Strukturaviy ishsizlik iqtisodiyot, fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlangan sari yangi ishlab chiqarishlar, korxonalar sifat jihatidan yangi tarmoqlar paydo bo‘lishi va ayni vaqtda boshqa korxonalar, tarmoqlar, texnologiyaning eskirishi bilan bog‘liq. Bunda doimiy ravishda yangi kasblar paydo bo‘ladi va ilgari keng tarqalgan ba’zi kasblar keraksizga aylanadi, yangi kasblarga talab kuchayadi va eskilariga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Bular natijasida keraksiz bo‘lib qolgan ishchi kuchi strukturaviy ishsizlikni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |