Loviyaning o’g’itlash.
Yaxshi oziqtirilganda loviyaning har gektaridan 40 s/ga cha hosil olish mumkin.
Loviya yer osti suvlari yuza, og’ir loy tuproqlarda yomon o’sadi. Ayniqsa, sho’rlangan, yerlar loviya uchun yaroqsiz yerlar hisoblanib tuproq eritmasi pH-6-7,5 bo’lganda yaxshi o’sadi.
Loviya deyarli barcha ekinlar uchun yaxshi yo’ldosh ekin hisoblanib, go’ng bilan yaxshi oziqlantirilganda hosildorligi ikki hissa oshadi. Loviyaning oziq moddalarini iste’mol qilishi juda qisqa muddatlarda davom etadi. Ya’ni, ko’karib chiqgan so’ng gullash tamom bo’lguncha 50-60 kun mobaynida fosfor, kaliy va
kalsiyning 90-95 %o’zlashtiradi. Fosforli va kaliyli o’g’itlar ayniqsa kaliyli o’g’itlarning kaliy sulfat formasi loviya uchun juda foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |