Daromadlar kambag‘alligi" ni emas, balki haqiqiy kambag‘allik - Shunday qilib, "daromadlar kambag‘alligi" ni emas, balki haqiqiy kambag‘allik bilan kurashish muammosi, bir tomondan, daromadlarni sarflash xususiyatlari va boshqa tomondan mavjud resurslarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishdir. Va bu bir xillikdan uzoq bo‘lgan hamda ijtimoiy siyosatning tubdan farq qiladigan oqibatlarini keltirib chiqaradigan kambag‘allik sabablarini batafsil tushunish zarurligini anglatadi.
- Hozirgi davrda kambag‘allik chegarasi bir kishi uchun sutkasiga 3,2 AQSh dollari miqdorida belgilangan. Agar bu miqdorni bir kishi uchun bir oyda 96 AQSh dollar tashkil etishini hisobga olsak, O‘zbekiston oilalari o‘rtacha soni 5 kishini tashkil etishi va bu chegara bir oila uchun 458,9 AQSh dollarini tashkil etishi kerak. Ayni paytda aholining pul daromadlari bilan birga natural daromadlari ham bor. Natural daromadlarni to‘liq statistik hisobga olish imkoniyati cheklangan. Demak, O‘zbekiston kambag‘allik darajasini aniqlashda jahon tajribasini hisobga olgan holda o‘zining milliy kambag‘allik chegarasini belgilab olishi talab etiladi.
Kambag‘allikning salbiy oqibatlari: - Jinoyatchilikning avj olishi. Jinoyatchilik aholining kam ta’minlangan va kam daromadli qatlamlari orasida ko‘proq uchraydi, ular ba’zan "ko‘p daromad topish" ning oson yo‘li, ya’ni jinoiy shakllariga murojaat qiladilar.
- Salomatlikning yomonlashishi. Aholining past daromadli qismining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. yetarli darajada ovqatlanmaslik, gigiena me’yorlari yo‘qligi, tibbiy xizmatni o‘z vaqtida olish yoki samarali dori- darmonlarni olishga imkon bermaydigan moliyaviy resurslarning etishmasligi va boshqalar kam ta’minlanganlar orasida kasalliklarning ko‘payishiga olib keladi.
- Alkogolizm va kashandalikning o‘sishi. Ish o‘rni, daromadi va yashash sharoiti bo‘lmagan odamlar axloqiy ko‘rsatmalarni juda tez o‘zgartiradilar. Bu, o‘z navbatida, turli xil nosog‘lom xatti-harakatlarga olib keladi, ularning eng jiddiy shakllaridan biri alkogolizm va kashandalik qilishdir.
- Jamiyatda ijtimoiy keskinlikning kuchayishi. Kambag‘allikning yuqori darajasi ham jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Aholining umumiy ma’lumot darajasining pasayishi. Daromadi past bo‘lgan oilalar ko‘pincha o‘zlarini o‘qish uchun zarur bo‘lgan narsalar bilan to‘liq ta’minlay olmaydilar: o‘quv qurollari, kiyim-kechak va oddiy ovqatlanish.
- Ijtimoiy-demografik oqibatlar. Mehnatga layoqatli aholining qishloq joylardan shaharlarga (chet davlatlarga) ishlash maqsadida ko‘chib ketishi, u yerda qonuniy (noqonuniy) joylashib qolishga harakat qilishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |