ABDULKODIRNING ELCHILIGI HAMDA RUSIYANING TO’Y BAZMLARIDA KO’RILGAN
AJOYIBOTLAR HAQIDA
Peterburg shahri senga poytaxt,
Aning chun anga yordur ikki baxt.
Eram bog‘i bu shahardek bo‘lmag‘ay,
Buni ko‘rgan kyshi ani suymag‘ay.
Nishoni buni yer emas, ko‘k erur,
Aningdek buning yulduzi ko‘p erur.
Ko‘rolmas ersang quyosh kunduzi,
Hisobsiz ko‘rarsan quyoshdek qizi.
Qorong‘u kechalarda yonsa chirog‘,
Solur ko‘pni ko‘ksiga yuz mingcha dog‘.
Yetib shul zamon podshoh amridin,
Bo‘libdur bu kun bir jis oyga qarin.
Aning husni vasfiga yetmas gumon,
Toq erdi bu kun bo‘ldilar tov amon.
Falak qildi aqlin tamanno aning,
Sochilg‘usi bo‘ldi surayyo aning.
Uning to‘yida qochdi elning g‘ami,
Qutulmish edi g‘amidan olami.
Falak qozisi erdi ul mushtarin,
Boshidan olib irg‘itib dastarin,
Bu to‘y bazmida qo‘l solib o‘ynadi,
Esirkib emish har yona ag‘nadi.
Na bir jis bu ishda yolg‘iz edi,
Ko‘rib bazm bahrom kulmish edi.
Falak yondirib bu quyosh mash’alin,
Ko‘ribmish edi zuhraning masligin.
Atorud bu bazm ichra hushi ketib,
Yubordi qo‘lidin qalam irg‘itib.
Ko‘rib oy bazmida hur qizlarin,
Yashirmish erdi dog‘lik yuzlarin.
Jahonga to‘lib erdi ko‘rku chiroy,
Bu qanday to‘y erdi, ko‘ring hoyi-hoy.
Quloqqa kirar udi naylar uni,
Dutori, setorlar cholur tanburi.
Qurilmish edi bu bino olti qat,
Hama ustma-ust erdi, qatma-qat.
Falakka yetar erdi ayvonlari,
Bulutga tiralmishdir ustunlari.
Bu ustunlar erdi hama zar nigor,
Do'stlaringiz bilan baham: |