O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini shakllantirish borasida amalga oshirilgan ba’zi tashkiliy ishlar:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligibilan BMT Taraqqiyot dasturining «Davlat boshqaruvini samarali rivojlantirish va raqamli transformatsiyaga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat boshqaruviga qo‘llash imkoniyatlari nuqtai nazaridan Xalqaro tajriba keng o‘rganilishi tashkil etilgan.
Jumladan, 2019 yilning fevralida shu loyiha doirasida «Malayziyaning ma’muriy islohotlar sohasidagi tajribasini o‘rganish: O‘zbekiston uchun xulosalar» mavzusida muhokamalar,2 tashkil etildi.
YOki boshqa misol. "Davlat boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish" O‘zbekiston-BAA hukumatlararo dasturi doirasida davlat boshqaruvi va intellektual davlat xizmatlari, institutsional samaradorlik, innovatsiyalar hamda etakchilik va salohiyatni oshirishda BAAning etakchi tajribasini qo‘llash imkoniyatlarini3 o‘rganish yuzasidan tadbirlar o‘tkazildi.
Aytish joizki, bunday ishlar nafaqat xorijiy tajribani o‘rganish bilan chegaralanib qolmasdan, ularni amaliyotda qo‘llash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Misol, uchun Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida tajriba tariqasida davlat boshqaruvining alohida tartibini sinovdan o‘tkazish tashkil etildi.4
Bundan tashqari, keyingi yillarda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangilash, texnik va texnologik modernizatsiya qilish borasida salmoqli tashkiliy ishlar amalga oshirilganligini ham alohida qayd etish zarur.
Mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish natijasida nimalarga erishiladi?
- Avvalo, davlat boshqaruvi va hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi muntazam ravishda yuksalishiga;
- jamoat tashkilotlari va fuqarolarning barcha bo‘g‘inlardagi davlat boshqaruvi va hokimiyat organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish va undan foydalanish imkoniyati yaratilishiga;
- axborotning ochiqligi sharoitida fuqarolarning davlat boshqaruvi va hokimiyat organlari vakillari bilan bevosita muloqot olib borishiga;
- fuqarolarning qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari muhokamasida ishtirok etishiga va pirovard natijada ularning hokimiyatga bo‘lgan ishonchini oshishiga;
- qarorlar qabul qilinishida aholi ishtirok etishi darajasi oshishi tufayli hokimiyatning faoliyati yanada sifatli, shaffof bo‘lishiga erishiladi.
Mamlakatda kechayotgan jarayonlar to‘g‘risidagi axborot bilan erkin tanishish hamda undan unumli foydalanish imkoniyati tabiiy ravishda fuqarolarning siyosiy faolligini oshirib, boshqaruv sohasida muntazam ishtirok etish ehtiyojini shakllantiradi.
YUqoridagilardan tashqari, O‘zbekiston sharoitida “elektron hukumat” tizimining joriy etilishi, qo‘shimcha ravishda, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- Amaldagiga nisbatan ancha samarali va kam harajatli ma’muriy boshqaruv tizimi shakllanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarni elektron hukumat tizimi orqali, ya’ni interaktiv shaklda taqdim qilish natijasida 4,5 mlrd AQSH dollariga teng mablag‘ tejab qolish imkoniyati mavjud.1
Bundan tashqari, qog‘ozga sarflanadigan harajatlar ham keskin qisqaradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat hokimligining bir xodimi yiliga 26 kg qog‘oz ishlatadi. Mamlakatimizda qog‘oz ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy resurslar etarli emasligini, qog‘oz, asosan xorijdan import qilinishini hisobga olsak, Davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar tizimini axborotlashtirish orqali boshqaruv faoliyatida sarflanadigan qog‘oz hajmini yarmiga qisqartirish mumkinligi ma’lum bo‘ladi. Bu degan so‘z, xorijga chiqib ketayotgan valyutaning miqdori qisqaradi2 hamda iqtisod qilingan mablag‘ni ijtimoiy hayotning boshqa sohalariga sarflash imkoniyati yuzaga keladi.
Ayni chog‘da, elektron hukumat tizimining joriy etilishi jamiyat hayotidagi muammolarning nafaqat navbatdagi amaliy echimi, amal qilib turgan tuzilmalar va ijtimoiy munosabatlarni modernizatsiya qilish usuli, balki davlat boshqaruvini tashkil etish tamoyillarini tubdan o‘zgartirishga doir mustaqil g‘oya deb qarash hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omili sifatida o‘rganish zarur.
SHunday qilib, hozirgi zamon jamiyati axborot makonining o‘zgarishi qadriyatlarning yangi tizimi, bilish va amaliyotning eng yangi ustuvorliklari shakllanishiga olib keladi. Bunday qadriyatlar va ustuvorliklar o‘z navbatida insonning jamiyatdagi xulq-atvoriga, siyosiy va iqtisodiy tizimning takomillashuviga, deyarli barcha fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.
Ayni chog‘da, hozirgi zamon siyosiy hokimiyati jamiyat taraqqiyotining avvalgi tarixiy davrlarida mavjud bo‘lmagan yangi resursga – shaxs va jamiyatga ta’sir ko‘rsatadigan axborot-kommunikatsiya resursiga ega bo‘lishi natijasida bir qator muammolar ham yuzaga kelishi mumkinligini aytish zarur. Ular quyidagilar:
- Jamiyatning muayyan qismi axborotni qayta ishlash va undan samarali foydalanish texnologiyasini egallaganligi ularga o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda axborotni o‘zgartirish, jamiyat a’zolarining qolgan qismiga o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilish, ularga ta’sir o‘tkazish (manipulyasiya) xavfini yuzaga keltiradi. Bunda elektron hukumat va elektron demokratiya qaror topishi bilan bir vaqtda jamiyatda “raqamli notenglik” prinsipi bo‘yicha ixtilof kelib chiqish xavfi ham mavjud bo‘ladi. Olis va chekka xududlarni mobilь aloqa bilan qamrab olish darajasi, Internetdan samarali foydalanishdagi noqulayliklar ham “raqamli notenglik”ni keltirib chiqarishi mumkin.
- Davlat xizmatchilari ish tartibini o‘zgartirishni istamasligi, amaldagi tizimni modernizatsiyalash zarurligi haqidagi fikrlarni har doim ham qabul qila olmasligi tufayli axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshqaruv faoliyatiga joriy qilish kutilgan samarani bermaydi. SHu sababdan elektron hukumat tizimining muvaffaqiyati, nafaqat texnik masalalarga, balki ko‘p jihatdan sub’ektiv omilga, ya’ni davlat xizmatchilarining bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashi, uni amalga oshirishga sidqidildan intilishiga bog‘liq.
- Jamiyatning axborot infratuzilmasini texnologlar yaratganligi sababli, jamiyat taraqqiyotida, siyosiy jarayonlarni boshqarishda texnokratik tamoyillar ustunlik qilishining ehtimoli kuchayadi. SHu bois yuqorida qayd etilganidek, hozirgi zamon jamiyatini modernizatsiya qilish jarayonida “inson omili”ning roli oshib boradi.
- Elektron demokratiyaning qaror topishi shaxs mediamadaniyati oshishini taqozo etadi, fuqarolarning axborot makonida taklif etilayotgan medianomalarni tanqidiy tahlil etish va ularga xolis baho berish, axborot plyuralizmining, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish demokratiyasi amal qilishining ijtimoiy-madaniy va siyosiy qonuniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish borasidagi qobiliyatini rivojlantirishni taqozo qiladi.
- Insonning axborot jarayonlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari keskin ravishda oshishi natijasida shaxs erkinligini uning o‘z hatti-harakatlari uchun mas’ullik xisi bilan uyg‘unlashtirish muammosi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
- Axborot kommunikatsiyalarining rivoji shaxsiy hayotning daxlsizligiga putur etkazishi ehtimoli ham yuzaga keladi. So‘nggi yillardaa axborot vositalarida maxsus xizmati idoralari tomonidan rivojlangan davlatlar rahbarlarining telefondagi suhbatlari eshitilganligi, elektron yozishmalari kuzatib borilgani, mamlakat fuqarolarining elektron kuzatuv ostiga olinib, ularning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlar to‘planganligi haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘ldi.1 YUzaga kelgan bunday holat axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilarning xuquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy shart-sharoitlar va kafolatlar yaratish zarurligi, shaxsiy ma’lumotlarni, jumladan shaxsiy hayot, shaxsiy va oila siri daxlsizligini huquqiy himoya qilinishini ta’minlash hozirgi kunda qanchalik dolzarb bo‘lib borayotganini ko‘rsatmoqda. YUqorida O‘zbekistonda bu masalaga jiddiy e’tibor berilayotganligi, jumladan bu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solinishi haqida misollar keltirilgan edi.2
Aytish joizki, O‘zbekistonda davlat boshqaruvini isloh qilishda, “elektron hukumat” tizimini joriy qilishda, aholini boshqaruv organlari faoliyatidan xabardor qilish hamda davlat qarorlarini qabul qilish jarayoniga jamoatchilikni keng jalb qilish borasida qator muammolar mavjud.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, har qanday davlat uchun o‘zini qayta qurish mushkul masaladir. SHu sababli, davlat uchun bu jarayonda boshqaruvning muhim mexanizmi bo‘lgan jamoatchilik ishtiroki (jamoatchilik manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat qarorlarini qabul qilish jarayoni)ni ta’minlash nihoyatda muhim. O‘z navbatida bu davlatni aholi manfaatlariga mos keladigan islohotlarni o‘tkazish va ularni tezlatishga undaydi.
Tahlillar bu jarayonlarda jamoatchilik ishtirokining qamrovi keng bo‘lgan mamlakatlarda fuqarolarning o‘z hayotlaridan qanoat hosil qilish darajasi yuqori bo‘lib, korrupsiya darajasi past ekanligini ko‘rsatmoqda.
International Association for Public Participation ekspertlari3 tomonidan boshqaruvda jamoachilik ishtiroki darajasini belgilovchi besh bosqich (xabardor qilish, konsulьtatsiya berish, jalb qilish, hamkorlik qilish, jamoatchilikka vakolat berish)dan iborat modelь ishlab chiqilgan.
Bosqichlarning har biri jamoatchilikni qarorlarni qabul qilishdagi vakolati darajasi yoki ularning hukumat qarorlariga qay darajada ta’sir o‘tkazishi bilan bir-biridan farq qiladi. International Association for Public Participation ekspertlarining fikricha hozirgi kunda O‘zbekiston ikkinchi bosqichdan uchinchisiga, ya’ni konsulьtatsiya berishdan jalb qilishga o‘tish darajasida ekanligini qayd qilingan.1
Bundan tashqari sohadagi mavjud muammolarga qator respublika darajasidagi tashkilotlar, ko‘pgina tuman va shahar hokimliklarning axborot xizmati faoliyati zamonaviy talablarga javob beramasligi hamda davlat va xo‘jalik tashkilotlari veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida axborotlar etarli darajada emas2ligi, matbuot kotiblari yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini xalqimizga, keng jamoatchilikka va dunyo hamjamiyatiga xolis, ishonchli, tezkor va to‘laqonli etkazib berishda OAV bilan samarali muloqot o‘rnata olmaganligi, matbuot xizmatlarining ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi ishtiroki sustligini,3 ba’zi rahbarlarning matbuot bilan ishlashga etarli e’tibor bermayotganligi. SHu kungacha 20 ga yaqin davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida, 150 dan ortiq tuman, shahar va viloyat hokimliklarida axborot xizmatlari tashkil qilinmaganligini ham kiritish mumkin.4
Mamlakatimizda xalq bilan aloqa qilishning samaradorligini oshirish borasida qo‘yilgan yangi qadamlardan yana biri, 2020 yildan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida fuqarolarning Internet tarmog‘idagi murojaatlari asosida parlament va deputat so‘rovlarini shakllantirish, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida elektron portal va mobilь ilovadan foydalanish imkonini beruvchi “Elektron parlament” tizimi joriy etilganlini aytish zarur.
Endilikda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholanganini va uning samaradorlik darajasini monitoring qilish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish amaliyoti shakllantiriladi.
2020 yil 1 iyuldan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyati bo‘yicha, shuningdek, Hukumat a’zolari va tarmoqlar rahbarlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish, ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlarini muntazam ravishda eshitish tartibi amaliyotga tatbiq qilinadi.
2020 yil 1 avgustdan boshlab Oliy Majlis Senatida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish, shuningdek, aholini tashvishga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida o‘rganilgan masalalar bo‘yicha bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2020 yil 1 iyulga qadar “Mening fikrim” veb-portalining mobilь ilovasi ishga tushiriladi, shuningdek, veb-portalga kelib tushayotgan murojaatlarni deputatlar, mutaxassislar va keng jamoatchilikni jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalarida muhokama qilish tashkil etiladi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |