Emas zar nigor, balki zarrin devor.
Qandillar oltin, osilmish edi,
Ipaqdan gilamlar solinmish edi.
Bu yanglig‘ edi joyi jannat nishon,
Jahonda yo‘q erdi anga o‘xshagan.
Bo‘yinga taqishgan asl durlari,
Turar anda minglarcha hur qizlari.
Boridur ochilgan guliston guli,
To‘lin oy quyoshdek erur har biri.
Ko‘ringay libos ostidan tanlari,
Yetar yuz qadamdin alar hidlari.
Bosh uzra solmish mush’abid to‘ri,
Etak gulga to‘lmish, beli kokili.
Beli qil kabi ko‘p ingichka edi,
So‘zi shakkaru, lablari bol edi.
Gapirsa tili dur nisor aylagay,
Kulimsib ko‘zi yuz xumor aylagay
Bu bazm ichra to‘lgan bari hur edi,
Yeru osmon barchasi nur edi.
Cholg‘u, qo‘shiqchi, o‘yinchilari,
Bu to‘yga yig‘ilmish pari qizlari.
Biri chalsa qonun, biri arg‘anun,
Bu bazmi ichra o‘ynardilar kunu tun.
Peterburgda o‘tdi bu to‘y o‘n kuni,
Tomosha qilib tinmayin kun-tuni.
Keyin chiqdi yorliq borib Maskova,
Yana to‘y berib anga o‘tkazmaga.
Biling, shahri Maskovni xon balqidir.
Aning kengligi olti farsax erur.
Kecha-kunduzi ila ko‘rib tuzdilar
Ham ul to‘yni uch kunda o‘tkizdilar.
Charog‘on bo‘lib bo‘sh yeri qolmadi,
Falakdek chirog‘ to‘ldi, kam bo‘lmadi.
Charog‘on edi Maskov uch kungacha,
Bo‘lib bazmi, o‘yinlar kunu tungacha,
Kecha-kunduzini kishi bilmadi,
Falak oy yulduzlarin ko‘rmadi.
Shu chog‘da xabar bo‘ldi shoh chiqdi deb,
Peterburgdin Maskova yurdi deb.
Asogir ani to‘sgani foj urib,
Dengiz to‘lqinidek sipoh mavj urib.
Butun xalq daryo kabi oqdilar,
Shahanshoh kelmish deb oshiqdilar...
Do'stlaringiz bilan baham: |