Aholi harakati statistikasi
Aholining harakati ko‘rsatkichlari mazmunan bir-biridan farq qiluvchi ikki guruh ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.
Birinchi guruhga aholining tabiiy harakatini, tug‘ilishi va o‘lishini, nikohdan o‘tganlar va ajralganlar sonini, ikkinchi guruhga esa aholining migratsiyasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi (10.2-jadval).
O‘zbekiston aholisi tez sur’atlar bilan o‘suvchi mamlakatlar qatoriga kiradi.Bunga quyidagi omillar katta rol’ o‘ynab keldi: aholining jinsiy nisbati va yosh tarkibida mavjud bo‘lgan ustunlik, bu omil nikohlanish uchun qulay sharoit yaratadi, umumiy aholi tarkibida aholini takror barpo qilishda ishtirok etuvchilar salmog‘ini oshiradi; nikohlanish darajasining sobiq umumittiroq o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi uylanmagan va turmushga chiqmagan shaxslar salmog‘ining ozligi: nisbatan barvaqt uylanish va turmushga chiqish odatda; aholining tabiiy faolroq ishtirok etuvchi qishloq aholisi salmog‘ini yuqoriligi, mahalliy aholi o‘rtasida migratsiya harakatining nisbatan pastligi; yuqori yoshdagi ayollarning farzand ko‘rishdagi faol ishtiroki va shu boisdan milliy an’anaga aylangan serfarzandlik udumi; mahalliy millat ayollari anchagina qismining ijtimoiy ishlab chiqarishga ishtirok etmasligi; demografik madaniyatning nisbatan pastligi va dinni taassuf ta’siri ostida homila sun’iy cheklash usulining uncha tarqalmaganligi.
10.2-jadval
Aholi harakati ko‘rsatkichlari
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
Hisoblash tarkibi
|
Izohlar
|
I. Tabiiy harakat ko‘rsatkichlari
|
1.
|
Tug‘ilish koeffitsienti ( )
|
|
-tug‘ilganlar soni
-aholining o‘rtacha soni
|
2.
|
O‘lish koeffitsienti( )
|
|
-o‘lganlar soni
|
3.
|
Mutloq tabiiy o‘zgarishi ( )
|
|
|
4.
|
Tabiiy o‘zgarishi koeffitsienti ( )
|
|
yoki
|
5.
|
Maxsus tug‘ilish koeffitsienti ( )
|
|
A’-15-49 yoshdagi ayollarning o‘rtacha soni
|
6.
|
Maxsus, 1 yoshgacha bolalar o‘limi koeffitsienti ( )
|
|
m-joriy yilda tug‘ilganlar sonidan 1 yoshgacha o‘lganlar soni;
N0 va N1-o‘tgan va joriy yilda tug‘ilganlar soni
|
II. Mexanik harakat ko‘rsatkichlari
|
7.
|
Kelganlar koeffitsienti ( )
|
|
-mazkur aholi punktiga domiy yashash uchun kelgan aholi soni
|
8.
|
Ketganlar koeffitsienti( )
|
|
- mazkur aholi punktidan boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun ketganlar soni
|
9.
|
Mexanik o‘zgarishi koeffitsienti( )
|
|
yoki
|
10.
|
Mutloq mexanik o‘zgarishi ( )
|
|
|
10.3-jadval
SHahar aholisining tabiiy harakati ko‘rsatkichlari
(1000 kishiga)
№
|
|
Tug‘ilganlar
|
O‘lganlar
|
Tabiiy o‘zgarishi
|
2000
|
2010
|
2000
|
2010
|
2000
|
2010
|
|
Koeffitsientlar
(promillida)
|
21,3
|
21,0
|
5,5
|
5,4
|
15,8
|
15,6
|
10.3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, shaharda 2010 yilda 2000 yilga nisbatan aholini tabiiy o‘zgarishi pasaygan (0,2 punkt).
Aholini takror barpo etish jarayonini tavsiflash uchun statistika darsliklarida rus zemstvo statistiki V.N.Pokrovskiy nomi bilan bog‘liq bo‘lgan “Hayotiylik koeffitsienti”ni hisoblash tavsiya etilgan.
Hayotiylik koeffitsienti tug‘ilganlar sonini o‘lganlar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi:
Bu ko‘rsatkich tug‘ilish koeffitsientini o‘lish koeffitsientiga bo‘lish yo‘li bilan ham aniqlanishi mumkin. Agar bu nisbat natijasi 1 dan katta
bo‘lsa, u holda mazkur regionda tabiiy o‘sish sodir bo‘lgan, agar bu nisbatan 1 dan kichik
bo‘lsa, u holda mazkur regionda aholining kamayishi sodir bo‘lgan.
Demak hayotiylik koeffitsientining o‘sishi aholi sonining oshishiga olib keladi va aksincha.
Makroiqtisodiyotning bo‘lajak istiqbolini oldindan rejalashtirish, eng avvalo, aholining kelgusida o‘zgarishini –istiqbolini aniqlashdan boshlanadi. CHunki reja ko‘rsatkichlarining asosiy qismi jamiyat ehtiyojini, xususan aholi ehtiyojini qondirishga buysundirilishi lozim. Aholining istiqbolda ko‘payishini belgilash: kelgusida shakllanadigan demografik tarkibiy o‘zgarishlarni aniqlash; hududiy miqyosida aholining tabiiy ko‘payishi va migratsiya ko‘lamini taxmin qilish; shahar bilani qishloq aholisi nisbatini oldindan bilish; mehnat tarkibiy o‘zgarishini oldindan
tahlil qilish; har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini kelgusi 15-20 yil mobaynigacha bashorat (taxmin) qila bilishdan iboratdir.
Zero, bozor iqtisodiyoti faqat bugungi kunning yoxud yaqin kelajakning manfaati bilangina yashamaydi, aksincha, u ishlab chiqaruvchi kuchlarning bugungi salohiyatiga tayanib, istiqbolda ro‘y beradigan aholi va mehnat resurlarining o‘sishi natijasida ta’sir etadigan oqibatlarni ham oldindan hisobga oladi.
Aholining perspektiv (istiqboldagi) sonini hisoblash global va yoshni siljish usullari yordamida hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |