2. Doro I davrida Eron. Kambiz II o`ldirilgach, Gaumata Eron taxtiga o`tirib, yetti oy podsholik qiladi. Lekin ko`p o`tmay miloddan avvalgi 522-yil 29-sentabrda fitnachilar tomonidan o`ldiriladi. Gaumata o`ldirilgach, Eron taxtiga ahamoniylar urug`idan bo`lgan Doro I o`tiradi (miloddan avvalgi 522–486-yillar).
Doro I podsholigining dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, Turon va boshqa mamlakatlarda boshlangan qo`zg`olonlarni shaf-qatsizlik bilan bostiradi. Doro I itoat ettirilgan mamlakatlarda biroz osoyishtalik o`rnatgach, bir qator islohotlar o`tkazishga kirishadi. U mamlakatni 20 ta satraplikka – viloyatga bo`lib, ularning har biriga alohida noib tayinlaydi. Viloyatlardagi qo`shinga harbiy sarkardalar boshchilik qilib, davlat amaldorlari ular ustidan kuchli nazorat o`rnatganlar. Butun mamlakat satrapliklarida «podshoning ko`zi va qulog`i» deb nom olgan nazoratchilar faoliyat ko`rsatganlar. Har bir shubhali kishi qattiq nazorat qilinib, jinoyatiga yarasha jazolangan, hatto o`ldirilgan ham.
Mamlakat viloyatlari o`rtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun tosh yotqizilgan «shoh yo`llari» qurilgan. Bu yo`llar Pasargadadan mamlakatning turli burchaklariga tarmoqlanib ketgan edi, yo`llarda, bekatlar, karvonsaroylar, korizlar qurilib, ularni otliq soqchilar qo`riqlab turgan. Erondan tashqaridagi tobe mamlakatlardan xiroj solig`i undirilgan. Doro T Misr, Milet, Bobil, Elam, Turon va boshqa joylarda ko`tarilgan isyonlarni shafqatsizlik bilan bostirgan va isyonchilarni jazolagan.
Doro I podsholigining so`nggi yillarida eroniylar Frakiya va Makedoniyani bosib olganlar, Yunonistondagi Afina va Sparta eroniylarga qattiq qarshilik ko`rsatgan. Sharqda eroniylar Hind daryosining o`rta va quyi oqimidagi yerlarni bosib olganlar.
Doro I ntng Turon va Qora dengiz shimolidagi skiflar yurtiga, Yunonistonga uyushtirgan istilochilik yurishlari eroniylarning mag`lubiyati bilan tugagan.
Miloddan avvalgi 486-yili Misrda eroniylarga qarshi qo`zg`olon boshlanadi. Doro I qo`zg`olonni bostirishga ulgurmay miloddan avvalgi 486-yili 64 yoshida vafot etadi.
3. So`nggi ahamoniylar davrida Eron. Doro I vafot etgach, taxtga uning o`g`li Kserks o`tiradi. U Eronda miloddan avvalgi 486-yildan miloddan avvalgi 465-yilgacha podsholik qilgan. Miloddan avvalgi 484–481-yillarda Misr va Mesopotamiyada juda katta isyonlar ko`tarilib, Kserks ularni juda qiyinchilik bilan bostiradi.
Miloddan avvalgi 480-yilda Kserks juda katta qo`shin bilan Yunonistonga bostirib kiradi. Eron qo`shinlari yana Frakiya bilan Makedoniyani jangsiz bosib oladilar. Shimoliy Yunonistonni ishg`ol qilgan eroniylar Fermopil shahri ostonasiga kirib keladilar. Fermopil mudofaasiga Sparta podshosi Leonid boshchilik qilib, uning qo`shinlari dushmanni o`rta Yunonistonga o`tadigan yo`lni to`sib turar edi.
Leonid o`z qo`shinlari bilan ikki kun davomida eronliklarning hujumini qaytarib turadi. Ammo fessaliyalik bir xoin katta boylik evaziga eron qo`shinlarini tog` so`qmoqlari orqali yunon qo`shinining orqa tomoniga olib o`tadi. Leonid 3100 kishidan iborat sparta jangchilari bilan jangga kiradi. Jang ikki kecha-yu ikki kunduz davom etadi. Ayovsiz jangda Leonid va uning jangchilari qahramonlarcha halok bo`ladilar. Eroniylar o`rta Yunonistonga bostirib kiradilar va Afinaga yaqinlashadilar. Afina aholisi Salamin oroli va Peloponnesga ko`chiriladi. Afina eroniylar tomonidan ishg`ol qilinib, yondiriladi.
Ammo jang Salamin bo`g`ozida davom etib, eroniylarning mag`lubiyati, yunonlarning g`alabasi bilan tugaydi. Bu mag`lu-biyatdan so`ng eroniylar Yunonistondan ketishga majbur bo`ladilar. Yunon-Eron urushi to`xtab-to`xtab miloddan avvalgi 449-yilgacha davom etib, eroniylarning mag`lubiyati bilan yakunlanadi. Miloddan avvalgi 449-yil Suzada bo`lgan «Kalliy sulhi» ga binoan Eron Kichik Osiyodagi ko`p joylaridan ajralib, uning harbiy-dengiz floti Egey dengizida suzishdan mahrum etiladi.
Miloddan avvalgi 465-yili Kserks o`ldirilgach, Eron taxtiga birin-ketin Artakserks I (460–424), Doro II (423–404), Artakserks II (404-358), Artakserks III (358-336) va Doro III (336-330) kelib ketadilar.
Bu davrda Eron kuchsizlanib ko`p o`lkalarda qo`zg`olonlar ayj olib ketadi. Bu qo`zg`olonlarning ba`zilari shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ayni paytda Kariya, Lidiya, Kilikiya, Hindiston, Xorazm va boshqa mamlakatlar Eron tobeligidan chiqib ketadilar.
4. Yunon-makedonlarning sharqqa yurishi va Eron saltanatining qulashi. Miloddan avvalgi 336-yili Filipp II o`ldirilgach, Makedoniya taxtiga uning o`g`li Iskandar o`tiradi. Miloddan avvalgi 334-yili Iskandar 30 000 piyoda, 5000 otliq askar va 160 harbiy kemadan iborat kuch bilan Kichik Osiyoga o`tib, Eronga urush e `lon qiladi.
Miloddan avvalgi 334–332-yillardagi dahshatli janglar natijasida Iskandar Kichik Osiyo, Kilikiya, Suriya, Finikiya va Palastin kabi davlatlarni bosib oladi. Iss yonidagi jangdan so`ng Eron shohi xotin, bola-chaqasini tashlab, Markaziy Eronga qochib ketadi. Uning butun oilasi Iskandarga asir tushadi. Misr Iskandarga urushsiz taslim bo`ladi.
Miloddan avvalgi 331-yil 1-oktabrda Gavgamel yonidagi dahshatli jangda Eron qo`shinlari yana tor-mor etiladi. Shundan so`ng ikki daryo oralig`i va unga tutash bo`lgan Bobil, Suza, Persepol, Eron poytaxti Pasargad yunon-makedon qo`shinlari tomonidan bosib olinadi. Doro III qolgan qo`shinlari bilan Ekbatanga chekinadi. Iskandar esa eroniylarni ta`qib qilib boraveradi. Ekbatanga Iskandarni kelayotganini eshitgan Doro III Baqtriyaga qochib ketadi. Baqtriya satrapi Bess o`z qarindoshi Doro III ni o`ldirib, o`zini Artakserks IV nomi bilan Eron shohi deb e`lon qiladi. Ko`p o`tmay Bess Iskandar tomonidan ushlanib qattiq qiynoqqa solib o`ldiriladi.
Miloddan avvalgi 329–327-yillarda Iskandar Turonning bir qismini, 327–325-yillarda esa Hindistonning g`arbiy viloyatlarini bosib oladi. U 325-yili Ikki daryo oralig`iga qaytib, Bobilni buyuk saltanatining markaziga aylantiradi. Iskandar buyuk saltanatni ikki yildan oshiqroq boshqaradi. Qadimgi dunyoning buyuk sarkardasi va shohi tez orada betob bo`lib, ehtimol zaharlanib miloddan avvalgi 323-yilda vafot etadi. Iskandar tuzgan bu ulkan davlat mustahkam emas edi. Ayni paytda bu davlatni boshqara oladigan Iskandarzodalar ham yo`q edi. Shu tufayli bu ulkan davlat parchalanib, uning o`rnida bir qancha mayda davlatchalar tashkil topdi. Ularni Iskandarning lashkarboshilari bo`lib oladilar. Eronda esa Salavkalar davlati tashkil topadi.
Kir II Araks daryosidan o‘tib, To‘maris boshchiligidagi mas-sagetlar bilan urushgan deb yoziladi. Uchinchi bir manbalarda esa Kir derbiklar bilan va nihoyat, ayrimlarida dayolar bilan jang qilgan deyiladi. Bu yurish va uning natijalari hakidagi hikoyalar Gerodotda, Trog, Yustinda va boshka mualliflarda berilgan. Gerodotning xabar berishicha, Kichik Osiyoga Kirning o‘zi yurish qilmagan, balki uning ishonchli qo‘mondanlaridan biri Garpog yurish qilgan. Kirning o‘zi esa Osiyoning yuqori qismida joylashgan xalqlarni bo‘ysindirgan. Ahamoniylarning bu barcha davlatlarini bo‘ysindirishini olib qaraydigan bo‘lsak, ular bu davlatlarni juda chiroyli, oqilona va aniq o‘ylangan taktika orqali bosib olishgan dep yozgan Geradot. Gerodotning yozishicha, Kir II Midiyani bosib olgandan so‘ng, uning yo‘lida Vavilon, Baqtriyaga qarshi esa lashkarboshilaridan birini yuboradi. Shunga qaraganda, Kir II Markaziy Osiyo xalqlarining kuch-qudrati va harbiy tayyorgarligi to‘g‘ri-sidagi ma’lumotga ega bo‘lgan. Kir II ning Markaziy Osiyoga yurishi haqidagi ayrim ma’lumotlar grek tarixchisi Ktesiyda berilgan. Uning yozishicha, Kir «baqtriyaliklar bilan urushgan va urushda hech qanday tomon ustunlikka erishmagan». Faqatgina baqtriyaliklar Ahamoniylar davlatining ichki siyosiy ahvoli mustahkamlanganligini (Midiya hukmdori Astiagning Kir oldida taslim bo‘lishi) bilganlaridan so‘nggina, Kirga «ixtiyoriy» bo‘ysunganlar Doro I (er.av. 530-522 yy.) tomonidan o‘yib yozilgan «Bexustun» yozuvlari Ahamoniylar davri tarixini o‘rganishdagi muhim manba hisoblanadi. O’rta Osiyo jumladan So’g’diyonaning antik davrlari tasvirlangan asarlar ichida Kvint Kurs Rufning “Aleksandr Makedonskiy tarixi” asari alohida o„rin tutadi. Unda O„rta Osiyoning eramizdan avvalgi IV-III asrlariga oid voqealar tasvirga kengroq olingan. Kurs Rufning bu asarning O„rta Osiyo haqidagi boshqa asarlardan farqli tomoni shundaki, unda ikki daryo Oks (Amu) va Yaksart (Mir) oralig„idagi tarixiy voqealar keng ifodalangan. Kurs Rufning ushbu asari Diodor, Yustin, hatto jahon adabiyotida muhim o„ringa ega bo„lgan Plutarxning “Aleksandr” romanidan ham ustun ekanligini ko„ramiz. U “Aleksandrning yurishi” asaridan ham bir qadar ustun darajadadir. Asarda tasvirlangan voqealarning bayoni fikrimizning isboti bola oladi. Asarning VII kitobida va VIII kitobning bir qismida Orta Osiyo voqealari tasivrlanadi.
Arrian asarning ikkita kitobi Markaziy Osiyo tarixiga bag’ishlangan bo’lib, tarixning o„ziga xos tasviri keltiriladi. Xuddi shunday tarqoq tarixiy manbalarga Arrion ham yondoshib tarixiy manbalarni aslidagicha berishga harakat qiladi. “Aleksandr Oks daryosi qirg,og’iga keldi, deydi muallif. Bungacha bo„lgan boblarda Aleksandrning Eronga qilgan yurishi, Eron shohi Doro ustidan g„alaba qozonishi hikoya qilinadi. Eron shohi yengilgandan so„ng, u Kavkaz tog„lariga qarab qochadi. Aleksandr uni izma-iz ta‟qib etib kelaveradi. Ta‟qib bir necha kun davom etadi. Doro Kavkaz tog„lariga yashirinmoqchi bo„ladi. Biroq Bess Eron shohining eng yaqin kishisi bo„lishiga qaramasdan, Doroni o„ldirib, boyliklarini olib, O„rta Osiyoga qarab qochadi. Aleksandr Doroning o„ligini topib olib, uni Sharq udumiga ko„ra izzat-ehtirom bilan dafn etishni buyuradi-da, o„zi Bessning izidan ketadi. Bir necha vaqt Kavkazda bo„lib, u yerda “shahar quradi va unga Aleksandriya deb nom beradi. Bizgacha yetip kelgan barcha tarixiy asarlarga koz tashladim va shu xulosaga keldim : Iskandar yoshlik yillaridanoq izzattalablik, qaysarlik va maqsad sari intilish kabi sifatlarni ko’rsatib kelgan. Boshqa tomondan esa u jismoniy lazzatlarga butkul befarq bo’lgan, ortiqcha ovqat yeyishdan o’zini tiygan va ayollarga qiziqish bildirmagan. Aleksandr Makedonskiy Buyuk tarixiy shaxs bu odamni o’z orqasidan erishtira olgan, tarixga muhim bir o’zgartirishlar kiritgan, aktiv davlat va jamoat arbobi.
Iskandar Zulqarnayn 329 yilning bahorida O’rta Osiyoga hujum qildi So’g’diyonani va Baqtriya qal’alarini birin-ketin bosib olar ekan, Maroqandda o’z garnizonini qoldirib, Sirdaryo tomonga — saklar yeriga yuradi Ammo yo’lda u mahalliy aholi tomonidan misli ko’rilmagan qarshilikka duch keladi. Ayni shu vaqtning o’zida Spitamen boshchiligida mil avv 328-yilda so’g’dlar ham Iskandar qo’shinlariga qarshi bosh ko’taradi So’g’dlarga baqtriyaliklar ham kelib qo’shiladi. Iskandar Zulqarnayn saklar bilan sulh tuzishga erishadi Keyin esa asosiy kuchini Spitamenga qarshi tashlaydi 328 yilning kuzida Iskandar bilan Spitamen o’rtasida hal qiluvchi jang bo’ldi. Spitamen bu jangni boy beradi Shu tariqa uning O’rta Osiyo ustidan hukmronligi o’rnatiladi.
O‘rta Osiyo nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan.Usturshonadagi yettita shahar-qal’a Aleksandrga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bularning ichida eng kattasi – Kiro-pol bo‘lib, Kir II uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi. Aleksandr. shahar atro-figa xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan o‘tgan quruq daryo o‘zani orqali o‘zining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiro-pol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. 329 yilning bahorida O’rta Osiyoga hujum qildi So’g’diyonani va Baqtriya qal’alarini birin-ketin bosib olar ekan, Maroqandda o’z garnizonini qoldirib, Sirdaryo tomonga — saklar yeriga yuradi Ammo yo’lda u mahalliy aholi tomonidan misli ko’rilmagan qarshilikka duch keladi. Kiro-pol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. Unda A. boshi va bo‘yniga tosh tegib yarador bo‘lgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon o‘qidan shikastlangan. Makedon qo‘shini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok bo‘lgan, qolgani ichki qo‘rg‘onga yashiringan, so‘ng tashnalikdan qiynalib taslim bo‘lgan. Makedon qo‘shini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan. Aleksandr mahalliy xalqning ja-soratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchi-309lariga asir olingan kishilarni bo‘lib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketma-gunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan. Aleksandr Sug‘diyona Spitamen qo‘zg‘olon ko‘tarib, Marokanda qamal qilgani Spitamen va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor bo‘lgach, qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon qo‘shin tortgan). Tanais daryosi bo‘yidagi jang Mazkur qo‘shin tor-mor keltirilgach, A. shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bog‘-rog‘larni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329–328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328–327 yil boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylashgan qal’alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi, ularni mag‘lub qilgadi.
2.3. Qadimgi Eronning xo`jaligi va madaniyati
1. Dehqonchilik va chorvachilik. Miloddan avvalgi VIII–VI mingyilliklar orasida Eronning ibtidoiy qabilalari termachilikdan dehqonchilikka, ovchilikdan esa chorvachilikka o`ta boshlaganlar. Miloddan avvalgi IV mingyillikdan boshlab esa Kamn, Kerxa va boshqa daryo vodiylarida yashovchi aholi sug`orma dehqonchilik bilan shug`ullana boshlaganlar. Dehqonlar omoch bilan yer haydab, motiga – ketmonchalar bilan ekinlarga ishlov berganlar. Dehqon va bog`bonlar arpa, bug`doy, tariq, sabzavot, olma, nok, olxo`ri, uzum kabi mevalar ekib, ulardan mo`1 hosil olganlar.
Miloddan avvalgi III–II mingyilliklarda Eron, xususan Elam va Midiyada dehqonchilik va chorvachilik yanada rivoj topgan. Dehqonlar tog` va soy daralariga to`g`on, suv omborlari, korizlar qurib, kanallar qazib, ularning suvidan tejab-tergab foydalanganlar.
Qadimgi Eronda chorvachilik ham yaxshi rivoj topgan edi. Chorvadorlar ot va tuya sutidan shifobaxsh ichimlik qimiz va qimron tayyorlaganlar. Eron qo`shinlarining asosiy qismini ot va tuya mingan suvoriylar tashkil etgan. Eron qo`shinlari tarkibida ot qo`shilgan jang aravalari alohida ahamiyatga ega bo`lgan.
Shuni ta`kidlamoq kerakki eron qo`shinlari qismlarida o`rgatilgan jangovar fil minib urushga kiradigan jangchilar ham bo`lgan. Shunday qilib, dehqonchilik va chorvachilik Qadimgi Eron xalqlari xo`jalik hayotida alohida ahamiyatga ega edi.
2. Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Qadimgi Eronda deh-qonchilik va chorvachilik bilan bir qatorda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan edi. Chunki dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan chambarchas bog`liq bo`lgan.
Eron hunarmandchiligining eng qadimgi tarmoqlaridan biri kulolchilikdir. Qadimgi kulollar loyni pishitib undan har xil sopol buyumlar – ko`za, xum, xumcha, qozon, tovoq, xurmacha, piyola va tog`ora yasaganlar. Ulami ustini jimjimador naqshlar bilan bezaganlar. Ichi va sirtini har turli bo`yoqlarga bo`yaganlar. Idish-larning sirtiga odam, hayvon, parranda va barglaming tasvirlarini ishlaganlar. To`qimachilik ham Qadimgi Eron hunarmand-chiligining muhim tarmoqlaridan biri bo`lgan. To`quvchilar zig`ir poyasi, jun va ipakqurti pillasidan ip yigirib maxsus dastgohlarda har xil matolar to`qiganlar. Bu matolardan esa yengil-bosh, uy jihozlari va ro`zg`or buyumlari tikkanlar.
Eron togiaridan mis, qalay, qo`rg`oshin, temir va oltin qazib olish ham uzoq o`tmishga borib taqaladi. Temirchi ustalar temirdan omoch tishi, o`roq, pichoq, xanjar, ketmon, qalqon, nayza, nayza uchlari, kamon o`qi paykonlari, qalqon kabi urush qurollari yasashgan.
Qadimgi Eronda dehqonchilik, chorvachilik va hunarmand-chilikning rivojlana borishi natijasida ortiqcha mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu ortiqcha mahsulotlar mamlakatning ichki bozorida sotilgan yoki buyumlarga almashtirilgan.
Miloddan avvalgi VII–IV asrlarda Eronda tashqi savdo ham rivoj topib savdogarlar Ikki daryo oralig`i, Kichik Osiyo, Misr, O`rta Osiyo, Arabiston, Kavkaz, Hindiston, O`rtayer dengizi atrofidagi davlatlar bilan qizg`in savdo ishlarini olib borganlar.
Tashqi savdo ham suv, ham quruqlik yo`li orqali olib borilgan. Eronning Suza shahridan Lidiyaning Sardi shahrigacha «Shoh yo`li» o`tkazilgan edi. Undan Eron shaharlaridan atrof mamlakatlarga savdo-karvon yo`llari taralgan edi. Karvon yo`lining har yer, har yerida bekatlar, mehmonxonalar, sardoba – suv saqlagichlar, korizlar, karvonsaroylar va rabotlar bunyod etilgan edi. Yo`llar serqatnov bo`lib, uni shohning otliq navkarlari – posbonlari doimo nazorat qilib yurardilar.
Hunarmandchilik va savdo-sotiq davlatga juda katta boylik olib kelar edi.
3. Qadimgi Eron madaniyati. Yozuv. Qadimgi Eronda xilma-xil qabilalar yashaganlar. Shu tufayli Eron madaniyati xilma-xil va ko`p qirrali bo`lgan. Miloddan avvalgi III mingyilliklardayoq elamliklar 150 belgi-rasmdan iborat mustaqil yozuvga ega bo`lganlar. Keyinchalik esa 80 belgidan iborat yozuv kashf etilgan. Lekin miloddan avvalgi XXIII–XXII asrlar davomida elamliklar shumer-akkadning mixsimon yozuvidan foydalanganlar.
Ular miloddan avvalgi VI asrda shumer-akkad mixxatini o`zlashtirib va takomillashtirib 42 belgidan iborat o`z alifbolarini yaratganlar. Ayni paytda ular aramey yozuvlaridan ham foydalanganlar.
Doro I va uning o`g`li Kserks va boshqalar Eron mixsimon xatidan keng foydalanganlar. Bu jihatdan Doro I ning Bexistun va Naqshi – Rustam qoyalariga mixsimon alifboda o`yib yozilgan katta xatlari muhim ahamiyatga egadir.
Adabiyot. Qadimgi eronliklar o`zlarining boy xalq og`zaki ijodiyoti va yozma adabiyotiga ega bo`lganlar. Ular ko`plab xalq maqollari, ertaklari, hikoyalari, qo`shiqlari va yozma adabiyotning ajoyib namunalarini yaratganlar. Bu jihatdan xalq og`zaki ijodiyoti bilan sug`orilgan «Avesto» va Firdavsiyning «Shohnoma» dostoni alohida ahamiyatga egadir. «Avesto» va «Shohnoma»da Eron va Turon xalqianning qadimgi tarixi, xo`jaligi, diniy e`tiqodi va madaniyatimng ko`p tomonlari bayon etilgan. «Shohnoma»ning ko`p dostonlari shoshlik dehqon hikoyalari asosida yaratilgan. Eroniylar mavsumiy, xususan Navro`z bayramiga alohida e`tibor berganlar. Ahamoniy shohlari davrida Navro`z umumdavlat, umumxalq bay-ramiga aylangan.
Tasviriy san`at. Tasviriy san`at qadimgi Eron madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Elam, Midiya va Ahamoniy eroniylari davrida haykaltaroshlik, rassomlik, toshga qabartma rasmlar ishlash va naqqoshlik ham ancha taraqqiy etgan edi. Haykaltaroshlar tosh, oltin va kumushdan xudolar, ma`budalar, shohlar, sarkardalar, ruhoniylar va ba`zan hayvonlarning haykallarini ishlaganlar.
Me`morchilik ham Eronda erta shakllanib ahamoniylar davrida rivoj topdi. Me`mor ustalar, shoh saroylari, maktablar, ibo-datxonalar, harbiy qal`alar qurib, ularning ichi va sirtini xilma-xil naqshlar bilan bezaganlar. Bu jihatdan Elamning Dur-Untash shahrida qurilgan 4 qavatli bino – zikkurat, Midiyadagi Xarxar qal`asi, Pasargadda qurilgan Kayxusrav II maqbarasi, Persepoldagi shoh Doro I saroyi, Persepoldagi Kserks saroyi qadimgi Eron me`morchiligining ajoyib namunalaridir.
Suzaning Dur-Untash shahridagi miloddan avvalgi XIII asrga oid zikkuratga kiraverishda sher, buqa, grifon, xudo va podshohlarning oltin va kumushdan ishlangan haykallari ham kishini hayratga soladi.
Bu jihatdan Persepoldagi qabartma suratlar diqqatga sazovordir. Saroy darvozasiga shoh saroyini qo`riqlovchi qanotli, muqaddas buqalarning haykallari ishlangan. Saroy devorlari shohga turli xil sovg`alar olib kelayotgan xiroj to`lovchi qabilalarning qabartma suratlari bilan bezatilgan.
Erondagi Bexistun qoyasidan Shoh Doro I va turli o`lkalardan bog`lab olib kelinayotgan qabila sardorlarining qabartma tasvirlari zamonimizgacha saqlanib keladi. Bularning barchasi Eronda tasviriy san`atning yuksak darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Qadimgi Eronda matematika, astronomiya, tarix, geografiya, tabobat, veterinariya va boshqa bilimlar rivoj topgan ekan. Ammo Eron shohlari misrlik va yunon tabiblarini saroylaiga tez-tez chorlab turganlar. Tabiblar bemorlarni davolashda shifobaxsh o`simlik va mevalardan keng foydalanganlar.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda Eronliklarning qadimgi ajdodlari dastlab tog`-u tosh, suv, daraxt va har xil hayvonlarni ulug`laganlar. Tabaqaviy jamiyat davlatlar tashkil topishi munosabati, xo`jalikning rivojlana borishi natijasida e`tiqodda ham o`zgarishlar sodir bo`la boshlagan. Xususan elamliklar Pinker degan xudolar onasini ulug`lab, unga e`tiqod qilganlar. Ularda Inshushinak Suza shahri homiysi yer osti xudosi bo`lgan. Naxunt esa quyosh va adolat xudosi hisoblangan. Eronning ko`p joylarida totemizm, fetishizm kabi ibtidoiy din shakllari uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan edi. Midiya podshosi Astiag davrida zardushtiylik keng tarqala boshlaydi. Bu dinning asoschisi Zardusht bo`lib, din shu kishining nomi bilan zardushtiylik deb atalgan. Zardushtiylik dini kitobi «Avesto» bo`lib, unda Eron va Turonda yashagan xalqlarning tarixi, xo`jaligi, diniy e`tiqodi va madaniyati haqida ko`p ma`lumotlar bor. Eron xalqlari Misr, Bobil, Elam xalqlari madaniyatidan bahramand bo`lib, o`zlariga xos madaniyat yaratganlar. Bu dinda Axuramazda yaxshilik, haqiqat va odillik xudosi hisoblangan. Axra-Manyu esa zulmat, o`lim va yomonlik keltiruvchi xudo bo`lgan ekan. Eroniylar e`tiqodiga ko`ra bu ikki xudo o`rtasida kurash davom etgan. Eroniylar Mitra degan quyosh, Anaxita degan suv va hosildorlik shuningdek, yorug`lik, oy va shamol xudolariga e`tiqod qilganlar. Eron shohi Kserks diniy islohot o`tkazib mayda xudolar, ma`budalar va dev-parilarga e`tiqod qilishni taqiqlagan. Axuramazda eronliklarning birdan-bir samoviy tangrisi deb e`lon qilingan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Arxeologlar hikoya qiladi. To’plam. Toshkent, 1974.
2. Arsixovskiy A. Arxeologiya asoslari. Toshkent, 1970.
3. Askarov A, Albaum L.Poseleniye Kuchuktepa. Tashkent, 1970.
4. Borisovskiy A.I. Drevneysheye proshloye chelovechestva. Moskva. Nauka, 1980.
5. Kabirov J, Sagdullayev A.O’rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent, 1990.
6. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. Toshkent, 1991.
7. Okladnikov A.P. Paleolit i mezolit Sredney Azii. Vkn. Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronzi. M. - L., 1966.
Do'stlaringiz bilan baham: |