I. Aholining umumiy tug’ilish koeffitsiyenti.
Bir yilda tug’ilganlar sonini 1000 ga ko’paytiriladi. Hosila aholining o’rtacha yillik soniga nisbatiga teng bo’ladi, ya’ni:
Ktug’lish=(T*1000)/
Bu yerda T – tug’ilgan bolalar soni;
- aholining o’rtacha yillik umumiy soni.
2. Vafot etish koeffitsiyenti.
Vafot etish koeffitsiyenti yil davomida vafot etganlar sonini 1000 ga ko’paytirilgach, olingan natija aholini yillik o’rtacha soni nisbatiga teng:
Kvafot=(V*1000)/ .
Bu yerda V – vafot etganlar soni.
3. Tabiiy o’sish koeffitsiyenti. Ktab.us=Ktug’-Kvafot
4. Nikox qurish koeffitsiyenti:
Knikox=(N*1000)/
N – nikoh ko’rganlar soni.
5. tug’ilish va vafot etish orasidagi nisbat hayotiylik koeffitsiyentini hisoblaydi.
6. Ajralish koeffitsiyenti:
Kajralish=(A*1000)/
Bu yerda A – ajrashganlar soni.
Alohida aholi punktlari, hududlari aholining soni faqat tabiiy xarakat natijasida o’zgarmasdan, balki mexanik xarakat natijasida yoki alohida shaxslarning xududiy ko’chishi natijasida, ya’ni aholi migratsiyasi ham o’zgaradi.
Aholining mamlakat ichkarisida u yerdan bu yerga ko’chishi ichki migratsiya, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ko’chishi esa tashqi migratsiya deb ataladi. Ichki va tashqi migratsiya har xil sabablardan kelib chiqishi mumkin: masalan, ish qidirish sababli.
Har bir aholi punkti va umuman mamlakat uchun aholi migratsiyasining asosiy ko’rchsatkichlari quyidagilar hisoblanadi: kirib kelganlar soni, chiqib ketganlar soni va ularning koeffitsiyentlari.
Kirib kelish koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi:
Kkirib kelishq(kirib kelganlar soni/ )*1000
CHiqib ketish koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi:
Kchiqib ketishq(chiqib ketganlar soni/ )*1000
Kmex.o’ q(kirib kelganlar soni – chiqib ketganlar soni)/ *1000
Kirib kelganlar va chiqib ketganlar soni mamlakat bo’yicha hisoblanadi, shuningdek, u jinsi, yoshi migratsiyasi sabablari bo’yicha taqsimlanadi.
Migratsiya haqidagi ma’lumotlarning tahlili aholining davlatning qaeriga va qaeridan, qanday miqdorda ko’chishi yuz berayotganligini ko’rsatadi, bu esa o’z navbatdagi ko’plab xo’jalik va boshqa tadbirlarni rejalashtirishda muhim hisoblanadi.
Aholining kelajakda ma’lum vaqt oralig’idan keyin bo’ladigan sonini turli xil usullar yordamida aniqlash mumkin.
Aholi sonining umumiy istiqbolini ma’lum tahlil qilinayotgan ma’lum davrda aholi sonining tabiiy va mexanik o’sishi haqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Masalan, agar aholining soni muayyan davr boshiga ma’lum bo’lsa va umumiy o’sish koeffitsiyenti hisoblangan bo’lsa, u holda aholi sonining t yildan keyin bo’ladigan istiqbolini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin.
Sb – rejalashtirilayotgan davr boshiga aholi soni;
T – bashorat qilinayotgan yillar soni;
Kum.o’s – shu davrga aholining umumiy o’sish koeffitsiyenti.
Umumiy aholi sonini bashorat qilishning boshqa ususi ham mavjud. U dinamika qatorlarini eksttropoliyatsiya qilishga asoslanadi.
Aholi soni istiqbolini alohida yosh bo’yicha guruhlarga ajratib ham hisoblash mumkin. Buning uchun aholi soni va yosh strukturasi haqida, yoshi bo’yicha tug’ilish koeffitsiyentlari haqida ma’lumotlar va xakozolar bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |