Moshni o’g’itlash.
Mosh g’alladan so’ng takroriy ekin sifatida yozning ikkinchi yarmida ekilsa gektaridan o’rta hisobda 8-12 s gacha hosil olish mumkin. Keng qatorlab, pilla qurtining nayjasi bilan 1:3 nisbatda (bir hissa mosh urug’i, uch hissa pilla qurtining nayjasi) ekilganda hosildorlik yanada oshadi.
Moshning hosil elementlari paydo bo’layotganda fosforli o’g’itlar bilan oziqlantirilishi yaxshi natija beradi.
Soyani o’g’itlash.
Soya tuproq unumdorligiga juda ham talabchan o’simlik. U sho’rlangan, botqoq va kislotali tuproqlardan boshqa barcha yerlarda yaxshi o’sadi. Tuproq eritmasining pH ko’rsatkichi 6,5-7 bo’lganda soya uchun optimal sharoit hisoblanadi. Soya almashlab ekishda yaxshi o’g’itlangan g’alla ekinidan so’ng joylashtirish kerak. Soyadan keyin ekilgan g’alla, qand lavlagi, sholi, zig’ir va boshqa ekinlarning
hosili oshadi.
Ma’lumotlarga qaraganda soyadan 20 s/ga don va unda muvofiq ravishda vegitativ massa olinganda har gektar yerdan 142 kg azot, 23 kg fosfor va 35 kg kaliy o’zlashtirilgan. Shuning uchun ham soya organik va mineral o’g’itlar bilan yaxshi oziqlantirilgan yerlarga ekilishi kerak.
Soya uchun fosforli va kaliyli o’g’itlarning yuqori me’yori yaxshi ta’sir etadi. Ayniqsa fosforli o’g’itlar soya hosildorligini oshirishi bilan birga urug’idagi yog’ miqdorini ham oshiradi. Fosforli o’g’itlar soya ildizidagi tuganak bakteriyalarning faoliyatini yaxshilash evaziga atmosfera azotini o’zlashtirilishini yaxshilaydi. Soyani yaxshi oziqlantirish evaziga undan 40 s/ga cha hosil olish mumkin.
Agar soya urug’ini ekish oldidan nitragen bilan ishlov berilsa yaxshi natija beradi. Bu usul nafaqat soyani balki o’zidan keyin ekilgan arpani hosilini ham oshiradi.
Shunday qilib dukkakli don ekilari unumdor yerlarga ekilib yaxshi oziqlantirilganda nafaqat mo’l va oqsilga boy hosil beradi, balki o’zidan keyin yerni unumdorligini oshiradi.
Nazorat savollari
G’o’zaning turli rivojlanish davrlarida oziq moddalarga bo’lgan talabi qanday?
G’o’zaning azotga bo’lgan talabi va azotli o’g’itlar me’yori qanday belgilanadi?
G’o’zaga azotli o’g’itlar qaysi muddat va usullarda qo’llaniladi?
Paxtachilikda qo’llaniladigan fosforli o’g’itlarni mohiyati nimada?
Fosforli o’g’itlar me’yorini belgilashda agrokimyoviy haritanomadan qanday foydalaniladi?
G’o’za hosildorligini oshirishda kaliyli o’g’itlarni qo’llash va uni samaradorligi qanday?
Kuzgi donli ekinlarning o’ziga xos biologik xususiyatlari nimalardan iborat?
Kuzgi donli ekinlarni tuproqxususiyatlariga talabi qanday?
Azotli o’g’itlarni qo’llash muddatlari va usullari to’g’risida tushunchangiz?
Kuzgi donli ekinlar uchun mahalliy, fosforli va kaliyli o’g’itlarni qo’llash va ularning samaradorligi qanday?
Kuzgi donli ekinlarni oziqlantirish asoslari nimalardan iborat?
Oziqlantirishni don sifatiga ta’siri qanday?
Dukkakli don ekinlarini xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |