3- Mavzu: Eksperimental tadqiqotlarning tarkibiy tuzilishi Reja:
1. Metodologiya. Ijtimoiy psixologik tadqiqot dasturi
2. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda tanlash metodi
3. Ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish tajribasi
5. Hujjatli manbalar tahlili
6. Anketa va intervyu
Mashg‘ulot maqsadi: talabalarda eksperimental tadqiqotlarning asosiy bosqichlari to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish.
Kutilayotgan natija:
1. Psixologiya fani metodologiyasi izohlay oladi.
2.Eksperimental psixologiyaning hozirgi davrdagi paradigmasi tahlil qila oladi.
3. Ilmiy tadqiqotning bosqichlari, turlari haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan asosiy kalit tushunchalar: metodologiya, ilmiy tadqiqot, nazariya, ilmiy muammo, tamoyillar.
Metodologiya - uslibiyot deb ilmiy tadqiqot tamoyillari tizimiga aytiladi. Aynan, metodologiya to’plangan faktlar bilimning real va ishonchli asosiga qay darajada xizmat qilishi mumkinligini aniqlaydi.
Rasmiy nuqtai nazardan, metodologiya real hayot haqidagi bilimlar mazmuni bilan bog’liq bo’lmay, balki bilimlarni tashkil etish borasidagi jarayonlar bilan ish ko’radi. SHuning uchun «metologiya» termini, odatda, tadqiq etilgan protsedura, texnika, usullar majmuini va ma’lumotlar to’plash, ularni qayta ishlashni anglatadi.
Metodologiyani mohiyatan tushunish tadqiqot predmeti doirasidagi evristik (ya’ni, izlanayotgan) funktsiyani amalga oshirish asoslanadi. Har qanday nazariy bilimlar tizimi nafaqat predmet doirasidagi tasvirlash va tushuntirish mazmuniga ega bo’ladi, balki, bir vaqtning o’zida yangi bilimlar izlanishida qurol hisoblanadi.
Predmet doirasidagi ob’ektiv hayotni aks ettiruvchi nazariya qanchalik tamoyil va qonunlarni shakllantirsa u shunchalik voqe’likning o’rganilmagan qirralariga kirish usullarini ko’rsatadi. Gegelning ta’kidlashicha: - “Har qanday fan amaliy mantiqdir”.
A.N.Kupriyan nazariyaning 3 ta asosiy metodologik funktsiyalarini ajratib ko’rsatadi: mo’ljallangan, bashoratlangan, klassifikatsiyalangan - tasnifiy. Birinchisi, tadqiqotchi harakatini ma’lumotlar olishga yo’naltirsa; ikkinchisi, ba’zi maxsus sohalarda o’ziga xos bog’liqlikni tiklashga suyanadi; uchinchisi esa xususiyat va aloqalarni namoyon qilish yo’li orqali faktlarni tizimlashtirishga yordam beradi.
Dastur - ilmiy amaliy tadqiqot faoliyatining qonuniyatli bajarilish tartibi va bosqichli dasturlashtirilgan ketma-ketligi bo’lib, bu umumiy kanseptsiya loyihada aks etadi.
Dasturga qo’yiladigan asosiy talablar:
zarurat;
aniqlik;
asoslangshanlik;
mantiqiy ketma-ketlik.
Dastur psixolog tomonidan amalga oshiriladigan bo’lajak tadqiqot tartibini aniq asoslab tuzib chiqishdan iboratdir. Bu tartib bo’lajak tadqiqot materiallarini to’plash, qayta ishlash va ma’lumotlarni tahlil qilishni o’z ichiga oladi.
Dastur mazmuni haqida qisqcha ma’lumot berilishi annotatsiya deyiladi. Har qanday empirik psixologik tadqiqot dasturning umumiy talablari mavjud. Bularga: tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash, ishchi farzni ishlab chiqish, dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |