Asosiy kompleks o’g’itlar tarkibining oziq moddalar miqdori va nisbatlari
(A. V. Peterburgskiy, 1989)
O’g’it nomi
|
Oziq moddalar nisbati
|
Oziq moddalarning yalpi miqdori
|
Ammofos Diammofos Nitroammofos Nitroammofoska Nitrofoska
|
1:4:0
1:2,5:0
1:1:0
1:1:1
1:1:1
|
56-63
66-6S
48
48-51
33-35
|
Murakkab o’g’itlar, Tarkibida ikki yoki uchta oziq, elementi tutgan murakkab o’g’itlar farqlanadi.
Ammofos - NH4H2PO,. Fosfat kislota tarkibidagi bitta vodorod urnini NH4 olishidan hosil bo’ladi, tarkibidagi ionlar (ammoniy va fosfat) o’simliklar tomonidan barcha tuproq, tiplarida oson o’zlashtiriladi. Ballastsiz o’g’it, tarkibida 11-12 % azot va 46- 60 % fosfor mavjud.
Olinishi juda sodaa: Fosfat kislotani ammiak bilan to’yintirish asosida olinadi
NH3+H3PO4=NH4H2PO4
Diammofos eng yuqori konsentrasiyali murakkab o’g’itlardan biri bo’lib, tarkibida 18 % dan ortiq azot va 50% atrofida fosfor tutadi. (N;P2O5-1:2,5),
2NH3+H3PO4=(NH4)2HPO4
Ammofos va diammofos tarkibidagi N:P2O5 nisbatning 1:2,5:4 ga teng bo’lishi ularni nihollarni qo’shimcha oziqlantirish paytida qo’llash imkonini cheklaydi, lekin urug’larni ekish, ko’chat o’tqazish va kuzgi shudgor kiritish yaxshi samara beradi.
Polifosfatlar (Npt2 PpO,p+|) - tarkibida ko’p sonli PO4 guruh tutgan chizikli polimerlardir. Ular hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan o’g’itlardan tarkibidagi fosfat komponentning tuzilishi bilan farqlanadi. Polifosfat atomi zanjiri va halkasining shakllanishi uchun xizmat qiladigan P-O-P bog’ning makroenergetikaviy tabiati o’simliklarda kechadigan fizikaviy - biologik jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi.
Polifosfatlarning gidrolizlanish quyidagi tartibda sodir bo’ladi: 2NPO3+H2O=H4P2O7 ; H4P2O;+H2O=2H3PO4 va h. q
Harorat 7-12 daraja bo’lganda gidroliz sekin kechadi, 12-15 darajada kuchayadi, eng ma’kul harorat 30-35°C dir.
Istiqbolli murakkab o’g’itlar jumlasiga ammoniy polifosfatni (15 % azot, 60 % P2O, tutadi) kiritish mumkin. Bu o’g’it O’rta Osiyoning serkarbonat tuproqlarida qo’llanilganda yuqori iqtisodiy samara beradi.
mujassam bo’ladi va u sulfatli nitrofoska deb yuritiladi.
Yuqoridagi jarayonda pulpa (kalsiyli selitraning kalsiy fosfatlar bilan aralashmasi) ga ammiak va fosfat kislota qo’shilsa, kalsiy nitrat kalsiyning bir va ikki almashgan fosfatlariga, ammiakli selitra hamda ammofosga aylanadi.
3H2O+2Ca(NO)2+4H3PO4+5NH3==4NH4NO3+CaHPO4-
2H2O+Ca(H2PO4)2H2O+NH4H2PO4
Qo’shimcha ravishda KCI kiritilganda yuqoridagi moddalar tarkibiga NH4CI va KNO3 qo’shiladi. Bu o’g’it - nitrofoskadir. Nitrofosfatlarning donalari 3 - 4 mm kattalikda bo’ladi va ularning quyidagi turlari ishlab chiqariladi
Nitroammofos - monoammoniy fosfat asosida olinadigan murakkab aralash o’g’it. Tarkibiga kaliy kiritilsa, nitroammofoska deyiladi.
Aytilganlardan tashqari karboammofoska (20% azot, 20 % fosfor, 20% kaliy), mochevina fosfat CO(NH2)2* (NH4)2HPO4 (27 % azot, 27 % fosfor) va fosfamid deb nomlanadigan o’g’itlar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |