Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/55
Sana02.05.2023
Hajmi0,69 Mb.
#934152
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
DEMOGRAFIK BASHORAT 
 
Demografik bashorat deganda ma’lum HUDUD ahoisining soni, tarkibi va 
demografik vaziyati istiqbolini itimiy asoslangan holda oldindan aniqlash tushuniladi. 
Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlar, demografik bashorat zaminida tuziladi. 
Kelajakda ishlab chiqarish lozim bo’lgan maxsulotlar miqdorini rejalashtirish, 
aholiga xizmat qiluvchi barcha sotsial sohalarni rivojlantirish uchun avvalo 
kelajakdagi aholi soni, yosh-jinsiy tarkibi, oilalar sonini bilish lozimdir. Ayniqsa, 
aholining yosh tarkibi bo’yicha bashorati muxim ahamiyatga egadir. Kelajakda 
maktabgacha bo’lgan bolalar muassasalari, maktablar, oliy va maxsus o’quv 
yurtlarini qurilishini rejalashtirish uchun kelajakda qancha bola maktabgacha 
muassasalariga qatnashi mumkin, qancha bola maktab yoshiga yetishi. qancha bola 
maktabni tugatib oliy va maxsus o’quv yurtlariga borishi xaqidagi ma’lumotlar 
zarurdir. 
Aholini yosh-jinsiy tarkibi xaqidagi bashorat tibbiy xizmat ko’rsatish 
tizimining rivojlanishi uchun ham muxim axamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy 
tarkibi bo’yicha tuzilgan bashorat asosida kelajakda qancha bolalar va ayotlar 
shifokorlari, aholining keksa guruhiga xyzmat qiluvchi kardiologlar, onkologlar, 
nevropotologlar kabi muttaxassislar tayyorlash rejalashtiriladi. 
Kelajakda, yangi ish o’rinlarini tayyorlash, xalq xo’jaligi sohalarini 
rivojlantirish istiqbollarini aniqlashda esa mexnat yoshidagi aholi xaqidagi bashorat 
ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Umuman, iqtisodiyot va aholini ijtimoiy xayotining 
barcha qirralari istiqbolini rejalashtirishda shu sotsial jarayonlarning qatnashchilari, 
iste’molchilari va yaratuvchilari bo’lmish, aholi guruhlari xaqidagi demografik 
bashorat zarurdir. Aks xolda kelajak uchun rejalashtirilgan har qanday ijtimoiy-
iqtisodiy jarayon ijobiy natija bermaydi. 
Demografik bashorat, demografiya fani va demografik tadqiqotlarning asosiy 
vazifalaridan biri xisoblanadi. Demografik bashorat-bashorat etilayotgan davrga 
qarab, qisqa muddatlig o’rta mudddtli va uzoq muddatli bo’ladi. 
Qisqa muddatli demografik bashorat —5 yilga mo’tljallangan bo’lib, turli 
xo’jalik va rejalashtirish tashkilotlarida ko’proq qo’llaniladi. Qisqa muddatli 
bashoratda aniqlik darajasi nisbatan yuqori bo’ladi. Chunki 5 yil davomida aholini 
o’limi va tutilish jarayonida ham keskin o’zgarish ro’y bermaydi. Mehnat resurslari
farzand ko’rish yoshidagi aholi guruhi, nafaqa yoshidagi aholi guruhlari xaqidagi 
ma’lumotlar aniq bo’ladi. Asosan tug’iladigan bolalar soni maxsus hisob-kitoblar, 
uslublar orqali hisoblanadi. 
O’rta muddatli demografik bashoratlar-30 yilgacha bo’lgan davr uchun 
hisoblanadi. Ushbu bashoratda aholini tug’ilish va o’lim jarayonlari, aholi 
migratsiyasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar ilmiy asosda o’rganiladi va 
bashorat tuzishda hisobga olinadi. 
Uzoq muddatli demografik bashoratlar 30 — 60 yilga mo’ljallanadi. Bunday 


- 72 - 
bashoratdar aholi tug’ilishi va o’limining kelajakdagi o’zgarishlar xaqidagi 
gipotezalarga asoslanadi. Uzoq muddatli demografik bashoratda aholi migratsiyasini 
hisobga olish bir muncha murakkabroq kechadi. Chunki aholi migratsiyasi ijtimoiy 
— iqtisodiy o’zgarishlar bilan bir qatorda jamiyatda, tabiatda yuz bergan tasodifiy 
jarayonlar bilan ham bog’liqdir. Shu tufayli uzoq muddatli demografik 
bashoratlarning aniqlik darajasi nisbatan pastroq bo’lishi mumkin. 
Demografik bashorat uslublari. Demografik bashoratning eng oddiy uslubi 
aholi umumiy sonini ma’lum davridagi o’zgarishini aniqlashdir. Bu uslubda bashorat 
qilinayotgan davrning boshlanishidagi demografik xolat asos qilib olinadi va shu 
holatga asosan bashorat qilinadigan davr uchun aholi soni hisoblanadi. Ushbu uslub 
quyidagi formulada o’z aksini topgan: 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish