Misli mikroo’g’itlar (B. A. Yagodin. 1989)
O’g’it
|
Ta’sir etuvchi modda
|
Ta’sir etuvchi modda miqdori, %
|
Mis ko’porosi
|
CuSO4
Cu
|
92,0-98,0
23,4-24,9
|
Misli kukun
|
CuSO4
Cu
|
14-16
5-6
|
Mis kolchedani
|
Cu K2O
|
25,0
58,6
|
50-100 g mis ko’poros bilan 1 s urug’ aralashtirib ekilsa yaxshi samara beradi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda 200-300 g mis ko’poros 1 ga maydondagi nihollarga purkaladn. Mis ko’poros o’z tarkibida 25,0 % ga yaqin mis tutadi.
Xozirgi kunda Olmalikdagi «Ammofos-Maxam» ishlab chiqarish birlashmasida tarkibida mis tutgan (0,25- 0,30 %) ammofos ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Mis kolchedani maxalliy ahamiyatga ega o’g’itlardan hisoblanadi (0,2-0,3% Cu) va uni xar 4-5 yilda bir marta 500-600 kg/ga me’yorda kuzgi shudgor ostiga kiritish mumkin.
Marganes
Marganesning o’simliklar tarkibida uchrashi 1872 yilda, o’simliklar hayotidagi ahamiyati esa 1897 yilda aniqlangan. Bu mikroelementga barcha qishloq xo’jalik ekinlari talabchan bo’lib, uni ayniqsa donli ekinlar, don-dukkaklilar, qandlavlagi, ildizmevalilar, kartoshka va mevali daraxtlar ko’p talab qiladi. Barglarning oqarishi va sarg’ish donlarning paydo bo’lishi, dukkakli ekinlar bargining yoppasiga xlorozga chalinishi, bodring barg plastinkasvning boralib qolishi
marganes tanqisligining asosiy belgilaridan hisoblanadi.
Marganes yuqori oqsidlash-qaytarish potensialiga ega, shu bois u o’simliklar tanasida sodir bo’ladigan biologik oqsillash reaksiyalarida faol qatnashadi.
Marganes fotosintez jarayonida muhim o’rin tutadi, qand moddalar va xlorofill miqdorini ko’paytiradi, askorbin kislota sintezida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi.
Tuproqda marganes kam bo’lgan xollarda (yoki umuman bo’lmaganda) oziqlanish balansidagi elementlarning nisbati buziladi, chunki u kalsiy singari tashqi muhitdan ionlarning tanlab singdirilishida o’zini antagonist sifatida namoyon qiladi.
Marganes reutilizasiya jarayonini tartibga solib turuvchi element sifatida ham muhim o’rin tutadi. U o’simlik hujayralarining suv tutish qobiliyatini oshiradi va hosil elementlarining ko’proq saqlanishiga yordam beradi.
Tuproqda marganes miqdori 1 % gacha yetadi, lekin uning asosiy qismi o’simliklar tomonidan qiyin o’zlashtiriladigan shakldadir.
Marganesli o’g’itlar qo’llash hisobiga qandlavlagidan 23,7, bug’doydan 2,2, makkajo’xoridan 11,8 va arpadan 3,0 s/ga qo’shimcha hosil olinadi.
Sifatida tarkibida margenes tutgan rudalarni ishlash jarayonida chiqadigan chiqindilardan keng foydalaniladi. Ular o’z tarkibida 10-18 % gacha Mn tutadi.
Tarkibida 70 % Mn tutgan marganes sulfat qimmatbaxo mikroo’g’it hisoblanadi (95-jadval) va undan sabzavot ekinlarni o’g’itlashda foydalaniladi.
Marganes fosforli o’g’itlar bilan birgalikda qo’llanilganda yaxshi samara beradi, shu bois marganesli superfosfat ishlab chiqarish yo’lga ko’yilgan. Shuningdek, Mn kompleks o’g’itlar tarkibiga ham kiritiladi.
- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |