- Tozalik odamning feʼl-atvori, tutumi, oʻziga hurmatini, bir soʻz bilan aytganda, uning kimligini koʻrsatadigan belgilardan biridir. Oʻzini, yashaydigan joyini pokiza saqlaydigan odamni koʻrganingizda koʻnglingiz yorishadi, beixtiyor unga nisbatan hurmat uygʻonadi sizda. Buning aksi boʻlgan kishini koʻrish esa taʼbingizni xira qiladi, undan uzoqroq turishga, iloji boʻlsa umuman yaqin kelmaslikka, yaqin keltirmaslikka harakat qilasiz.Paygʻambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam): “Poklik imonning yarmidir” (Muslim, Termiziy, Dorimiy, Ahmad), deganlar. Mufassirlar “imon” deganda namoz nazarda tutilganini, namozni toʻkis ado etish uchun esa tozalik eng zarur narsalar biri ekanini aytadi.
- Imon zohiriy va botiniy poklikni – aʼzolarni va nafsni yomonliklardan poklashni talab etadi. Baʼzida “Eng muhimi koʻngil tozaligi”, deb, tashqi tozalikka unchalik eʼtibor bermaydigan kishilarni ham uchratamiz. Biroq oʻzini pokiza tutmaydigan, shundan erinadigan odamning koʻnglini toza tutishiga ishonish qiyin. Chunki qalbni poklash badanni poklashdan qiyin vazifadir. Ozoda yurish Alloh sevadigan amallardan biri. Qurʼoni karimda: “Albatta, Alloh chin tavba qiluvchilarni va obdan poklanib yuruvchilarni sevadi” (Baqara, 222), deyilgan. Musulmon uchun Yaratganga sevimli boʻlishdan koʻra ulugʻroq baxt yoʻq. Demak, tozalikka jiddiy eʼtibor berishimiz, unga chala-yarim emas, toʻla-toʻkis rioya etishimiz kerak.
- Abu Saʼddan rivoyat qilingan hadisda Paygʻambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): “Juma kuni gʻusl qilish, tish tozalash va topilsa, xushboʻy narsalar sepish har bir balogʻatga yetgan odam uchun vojibdir!” (Buxoriy) deydilar. Bilamiz, juma namozlarida jamoat boshqa namozlardagidan koʻp boʻladi. Pokizalikka eʼtibor bermay namozga kelgan kishi boshqalarga aziyat yetkazib qoʻyadi. Bu esa ibodatning savobini, darajasini tushirishi mumkin.
Xoja Ahmad Yassaviyning turmush madaniyati borasidagi fikrlari - Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” majmuasi islom dini asoslaridan bahra etuvchi, tasavvuf sirlari va tariqatning odobu arkonlari yaratilgan qomusiy asardir. Unda ilohiy ishq va didaktik mavzu yetakchilik qiladi. Yassaviy hikmatlari go‘zal axloq va yaxshi amal sari yetaklaydi, o‘tkinchi dunyo davolaridan yiroqlashib, ma’rifat olamiga yaqinlashib boradi. Ma’rifat inson ongi va qalbiga tashqaridan olib kirilmaydi, balki fikriy va ruhiy qudratdir. Ma’rifat eng avvalo insoning o‘zini anglashidir. Yassaviy barcha xatolarning boshi va davomi dunyo sevgisi, Ya’ni dunyoparastlikda deb biladi. Uningcha, har qanday illat va qabohatning ildizi odamning ongida qurib bitishi kerak. Buning chorasi- ma’rifatdir.
- Sabru-toqat va ma’naviy shijoat, to‘g‘rilik va samimiyat, nafs ustidan g‘oliblik masalasi Yassaviy hikmatlarining asosiy g‘oyasini tashkil etadi. Xoja Ahmad Yassaviy insonning nosog‘lom turmush madaniyatini nafs bilan bog‘laydi va unga qarshi kurash lozimligini uqtiradi. Nafsni tiymaslik, mol-dunyoga hirs qo‘yish, tamagirlik, badnafslik, nokaslik, nodonlik, jaholat va razolatni qattiq qoralaydi. Uning ta’rificha, nafs “yabon qushdek qo‘lga qo‘nmas” bir narsa. Bu “qush” o‘z xohishicha “parvoz” etaversa, odamni kundan-kunga odamiylikdan chiqaraveradi, azim gunohlarni qilishga sababchi bo‘lib, badnom etadi, chunki nafs domiga tushgandan keyin kishi hech narsadan tap tortmaydi, harom-harishdan hazar etmaydi, boshqalar hisobiga bo‘lsa ham yaxshi yashashni o‘ylaydi. Oqibatda u zolim, berahm, riyokor bo‘lib qoladi
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |