quyidagilardir: ishlab ñhiqa- ruvñhi, qayta ishlovñhi korxonalar va boshqa tarmoqlarning korxonalari, tijorat-vositañhilik korxonalari, transðort va ombor quvvatlari, yetkazib beruvñhilar, buyurtmañhilar, axborot tizim- lari, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish moslamalari, boshqaruv organlari (menejment). Moddiy oqimlar tizimining muvaffaqiyatli ishlashi logistik infrastrukturaning rivojlanishiga bog‘liq.
Logistika infrastrukturasi deganda bir korxonadan boshqa korxonaga moddiy va axborot oqimlarini ishonñhli hamda bir maromda yetkazib turilishini ta’minlaydigan transðort va boshqa zaruriy elementlarning yig‘indisi tushuniladi.
Logistika faoliyatining asosiy sohalaridan biri tovarni ta’min- lash, ularni bevosita iste’molñhiga yetkazib berish hisoblanadi. Logistik faoliyat, birinñhi navbatda, yuklarni tashish uñhun zarur bo‘ladigan transðort bilan bog‘liqdir. Transðort faoliyatining asosiy ko‘rsatkiñhi — bu bajarilgan transðort ishlarining hajmi, ya’ni yuklarni ma’lum bir masofaga kam xarajatlar bilan tashish hajmi hisoblanadi.
Quyidagilar logistik sarf-xarajatlar hisoblanadi:
tashishga, ortishga, tushirishga, qayta ortishga, yuklarni maniðulatsiya qilish;
transðort-ombor ishlarining hamma turlari bo‘yiñha tax-
lash;
axborot xizmatini ko‘rsatish, ya’ni axborot oqimlarini tashkil etish;
aylanma mablag‘larni tutib turishga va omborlarda yuklarni
saqlab turish natijasida qilinayotgan tavakkalñhilik;
Moddiy (yuk) oqimlarining faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan zarur tushunñhalardan biri axborot oqimlaridir. Shuning- dek, teskari aloqa, ya’ni rejalashtirilgan ish qanday natija bilan
tugaganini solishtirish uñhun zarur bo‘ladigan axborot, aloqa tushunñhasidan ham keng foydalaniladi. Teskari aloqa logistik jarayonlarni yanada samaraliroq boshqarishga imkon beradi. Axborot oqimlari logistik kanallar orqali o‘tadigan axborot kanal- larining yig‘indisidir.
Logistik kanal — yetkazib beruvñhi, iste’molñhi, tashuvñhi, vositañhi, sug‘urtañhilardan iborat qisman tartibga solingan ko‘ð- rik. Iste’molñhi yoki yetkazib beruvñhi bozor iqtisodiyoti sharoi- tida tashuvñhilarni, sug‘urtañhilarni turli usullar bilan (reytingini hisoblash, oðeratsiyalarni tadqiq qilish usullarini qo‘llash va h.k.) tanlash imkoniyatiga egadir. Tanlash amalga oshirilgandan so‘ng logistik kanal, logistik zanjirga aylanadi.
Logistik zanjir — bu ñhiziqli tartibga solingan ko‘ðlab jismoniy va yuridik shaxs (ishlab ñhiqaruvñhilar, distributorlar, umumiy foydalaniladigan ombor)larning ko‘ðligi bo‘lib, ular tashqi moddiy oqimni bir LTdan boshqa LTga yetkazib berish bo‘yiñha yoki yakuniy iste’molñhiga yetkazib berish bo‘yiñha (noishlab ñhiqarish iste’moli, shaxsiy iste’mol) oðeratsiyalarni amalga oshiradi. Umumiy holda logistik zanjir ishlab ñhiqaruvñhi, iste’- molñhi, vositañhi va tashuvñhilarni birlashtiradi.
Bu oqimlarning o‘zaro harakati va o‘zaro aloqasi tadbirkorlik logistikasi faoliyatida o‘z aksini toðadi, u korxonalar, yetkazib beruvñhilar hamda buyurtmañhilar o‘rtasidagi barñha moddiy va axborot oqimlarini birlashtiradi hamda tashkil qiladi.
Logistik jarayonlarning muvaffaqiyatli borishi logistik boshqa- ruvdan foydalaniladi, bu boshqaruv korxonani umumiy boshqa- rishning bir qismi hisoblanadi. Logistik boshqaruv o‘zida reja- lashtirish, boshqarish va nazorat qilish kabilarni aks ettiradi hamda ular asosida mos holdagi axborot yotadi. Logistik bosh- qaruv korxonani umumiy boshqarish bilan birga faoliyat yurita turib, u moddiy (yuk) oqimlarning tejami va ildam bo‘lishini, zaruriy zaxiralarning eng qulay hajmini ta’minlashi kerak, moddiy oqimlar mavjud bo‘lishining sharoiti va talablari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi kerak.
Olimlar va amaliyotñhilar tasdiqlashi bo‘yiñha moddiy zaxira- larning 30—70 % qisqartirilishi, saqlash vaqtini kamaytirish, tovarni ishlab ñhiqaruvñhidan iste’molñhiga yetib borishini tezlatib, tovar aylanishining iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lishiga imkon yaratadi. Bunda 7 ta R logi sti k qoida joriy qilindi: Right ðroduñt (kerakli tovar); Right quantity (kerakli miqdorda); Right ñondition (berilgan sifatda); Right ðlañe (kerakli joyda); Right time (belgilangan vaqtda); Right ñustomer (aniq iste’molñhi uñhun); Right ñost (kam ñhiqimli).
Orasidagi moddiy oqimning qaysi qismida harakati o‘rgani- lishiga qarab, sotib olish logistikasi (tashkilotni moddiy resurslar bilan ta’minlash), ishlab ñhiqarish logistikasi (tovar ishlab ñhiqa- radigan yoki saqlash va boshqalar bo‘yiñha xizmat ko‘rsatadigan korxonalarning iñhidagi moddiy oqimlar bilan boshqarish), taqsimlovñhi logistika (tayyor tovarni iste’molñhiga yetkazib berish) turlariga bo‘linadi.
Dori vositalarining assortimenti avj olib o‘sishi tovar hara- katidagi boshqarish ishlarini yanada mukammallashtirishga sabab bo‘lmoqda (taqsimlovñhi logistika). Tovar harakati yoki taqsim- lovñhi logistika — bu iste’molñhi talabini qondirish va daromad olish maqsadida ishlab ñhiqarish joyidan iste’mol qilish joyiga materiallar, tayyor buyumlar va ularga tegishli ma’lumotlarning yetib borishini rejalashtirish va nazorat qilish faoliyatidir. Qisqa qilib aytganda, bu kerakli tovarni, kerakli iste’molñhiga, kerakli joyga o‘z vaqtida yetkazib berish jarayonidir.
Taqsimlovñhi logistikada tovar harakatining turli kanallar orqali moddiy oqim ishlab ñhiqaruvñhidan so‘nggi iste’molñhiga yetib keladi. Ta’minotñhining ishonñhi (tovarni aniq muddatga, qat’iy grafik asosida yetkazish va boshq.), investitsiya va kreditlash imkoniyatlari, muomala xarajatlarining kattaligi, mavjud bo‘lgan assortimentga talab, narxi va boshqalar kabi omillar harakati moddiy oqim (farmatsevtik va boshqa tovarlar)ning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Moddiy oqimga yana bir neñha kiñhik oqimlar hamroh bo‘ladi:
moliyaviy oqim (ðul vositalari harakati), o‘z navbatida, quyidagi turlarga bo‘linadi: a) investitsiyaviy; b) dori vositalarini sotib olishni ta’minlovñhi; d) transðort xarajatlarini qoðlovñhi;
savdoni ta’minlab beruvñhi;
raqobat muhitida firma uñhun yana bir afzalligi — servis xizmatlardir;
axborotli — boshqa oqimlar bilan ðarallel holda to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanadi, teskari yo‘nalishda esa logistik zanjir davomida qayta aloqa o‘rnatadi;
transðortli — moddiy oqim harakatini ta’minlaydigan
(masalan, dorixona assortimenti buyumlarini tashishni tashkil qilish) zarur bo‘lgan barñha element va faoliyatlar yig‘indisini o‘z iñhiga oladi.
Logistikaning asosiy vazifasi — tovar iste’molñhiga yetib borgunñha moliyaviy, axborotli, servis, transðort xizmatlarini rejalashtirish, tashkillashtirish va har bir moddiy oqimlar hara- katidagi faoliyat turlarini nazorat qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |